Psixologiya professori Jek Shafer (Jack Schafer) uzoq yillar davomida Federal qidiruv byurosi (FQB) agenti sifatida ishlagan. Ko‘plab maxfiy vazifalar davomida uning bir zumda jozibali bo‘lishiga to‘g‘ri kelgan. Jekning aytishicha, istalgan odamni o‘ziga qarata olishga yordam beradigan oltin qoida mavjud. Va u quyidagidir: “Suhbatdoshingizni o‘ziga-o‘zi yoqishiga majburlang”. Buni qanday amalga oshirishni maqolamizda o‘qing.

Xatoga yo‘l qo‘ying

Jek Shafer yangi talabalarda ma’ruzalar kursini boshlaganida, go‘yoki o‘zi bilmagan holda qandaydir so‘z talaffuzida xato qiladi va talabalarga o‘zini tuzatishga imkon beradi. “men uyalgandek ko‘rinib, ularga e’tiborli ekanliklari uchun minnatdorlik bildiraman va xatoni tuzataman”, - deydi Jek.

Jek bu usuldan uchta maqsad yo‘lida foydalanadi. Birinchidan, talabalar o‘qituvchining xatosini tuzatganida o‘zlariga bo‘lgan ishonch yanada ortadi. Ikkinchidan, ular murabbiylari bilan yanada erkin muloqot qila boshlaydi. Uchinchidan, o‘zlari ham xato qilishlari mumkinligini tushunadilar.

Mazkur usuldan istalgan odamni o‘zingizga qaratish uchun foydalanishingiz mumkin. Xato qiling, mukammal emasligingizni ko‘rsating, odamlarga Sizni tuzatishlari uchun imkon bering. Ularning Sizga nisbatan ixlosi ortadi.

Uchinchi shaxs nomidan xushomad ayting

Ba’zan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xushomadlar o‘ta xiralikdek tuyuladi. Aksariyat odamlar ularni qabul qilishga tayyor bo‘lmaydi yoki noqulaylikni his qiladi. Bunday vaziyatlarda uchinchi shaxs nomidan xushomad qilish o‘rinlidir.

Masalan, hisobchi Yefrosinya Stepanovnadan nimadir so‘ramoqchisiz va buning uchun unga quyidagi so‘zlarni aytasiz “Yefrosinya Stepanovna, men kadrlar bo‘limi boshlig‘i bilan gaplashgandim. Uning aytishicha, Siz kompaniyamizning eng yaxshi xodimi ekansiz!”

Albatta, kasbiy sifatlarni maqtash shart emas, shaxsiy xusuiyatlar ham qo‘l keladi. Masalan “Yefrosinya Stepanovna, kadrlar bo‘limi boshlig‘ining aytishicha, o‘tgan bayramga ajoyib pishiriq pishirgan ekansiz. U hanuzgacha uning ta’mini eslaydi!”.

Hamdardlikni unutmang

Albatta, odamlarni boshqalarnikiga nisbatan shaxsan o‘zlari ko‘proq qiziqtiradi. Va, bu oddiy holat.

Odamlarni ikki yil davomida o‘zingizga qiziqtirgandan ko‘ra, ikki oy ichida ularga haqiqiy qiziqish bildirish orqali ko‘proq do‘st orttirish mumkin.
Deyl Karnegi

Shuningdek, odamlar xayrixohlik iboralarini yaxshi ko‘radilar. “Xayrixohlik” deganda nimani tushunish mumkin? Har bir odamga uni diqqat bilan tinglashlari va hissiyotlarini tushunishlari yoqadi. Albatta, agar odam kuni og‘ir o‘tganini so‘zlay boshlasa, uning oldida tiz cho‘kib, “Qanday dahshat, bechoraginam!” deyish shart emas. Ayniqsa, bu rahbaringiz bo‘lsa.

Bu holatda “Ha, kuningiz og‘ir o‘tibdi. Hammada ham bo‘ladi” kabi jumlalar to‘g‘ri keladi. Yoki masalan, “Ya’ni Siz bugun ishlaringiz o‘zingiz istagandek ketayotganini aytmoqchisiz. Ajoyib”, deyish mumkin.

Biz suhbatdoshimizni uning hissiyotlarini bo‘lishishimiz va uni tushunishimizga ishontirishimiz kerak. Agar kimnidir qo‘llab-quvvatlashni istasangiz, uning so‘zlarini qaytarish kerak emas. Suhbatdosh hushyor tortishi mumkin: uning miyasi qaytarishni anomal holat sifatida qabul qiladi.

O‘zini maqtashini ta’minlang

Yuqorida aytib o‘tilganidek, oddiy xushomad va tilyog‘malalik orasida nozik chegara mavjud, shu bois suhbatdosh o‘zini maqtashiga zamin yaratish kerak. Masalan, kimdir Sizga mazkur voqeani so‘zlab beryapti: “Bu loyihani yopish uchun haftasiga 60 soatdan ishladim”. Shu joyda “Ha, haftasiga 60 soatdan ishlash uchun temir iroda va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak”, deyish mumkin. Kafolatlaymiz – suhbatdosh “Ha, bu loyihani vaqtida topshirish uchun ancha ter to‘kishimga to‘g‘ri keldi. Albatta, zo‘r ishladim. To‘g‘risi ham shu” qabilidagi javobni qaytaradi.

Odam o‘zini o‘zi maqtashi uchun sharoit yaratish qobiliyati – yuksak mahorat belgisidir. Buni mashq qiling va odamlarga yoqimli bo‘ling. Ularga albatta yoqasiz.

Iltifot ko‘rsatishni so‘rang

Benjamin Franklinning mashhur so‘zlari: “Sizga bir martta yaxshilik qilgan odam, Siz yordam ko‘rsatgan odamga nisbatan tezroq yana yordam beradi”. Bu holat Benjamin Franklin effekti sifatida nom qozongan. Boshqa odamga iltifot ko‘rsatgan odam o‘z qarashida yuksaladi. Ya’ni, agar kimgadir yoqishni istasangiz, unga iltifot qilmang, aksincha uning o‘zidan iltifot so‘rang. Albatta, yordam so‘rashni haddan ortiqchasi ham zararli.

Franklik janoblari qayd etganlaridek: “Mehmonlar huddi baliq singari uchinchi kun yomon hid chiqara boshlaydi”. Huddi shu gap juda ko‘p iltifot so‘raydigan odamlarga ham taalluqli!

Tabiiyki, bu maslahatlarning barchasi tilyog‘lamalikka da’vat emas. Biz shunchaki ma’lum odamlar bir-biriga yoqimli ishlar qilishida yordam berishni istaymiz. Ba’zida, shaxsiy maqsadlar bo‘lsa ham. :)

«Maxsus xizmatlar usuli bo‘yicha jozibani yoqamiz» kitobining materiallari asosida.