Kompyuter oldida o'tirish hayotingizni qisqartiradi

Uzoq vaqt davomida o'tirish juda zararli. Turli og'riqlar va qisilishlar – aysbergning uchi xolos. O'tiradigan turmush tarzi erta vafotga sabab bo'ladi.

Ko'p o'tiradigan odamlarda qandli diabet, semirish, saraton, tayanch-harakat va yurak-qon tomir tizimlari kasalliklarining rivojlanishi xavfi ortadi. Hattoki, 8 soatlik ish kunidan so'ng muntazam sport bilan shug'ullanadigan odamlar ham bundan mutasno emas.

Kornell universitetidan ergonomika professori Alan Xedj (Alan Hedge) har 8 daqiqada tana holatini o'zgartirishni va kamida har soatda ikki martta 2 daqiqalik mashq qilishni tavsiya etadi.

 

Gavdani noto'g'ri tutish kasalliklarga sababdir

Kunning ko'p qismida o'tirishingizga to'g'ri kelsa, ish joyingizni belni to'g'ri tutish va bo'yinni cho'zmaslik imkoniyatini yaratgan holda joylashtirishingiz maqsadga muvofiqdir.

Ko'pincha va uzoq vaqt davomida bukchayib o'tiradiganlarni artrit, bursit, mushak qisilishlari, bosh og'riqlari va boshqa nohushliklar kutadi.

 

Yo'lakchali stol jarohatlanish xavfini oshiradi

sharyn morrow/Flickr.com

Yugurish yo'lakchasi semirishning oldini olib, yurak-qon tomiri xastaliklari rivojlanishi xatarini kamaytiradi. Biroq, bunday stol xatolar sonini oshiradi. Bundan tashqari, yiqilib tushish va ish vaqtida jarohat olish mumkin.

 

Nonushta qilmaslik — organizm uchun stress

Siz doim eng muhim ovqatlanish vaqtiga kech qolasiz yoki uni chetlab o'tasizmi? Nonushta qilmaslik moddalar almashishini buzadi va stressga sabab bo'ladi.

Nonushta qilmaydigan odamlar uyg'onganidan so'ng dstlabki ikki soat ichida ovqatlanadiganlarga qaraganda rak, qon bosimi, ortiqcha vazn bilan bog'liq muammolarga ko'proq moyil bo'ladi

 

Tushlik uchun fastfud yurak xastaliklariga olib keladi

Aksariyat ofis ishchilari vaqti-vaqti bilan tez tayyorlanadigan taomlar, fastfud iste'mol qiladi. Ba'zilar buni ko'proq amalga oshiradi, boshqalar – kamroq, ammo zazarli yegulikning hattoki ba'zan qabul qilinishi salbiy ta'sirga ega.

Fastfud porsiyasida huddi shu hajmdagi oddiy taom porsiyasiga nisbatan ikki barobar ko'p kaloriya bo'ladi. Bundan tashqari, gamburgerlarning barchasida yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradigan oksidlangan yog'lar ko'p bo'ladi.

 

Ishgacha uzoq yo'l yurish salomatlik uchun zarar

Agar ishingizgacha bo'lgan yo'l 16 km.dan ortiq bo'lsa, har kuni mashinada ofisga borish qonda xolesterin va qand miqdorini oshirishi, tushkunlikka sabab bo'lishi va umumiy noxushlikka olib kelishi mumkin.

Jamoat transportida uzoq yo'l bosish ham yoqimli holat emas. Yaqinda o'tkazilgan tadqiqotga  ko'ra, kuniga 30 daqiqasini avtobusda o'tkazadigan odamlar hayotdan yetarlicha qoniqmaydi. Hattoki, velosiped haydovchilari ham davomiy safarlarning salbiy ta'siridan sug'urtalanmagan.

 

Rag'batlantiruvchi majlislar tushkunlik chaqiradi

Xodimlar jamoa ruhiyatini his qilishi va kompaniya vazifasini anglab yetishi uchun rahbarlar timbilding bilan shug'ullanishni, rag'batlantiruvchi majlislar o'tkazishni yoqtirishadi. Lekin,  tadqiqotlarning ko'rsatishicha, bularning bari teskari ta'sir ko'rsatishi mumkin: odamlar ijobiy kayfiyat olmasligi bilan bir qatorda, o'zlarini baxtsiz his qila boshlaydilar va hattoki, tushkunlikka tushib qoladilar.

 

Og'ir havo o'pkalarga zarar yetkazadi

AQSH Tabiatni muhofaza qilish anegtligi buni xasta bino sindromi deb nomlagan. Inshoot ichidagi havo tashqaridagi havoga nisbatan 100 martaga iflosroq bo'lishi mumkin. Konditsionerdan chiqadigan zararli moddalar, xavfli bakterilar va zamburug' – bularning bari ofisda o'tirganingizda atrofingizda uchib, o'pkangizga tushadi.

 

Printer va kserokslar o'pka muammolariga olib kelishi mumkin

Fotonusxa olish mashinalarining ayrim modellari ish vaqtida ozon – yuqori reaksiyali xususiyatga ega rangsiz gaz ajratib chiqaradi. Ozonning hattoki kam miqdori ham ko'krakda og'riq, nafas yo'llari va ko'zlarning qo'zg'atilishiga sabab bo'lishi mumkin.

Lazerli printerlar aynan shu sababga ko'ra xavfli bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, toner zarralari o'pka va qonga tushib, turli xastaliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

Tizzadagi noutbuk spermatozoidlar sonini kamaytiradi

Noutbukni tizzasida ushlab o'tirishni yoqtiradiganlarda teri kasalliklarining rivojlanish darajasi yuqoriroq. Bundan tashqari, Nyu-York Davlat universitetida bunday ishlash usuli erkaklarning reproduktiv qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi аniqlandi.

 

10 soatli ish kuni yurak muammolarini boshlaydi

Yevropalik tadqiqotchilarning аniqlashicha, kuniga 10 va undan ortiq soat ishlash turli yurak-qon tomiri kasalliklari, jumladan infarkt va stenokardiya rivojlanishi xavfini 60%ga oshiradi.

 

Yomon rahbar infarkt va tushkunlikka yetkazishi mumkin

вред работы

Тadqiqotlarning ko'rsatishicha, rahbarning o'zini tutishi surunkali stress, ortiqcha yeyish, uyqu bilan bog'liq muammolar, tushkunlik, gipertoniya va boshqa yurak-qon tomiri kasalliklariga sabab bo'lishi mumkin.

 

Kechqurun ishlash vazn to'plashga sabab bo'ladi

Kechqurun va tunda ishlash odati ikkinti toifa diabeti, saraton va yurak bilan muammolar yuzaga kelishi xavfini oshiradi.

Garvard universitetining tadqiqotiga ko'ra, kech uxlashga yotib, kech turadigan odamlarda leptin ishlab chiqarilishi kamayadi (ishtahani bo'g'adigan gormon), ammo qonda kortizol miqdori o'sadi (stress gormoni)

 

Kompyuterda ishlash ko'zlar uchun zararli

Monitorni gipnozlashga urinish, ma'lum vaqtga bo'lsa-da, ko'rish qobiliyatini yomonlashtiradi. Ko'rishda yuklanish yorug'likka ta'sirchanlik, ko'zlar quruqlanishi va qizarishi, bosh og'irig'iga sabab bo'lishi mumkin.

 

Quyosh nurining yetishmasligi sog'lom uyqudan mahrum qiladi

Agar Siz quyoshda kam vaqt o'tkazsangiz, teringiz nosog'lom yashil tusga kirib, sirkad ritmlaringiz o'zgaradi va Siz uyqusiragan va lohas bo'lib qolasiz.

Shu kunlarda olimlarning аniqlashlaricha, quyosh nuri yetishmaydigan xodimlar notinch va oynalar oldida o'tiradigan odamlarga nisbatan shrtacha 46 daqiqaga kamroq uxlaydilar.

 

Zerikish infarkt yoki insultdan o'lish xavfini oshiradi

Bu bo'rttirish emas, Siz haqiqatdan ham o'lguncha zerikishingiz mumkin. London Universitet kolleji tadqiqotchilarining taxminiga ko’ra, zerikadigan odamlar ertaroq vafot etadi va yurak xastaliklari hamda insultga ko'proq moyil bo'ladilar. Bundan tashqari, zerikish ish joyidagi baxtsiz hodisalar xavfini oshiradi.

 

Klaviatura juda xavfli bo'lishi mumkin

Klaviatura, agar unga qarab turilmasa, mikroblar yetishtiruvchi joyga aylanishi mumkin. Mikrobiologlarning aniqlashlaricha, klavishalar ustida va orasida vannaga nisbatan besh barobarga ko'proq mikroblar bo'lishi mumkin. Ushbu ofis moslamasida istiqomat qiluvchilar orasida ham oziq-ovqatdan zaharlanishga mos ichak tayoqchalari, ham ko'plab kasalliklarni keltirib chiqaradigan stafilokokklar mavjud.

 

Ofisning har yerida mikroblar

Klaviatura ofisdagi yagona mikroblar to'playdigan narsa emas. Lift eshiklari va tugmalari, ruchkalar, hattoki hamkasblaringizning qo'llari ham – mikroblar hamma yerda.

 

Yozish ixlosmandlarida tunnel sindromi kuzatiladi

Klaviaturada ko'p ishlash ko'proq tunnel sindromi nomi bilan mashhur kaft kanali sindromini yuzaga keltiradi. Uning belgilari – barmoqlarda og'riq va sanchish, kaftlarning uvushishi.

 

Ochiq turdagi ofisda infeksiyalar tezroq tarqaladi

mrdorkesq/Flickr.com

Aksariyat ofislarda ochiq makon foydasiga to'siqlardan voz kechilgan. Bu holat hamkasblar bilan muloqotga xizmat qilsada, ammo kasalliklarning sababchisiga aylanishi ham mumkin.

Daniyalik olimlarning аniqlashucha, kasallik varaqalarining soni bir xonada ishlaydigan odamlar soniga to'g'ri proporsional. Ochiq turdagi ofislarning ishchilari kasallik tufayli alohida xona egalariga nisbatan 62%ga ko'proq vaqt ishga kelmagan.

 

Qisqa muddatlar xotira va ta'lim olish qobiliyatiga  salbiy ta'sir qiladi

Qat'iy belgilangan muddatlar oqibatida yuzaga keladigan stress ta'lim olish qobiliyati va xotiraga ta'sir ko'rsatadi. Bu haqida Kaliforniya universitetining 2008 yilda o'tkazilgan tadqiqotida yozilgan.

Albatta, bunday qisqa muddatli stress uning haftalar va oylarcha davom etadigan kasbdoshi singari zararlidir.

 

Sichqonchaning doim bir joyda turishi xavfli

Agar sichqoncha doim qat'iy belgilangan bir joyda tursa, u bilan ishlaganda Siz faqat bir xil mushaklaringizni ishlatasiz. Bu esa, noqulaylik va og'riqni keltirib chiqarishi mumkin. 

 

Smartfondan ortiqcha foydalanish qo'llarga zarar yetkazishi mumkin

Qo'llaridan smartfonni tushirmaydigan odamlarning ko'pincha bo'yni va bosh barmog'i og'riydi. Biroq, og'riq deyarli butun qo'lga tarqalishi mumkin.

 

Noqulay poyabzal ko'plab muammolarni yuzaga keltiradi

Baland poshnali poyabzal bo'yni bir necha santimetrga uzaytirib, o'ziga bo'lgan ishonchni oshiradi, ammo salomatlikka zarar yetkazadi.

Noqulay poyabzal umurtqa, mushak og'riqlari, surunkali bosh og'riqlariga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, yurish chog'ida noqulaylik qancha kuchli bo'lsa, Siz ko'proq o'tirishga harakat qilasiz. Natijada, yana salomatlik bilan muammolarga uchraysiz.