So‘nggi vaqtlarda mashinadan buyularni o‘g‘irlab ketish keng tarqalgan holatga aylanib qoldi.

Avtomobildagi buyumlarni o‘g‘irlash statistikasi

O‘g‘rilik miqdori va avtomobildagi buyumlarni o‘g‘irlab ketish haqidagi aniq statistik ma’lumotlar yo‘q. Jabr ko‘rganlarning hammasi ham bu haqda ma’lum etavermaydi. Bundan tashqari bu toifadagi jinoyatlar alohida hisobga olinmaydi, ko‘chada sodir etilgan o‘g‘rilik yoki qoidabuzarlikning boshqa turlari sifatida ajratiladi.

Avtomobil ichidagi narsalarni o‘g‘irlab ketish guvohlarsiz sodir etiladi, bunday holatda jabrlanuvchi o‘g‘rini to‘xtatib qololmaydi. Kuch va qurol ishlatish holatlari tez-tez kuzatiladi.

Yomon niyatdagilarning obyekti

So‘nggi vaqtlarda odamlar avtomobillarida haqiqatan ham qimmatli bo‘lgan buyumlarni kamdan-kam qoldirishmoqda. Magnitola va uning paneli uchun ko‘p hollarda o‘g‘rilar mashinani ochishmaydi.

Ularni hujjatlar ham qiziqtirmaydi, ko‘pincha boshqa buyumlar bilan birga o‘g‘irlab, keyin esa tashlab yuborishadi yoki egasidan sotib olishni talab qiladilar. Asosan tasodifan xaridlar va kiyimlarni o‘g‘irlab ketishadi. Jinoyatchilar eng ko‘p o‘g‘irlaydigan narsalar:

  • barsetka
  • ayollar sumkasi
  • noutbuk, planshet
  • fotoapparatlar.

Jinoyat joyi va vaqti

Jinoyat avtomobil bir oz vaqt davomida qoldiriladigan hovli, ofis yonidagi sokin ko‘cha kabi joylarda sodir etiladi. Jinoyatchi oldindan tuzilgan reja asosida yoki kutilmagan holatda harakat qilishi mumkin. O‘g‘rilikni amalga oshirgach, bu hovlida uzoq vaqt davomida paydo bo‘lmasligi yoki aksincha o‘ziga yoqib qolgan boshqa buyum uchun yana qaytishi mumkin.

Savdo markazlari va yog‘ilg‘i quyish shahobchalari – o‘g‘rilik uchun mashhur joylar. Jinoyatchilarni odam maksimal darajada chalg‘igan yoki sezgirligi past bo‘lgan vaziyat va joylar o‘ziga jalb etadi.

O‘g‘rilash usullari

Avtomobilga kirish uchun jinoyatchilar ko‘pincha ochqich bilan qulf tilini aylantiradilar. Ko‘proq malakaga ega bo‘lganlari esa eshikdagi rezinkani siqib, qulfning ichki tugmasini ko‘tarishlari mumkin.

Texnik jihatdan mohir bo‘lgan o‘g‘rilar signalizatsiyani “ochish”lari mumkin, biroq bu usuldan avtomobilni olib qochish maqsadida foydalanadilar. Ko‘p hollarda jinoyatchilar mashinaga kirish uchun asosiy oynalarni sindirib, yetarli darajad qo‘pol harakat qiladilar.

Tizim mashinaga o‘tirilayotgan, buyumlar tushirilayotgan va ortilayotgan paytda avtomobilga sezdirmay kirib olish va sumka, portfel va boshqa buyumlarni o‘g‘rilashni nazarda tutadi. Murakkabroq kombinatsiyalar haydovchini jinoyatda ishtirok etayotgan yana 1-2 shaxs tomonidan chalg‘itib turishni o‘z ichiga oladi.

Jabrlanmaslik uchun nimaga ahamiyat qaratish lozim

Jinoyat jabrlanuvchisiga aylanmaslik uchun bir necha qoidaga amal qilish lozim:

  • Atrofdagi holatni doimiy ravishda nazoratga olish, bunda turli sabablar tufayli avtomobilingiz yonida bo‘lgan (SMS yozmoqda, oyoq kiyimi bog‘ichini taqmoqda) odamlarga diqqatni qaratish. Oddiy odam o‘z ishini yakunlagach, ketadi. Jinoyatchida esa sezgir haydovchi hech qanday qiziqish uyg‘otmaydi.
  • Supermarket va yoqilg‘i quyish shahobchalarida atrofdagi mashinalardan diqqatni qochirmang. Shahobchadagi shubhali avtomobil jinoyat joyidan maksimal darajada tez qochib ketishni mo‘ljallab joylashtiriladi. Supermarket yonida bir nechta avtomobil bo‘lishi, bundan maqsad jabrlanuvchini bloklab qo‘yish ham bo‘lishi mumkin. Odatda bu ko‘zga tashlanmaydigan, eski, yaxshi dinamik xususiyatlarga ega, motori ishlab turgan va rulida odam o‘tirgan mashinalardir.
  • Har qanday shubhali vaziyatda avtomobil saloniga o‘tirib, eshikni yoping. Mashina yoniga kelgan odamlar bilan muloqotga kirishish uchun yopiq eshikdagi oynadan foydalaning.
  • Yo‘lda avtomobil tashqarisiga chiqib nimanidir amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz (masalan, g‘ildirakni almashtirish) salonda qimmatli buyumlarni qoldirmang. Avtomobillar oqimi, ayniqsa mashinangiz yonida to‘xtaydigan mashinalarni nazardan qochirmang.
  • Atrofdagilarga pul, qimmatli buyumlar mavjudligini namoyish etmang. Katta mablag‘ haqidagi ma’lumot faqat eng yaqin odamlargagina ma’lum bo‘lishi kerak.
  • O‘g‘rini tutishga muvaffaq bo‘lsangiz, imkoniyatlaringizni real baholang. To‘da a’zolari uni qutqarishga harakat qilishlari mumkin.
  • Inqirozli vaziyat yuzaga kelganida atrofdagilarning e’tiborini tortishga harakat qiling.

Jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, nima qilish kerak

Jinoyat sodir etilgani to‘g‘risida holatni aniqlash deyarli mumkin bo‘lmasa ham militsiyaga 102 raqami orqali murojaat etish kerak. Ishlash usuli va jinoyatchilarning ko‘nikmalarini tahlil qilish kurashish choralarini kuchaytirish va jinoyatni ochishda yordam beradi. Militsiyaga jinoyatchini tasvirlab berish yoki videoregistratordagi tasmalar yordam beradi.

Bunday vaziyatlarda militsiyaga murojaat etmaslik orqali siz jinoyatlar jazolanmay qolishi va avtomobil o‘g‘riligi soni ortishiga zamin yaratgan bo‘lasiz.