Britaniyalik musiqachi 2016 yilning 25 dekabr kuni taqdir taqozosi bilan so‘nggi Rojdestvosini nishonlab, («Last Christmas» — Mayklning dunyoga mashhur xiti) hayotdan ko‘z yumdi. Qo‘shiqchi vafotidan so‘nggina u yetimlar, uysizlar, bemor va mushkul ahvolga tushib qolgan begona odamlarga millionlab pullar sarflagani ma’lum bo‘ldi.

Jorj Mayklning g‘ayrioddiy sahiyligini e’tiboringizga havola etamiz. Ularni qo‘shiqchini shaxsan tanigan yoki uning ezguliklariga guvoh bo‘lganlar aytib berishgan.

© Photoshot / Retna / REPORTER

 

«Kelishuv» («Sdelka») teleshousi ishtirokchisi efirda unga EKO davolanish uchun 15 ming funt zarurligini aytadi. Ertasi kuni Maykl qo‘ng‘iroq qilib, unga hamma pulni sirli tarzda o‘tkazib bergan.

Ричард Осман (Richard Osman)


Jorj Maykl men ko‘ngilli bo‘lgan uysizlar qarorgohida anonim tarzda ishlagan. Men bu haqida hech kimga gapirmaganman, chunki bu haqida gapirishimni istamagan. U ana shunday edi.

Эмелайн Мондо (Emelyne Mondo), актриса 


Bolalar hayriya tashkilotidagi bir xonim ular Jorj Maykl tufayli mavjud ekanliklarini aytgan.

Кейт Уо (Kate Waugh) 


Har yilgi Pasxada Kris Tarrant bilan “Capital FM” efirida bolalar uchun yordam tadbirini o‘tkazganimizda Jorj Maykl soat 3:30da paydo bo‘lib, 100 ming funt hayriya qilardi.

Мик Браун (Mick Brown), диджей 


U kafedagi notanish ayol qarzi tufayli yig‘lab o‘tirganida 25 ming funt bergan.Chek yozgan va ofitsiantkadan u ketganidan so‘ng ayolga berishini so‘ragan.  

VectorVictoria 


© Contour / Broadimage / EAST NEWS

U rahmatli onasiga g‘amxo‘rlik qilgan hamshiralarga bepul konsert tashkil qilgan.

Эндрю (Andrew) 

Uning hayriyalari OITS bilan og‘riganlar irim-sirimli gaplar va kamsitishlarsiz sog‘lom yashashi mumkin bo‘lgan dunyoni yaratishga yordam berdi.

Джейн Баррон (Jane Barron), Terrence Higgins Trust

Qachonlardir kollejda o‘qiydigan, qarzga botib qolgan barmen qizga mashhur inson hayriya bergani haqida maqola yozgandim. O‘sha inson Jorj Maykl edi.

Сали Хьюc (Sali Hughes), журналист

U «Kim millioner bo‘lishni istaydi» (ma’lumki, bu o‘yinda yulduzlar tomonidan yutib olingan pul hayriyaga o‘tkaziladi) shousida «Agar yutsam, pulni o‘zim olib ketaman»deb aytgan yagona yulduz edi.

Сали Хьюс (Sali Hughes), журналист

1996 yildan boshlab Jorj Maykl «Jesus to a Child» qo‘shig‘idan tushgan foydaning hammasini hayriyaga o‘tkazgan. U minglab bolalarni qutqarib qolgan millionlab pullarni o‘tkazgan. Ko‘p yillar davomida «Childline»ga pul o‘tkazgan eng sahiy inson bo‘lib kelgan. Biroq Maykl sahiyligini ommaga ma’lum qilinishni umuman istamasdi, shuning uchun hayriya tashkiloti tashqarisidagilar u mamlakatning yordamga muhtoj bolalariga qanchalik ko‘p narsa berganini bilishmagan.

Эстер Рантзен (Esther Rantzen), Childline