Hindiqush tog'lari bo'ylab oqadigan Chitral daryosi vodiyida istiqomat qiluvchi moviy ko'zli va aksariyati malla sochli xalq eng yaqin qo'shnilaridan mutlaqo farq qiladi.

Urf-odatlar, diniy qarashlar, tashqi qiyofa va turmush tarzi xususiyatlari ularni Pokiston va qo'shni Afg'oniston xalqlaridan tubdan ajratib turadi. Qizig'i, eng yaqin qo'shnilarining fikriga ko'ra, mazkur sirli xalq – makedoniyalik Iskandar qo'shinining avlodlaridir.

 

 

Kalashlar hind-ariy kelib chiqishga ega dard xalqlari guruhiga mansub. Makedoniyalik Iskandarning qo'shini haqidagi afsonalarga qaramay, kalashlar o'zlarining rivoyatlarida ajdodlari Chitral vodiyiga qo'shni janubiy mintaqadan kelib, bu yerda yashagan boshqa xalqlarni siqib chiqargani haqida hikoya qiladilar. Ushbu g'aroyib xalqning soni ko'p emas – atigi 6 000 ga yaqin odam.

 

 

Ularning barcha ko'p sonli qo'shnilari azaldan Islom dinini qabul qilgan bo'lishiga qaramay, kalashlar, kamdan-kam istisno holatlardan tashqari, o'zlarining hind-ariy kelib chiqishga ega an'anaviy e'tiqodlariga sodiq qolgan. Asosiy iloh Dezau hisoblanib, oliy kohin ma'naviy ustoz va o'tkaziladigan marosimlarning rahbari sanaladi. Islom sharoiti bir necha bor ularni o'z tomoniga og'dirishga uringan bo'lishiga qaramay, bu o'z diniy an'analariga sodiqlikni salqba qolgan mintaqadagi yagona xalq. Aytish kerakki, Chitral vodiyining hududlari XIX asrda Britaniya Hindistonining hukmronligi ostida bo'lgan va unda Islom faol targ'ib etilmaganligi ham o'z rolini o'ynagan. Kalashlar yetarlicha dip erkinligi mavjud bo'lib, qizlarga musulmonlarga turmushga chiqish ruhsat etilgan.

 

 

Qizig'i, kalashlar qo'shnilaridan nafaqat tashqi ko'rinishi, balki urf-odatlari va an'analari bilan ham keskin farq qiladi. Bu holat ayniqsa ayollarga munosabatda ko'rinadi. Go'zal hilqat vakilalari o'zlariga er tanlashlari mumkin: ushbu mintaqadagi boshqa aholi bu haqida orzu ham qilolmaydi. Bundan tashqari, agar xotinga nimadir ma'qul kelmasa, u o'z ixtiyoriga ko'ra eri bilan ajrashishi mumkin. Albatta, bitta shart mavjud: uning bo'lajak eri kelin uchun birinchi eri tomonidan berilgan qalin pulini ikki hissa qilib to'lashi kerak.

 

 

Kalashlar an'anaviy xo'jalik yuritish bilan shug'ullanadilar. Ular suti qimmattli oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadigan echki va qo'y boqadilar. Boshoqli o'simliklar kalashlar yeguligining asosiy manbai hisoblanadi. Ular bug'doy, arpa, tariq va boshqa turdagi donlarni yetishtiradilar.

 

 

Kalashlar orasida moviy ko'zli va malla sochli odamlardan tashqari, qora sochlilar ham uchrab turadi, ammo ular kadrga kamroq tushadi. Bu holat kalashlar – yevropalik istilochilarning avlodlari ekanligiga oid nazariyaning shakllanishiga sabab bo'lgan. Biroq, ularning terisi ancha ochroq, ko'zlari esa ko'pincha moviy bo'ladi. Olimlar bu holatga qiziqib, xalqning genetik xususiyatlarini har tomonlama o'rganib chiqdilar. Genetiklarning xulosalari sirli va qadimiy narsalar muxlislarining hafsalasini pir qiladi: makedoniyalik Iskandar va uning qo'shini kalashlarga bevosita aloqador emas. DNK tahlili kalashlar o'zlarining hind-afg'on qo'shnilarilar kam farq qilishlarini ko'rsatdi. Malla soch va moviy ko'zlar kalash aholisining taxminan yarmida uchraydi. Tadqiqotchilar bu xususiyatni ajralib yashash tarzi tufayli pigmentatsiya yo'qligi bilan bog'lamoqda, ammo kalashlar orasida malla sochli odamlarning foizi qo'shnilariga nisbatan ancha ko'pligini tan olishadi.

 

 

Pokistonda kuzatilayotgan notinch vaziyat sharoitida kalashlarning farovonligi jiddiy hatar ostida qolmoqda. Biroq, ularning rivoyatiga ko'ra, ayollar an'anaviy liboslarni kiyar ekan, kalashlar mavjudlikda davom etadi. Bu yerlik ayollar haqiqatdan ham an'anaviy kiyinadi. Mazkur yorqin liboslardagi go'zal ayollarning suratlari – bu mehmonlar tashrifi yoki milliy bayram tufayli yasanish emas. Rang-barang liboslar, taqinchoqlar, soch turmagi va milliy bosh kiyimi – bu kalash ayollarining kundalik ko'rinishi. Ehtimol, aynan shu sababli kalashlar bugungi kungacha saqlanib qolgandir.

 

 

Bu mualliflik materiali bo'lib, undan nusxa olishda maqola yoki travelask.ru saytiga havola ko'rsatilishi shart