Shu sababli avvaldan tayyorgarlik ko‘rish uchun pulingizni tejab, ta’tilda vaqtingizni chog‘ o‘tkazishga yordam beradigan kichik maslahatlar bilan o‘rtoqlashish istagidamiz.

XONANNI KELISHINGIZDAN 1-2 KUN OLDIN BAND QILING

© pixabay.com

Mehmonxona narxlari har kuni o‘zgarishi mumkin, barchasi mavsum va tadbirlarning mavjudligiga bog‘liq. Shuning uchun mehmonxonadagi xonani kelish muddatiga yaqin qolganida band qiling, shu orqali pulingizni 50 foizga iqtisod qilishingiz mumkin.

AGAR XONA YOQMASA, UNI BOSHQA XONAGA BEPUL ALMASHTIRISHINGIZ MUMKIN

© depositphotos


Masalan, agar siz dengizga qaragan xonani band qilgan bo‘lsangizu, sizga qurilish ketayotgan joyga qaragan xonani berishsa, siz oldindan buyurtma bergan xonangizni talab qilishga haqlisiz. Agar xona shaxsiy sabablar (eng yuqori qavatda yoki birinchi qavatda joylashgan) tufayli yoqmasa, siz xonani almashtirish haqida talab etolmaysiz, aksincha iltimos qilishingiz mumkin. Bo‘sh joylar mavjud bo‘lsa, sizga xonalarni ko‘rsatishadi. Sizdan xonani o‘zgartirganliklari uchun hech qanday qo‘shimcha haq olishlari kerak emas.

MEHMONXONANI YULDUZIGA QARAB EMAS, SAYTLARDAGI REYTINGIGA QARAB BAHOLANG

© tophotels.ru

Uch yulduzli mehmonxona besh yulduzlisiga qaraganda yaxshiroq bo‘lishi mumkin, shuning uchun xonani band qilishdan oldin saytlardagi fikrlirni o‘qing. Yodda tuting, tashrifchilar salbiy izohlarni ishtiyoq bilan yozishga moyil bo‘lishadi, shuning uchun adashib ketmaslik maqsadida diqqatingizni ko‘pchilik yozayotgan fikrlarga qarating.

BIR MARTALIK SHAMPUN, DUSH UCHUN GEL VA BOSHQA KOMETIK VOSITALARNI O‘ZINGIZ BILAN OLIB KETISHINGIZ MUMKIN

© depositphotos

Yomon ish qilib qo‘ydim, deya ko‘rmang. Axir aynan shuning uchun ham mehmonxona xodimlari bir martalik vositalarni xonangizda qoldirishadi. Biroq sochiq va xalatni xonada qoldirganingiz ma’qul.

«OLTIN KALIT» BELGISI MAVJUD BO‘LGAN KONS’YERJLAR ISTALGAN SAVOLLARGA JAVO BERISHADI

© American Empirical Pictures

Konsertga chipta va ekskursiya tashkil qilib berishlari ham mumkin. Bunday belgisi mavjud bo‘lgan konsyerjlar “Kons’yerjlarning oltin kalitlari” nomli o‘ziga xos jamoat tashkiloti a’zosi sanaladi. Ular mehmonxona tashrifchilariga barcha masalalarda yordam berish majburiyatini olishgan.

CHEGIRMA BILAN BERILADIGAN XONALARNI BEVOSITA BAND QILING

© depositphotos


Mehmonxonalar kuniga iloji boricha ko‘proq xonalarni sotishni istashadi, shuning uchun saytlarga muayyan xonalarni taklif etishgani, yaxshi xonalarni chegirma bilan olmasliklari uchun haq to‘lashadi. Shuning uchun mehmonxonaga bevosita o‘zingiz qo‘ng‘iroq qiling, ulardagi xonani chegirmada olish mumkinligi haqida saytdan ma’lumot olganingiz va joyni band qilmoqchiligingizni ayting. Mehmonxona xodimlari fikringizni qo‘llab-quvvatlashadi, chunki bu vaziyatda saytga qo‘shimcha haq to‘lashlari shart emas..

MEHMONXONA SURATLARI HAQIQATDAGIDAN FARQLI BO‘LISHI MUMKIN

© oyster.com


Siz hashamatli mehmonxonada turaman, degan fikrda edingiz, kelganingizda ko‘rdingiz-ki, xona va karovat kichkina, tumbochka yiqilib tushay deyapti. Bunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun mehmonxonaning internetdagi suratlarini ko‘ring. Ko‘p hollarda tashrifchilar mehmonxona va xonaning haqiqiy suratini joylaydilar.

MINI-BARNI TEKSHIRING

© depositphotos


Mini-bar — bu turli shirinliklar aqlbovar qilmas narhlarda bo‘lgan sehrli sandiqdir. O‘zgalarning erkaliklari uchun haq to‘lamaslik uchun muzlatkichlardagi butilkalar yopiqligini tekshiring. Axir avvalgi tashrifchi ichimlikni ichib, o‘rniga suv solib qo‘ygan bo‘lishi mumkin.

MEHMONXONA HOVLISIDA MASHINANI QOLDIRISHDAN OLDIN SHARTNOMANI O‘QING

© depositphotos


Odatda shartnomada mehmonxona uning turargohida qoldirilgan mashina uchun javobgar emasligi ko‘rsatilgan.

KELISHINGIZ KERAK BO‘LGAN MUDDATNING SO‘NGGI DAQIQALARIDA QANDAY QILIB BAND QILGAN XONANGIZNI BEKOR QILIB, BUNING UCHUN JARIMA TO‘LAMASLIK MUMKIN

© depositphotos


Darhol band qilingan xonani bekor qilishdan avval kelishingizni bir hafta keyingi muddatga ko‘chiring, ertasi kuni esa qo‘ng‘iroq qilib, band qilgan xonangizni bekor qiling.