U qadar kutilmagan bo‘lmagan funksiyalarni tasviralayotganim sababi to‘g‘risida ikki og‘iz so‘z. Bu maqola miyamda uzoq vaqt davomida «yetildi».

Muharrirning o‘zgarmas imkoniyatlari to‘g‘risida hamkasb va yaqinlarimga ma’lumot berishga to‘g‘ri kelardi. Ko‘rganlaridan hayratga tushish holatlari meni bu materialni yozishga undadi. Umid qilamanki, siz ham o‘zingizga yangi qirralarni kashf etasiz.

Quyida keltirilgan maslahatlar Word 2013da ishlaydi. Agar shu kunga qadar dasturning bu avlodiga o‘tishni ortga surib kelayotgan bo‘lsangiz, qat’iy ravishda buni amalga oshirishni tavsiya qilaman.

 

1. Istalgan joyda matnni terishni boshlang

«Klik qil va yoz» funksiyasi haqida hamma ham xabardor emas. Ko‘pincha odamlar xat ijrosini yozish uchun sahifa oxiriga borish maqsadida «Kiritish» tugmasini bir necha marta bosayotganini ko‘rish mumkin.


Sichqonchani ikki marta bosish klavishni

o‘n marta urish o‘rnini bosa oladi.


Kursorni harf terish mo‘ljallangan joyga qo‘ying va sichqonchani bir necha marta bosing. Wordning o‘zi siz ko‘rsatgan joyda yangi qator, tabulyatsiya va belgini qo‘yib beradi. Bu formatlashning yashirin belgilarini ko‘rib chiqishda yaqqol ma’lum bo‘ladi.

 

2. Istalgan joyda tarjima qiling

Yoningizdagi odamdan so‘rangchi, u qaysi tarjimonni afzal bilar ekan. Google, «Yandeks», PROMT deyishi aniq, biroq Bing haqida gapirmaydi. Nima uchundir Microsoftga tegishli tarjimon bizning o‘lkalarda mashhurlikka erishmagan. Bu holat achinarli, chunki ishning sifati kundalik ehtiyoj uchun yetarli. Darhaqiqat, Office paketida Bing yordamida matnni tezkor tarjima qilish ko‘zda tutilgan. Uni qo‘llab ko‘rishni tavsiya etaman.


Jumlalarni cheksiz ravishda u yerdan bu yerga ko‘chirib,

Brauzer va Word o‘rtasida sarsongarchilikni bas qilarsiz.


E’tiboringizga bir necha o‘nlab tillar va ularni tarjima qilish usullarini taklif etamiz. Uni «Retsenziyalash» ruknida topish mumkin.

 

3. Kerningdan foydalaning

Dizaynerlar kerning nimaligini yaxshi bilishadi va matnlar ustida ish olib borishda uundan foydalanishadi. Oddiy til bilan aytganda kerning harflarning shaklidan kelib chiqib, ularning o‘rtasidagi interval (masofa) uchun javob beradi. Bu mezonning o‘zgarishi muayyan so‘z, jumla, xatboshini standart holatdagiga qaraganda kengayish yoki torayishga olib keladi. Men odamlar matn qismini o‘chirish yoki aksincha muayyan qoidalarga moslashish uchun qo‘shimcha jumlalarni kiritayotganlarini ko‘rganman. Kerning bu kabi muammolarni mohirlik bilan hal etadi. Albatta unga «o‘ta berilib ketish» bir qarashdayoq seziladi, ustamonlik bilan qo‘llash matnga chiroyli ko‘rinish beradi.


Kattaroq shriftlar ishlatilganida, masalan kitob,

maqola va ma’ruzalar bosh sahifasini tayyorlashda

kerningdan foydalanish ayni muddao bo‘ladi.


«Shrift» dialog oynasini chaqirish uchun Ctrl + D kombinatsiyasini qo‘llang va ikkinchi «Qo‘shimcha» rukniga o‘ting. Bu yerda siz kerningdan foydalnishingiz mumkin. Yana mavzuga oid ma’lumot. Sizni yangi brauzer o‘yini KernType bilan tanishtirmoqchiman, unda o‘qilishi eng qulay bo‘lgan kerningni topish kerak bo‘ladi. Enjoy!

 

4. Yashirin matnni qo‘llang

Bo‘m-bo‘sh Word hujjati o‘n yoki megabayt hajmda bo‘lishi mumkinmi? Ha! Ko‘pchilikning bunday vaziyatda ko‘z oldi qorong‘ulashadi. Odamlar bironta so‘zni ko‘rmayapti, biroq nima uchun fayl bu qadar katta? Ashaddiy virus yoki zararkunanda xakerlarmi? Yo‘q. Hamma gap yopiq ma’lumotda. Bu grafik, rasm va matn bo‘lishi mumkin.


Terilmaydigan ramzlar kabi, yashirin ma’lumotlar

ham ko‘p hollarda ekranda aks etmaydi va matn

sifatida terilmaydi, biroq hujjatning bir qismi sanaladi.


Yashirin matn yordamida siz:

  • Vaqtinchalik yashirish ma’lumotni berkitishingiz;
  • Asosiy matnga qo‘shilib ketishi kerak bo‘lmagan izohlar qoldirish va savollarga javob berish;
  • Yagona hujjatning turli qismlarini yashirgan holda uning bir necha shakllarini printerdan chiqarish mumkin. Bunda faylning bir necha nusxasi bilan ishlashga to‘g‘ri kelmaydi.

Matn yoki uning bir qimini belgilang, Ctrl + Dni bosing va «Berkitilgan» operatsiyasi yoniga belgi qo‘ying. Mazkur qism yo‘qoladi va terib bo‘lmaydigan belgilar rejimida ko‘rinadi. Ma’lumotlar ko‘rinishi uchun qora nuqtalar chizig‘i bilan belgilanadi.

 

 

5. Saqlashdan oldin «hujjatlar Inspektori» funksiyasidan foydalaning

Eski Word faylni ocha olmaydi yoki uni noto‘g‘ri aks ettiradimi? Hamma va har bir kishiga ma’lum. Bu kabi yoqimsiz holatlar tez-tez sodir bo‘lishi mumkin, axir ko‘plab tashkilotlar hali ham Office 2003da ishlaydilar. Shuning uchun uni yuborish va/yoki saqlashdan oldin uni Wordning oldingi shakliga mos kelishini tekshirib ko‘rish kerak. Bunga «Hujjatlar inspektori» javob beradi.


Shuningdek, u imkoniyatlari cheklangan odamlar  uchun

ham matnni o‘qilishini tekshirishni ishga tushiradi, yana bir

muhim jihat mazkur hujjatdagi yashirin hususiyatlarni topa oladi.


Masalan, hujjatda joriy etilgan funksiya makroslar, faylning ko‘rinmas, muammoli tarkibiy elementlarining mavjudligini aniqlaydi.

 

 

6.PDF’ni tahrir qiling

Variantlarning ko‘pligi har doim ham foydali emas. PDF bilan ishlash bunga yaqqol misol. Ba’zida odamlar PDF fayllarni qayta ishlash mumkin bo‘lgan insturmentlarni tanlashda «boshlari qotadi». Bu yerda klassik Adobe Reader yoki alternativ Foxit Reader va ancha-muncha zamonaviy brauzer hamda ko‘plab onlayn-xizmatlar yordamga keladi. Biroq ulardan eng muvaffaqiyatlisi eng yuqorida turibdi, u bizning maqola qahramoni.


Word 2013 PDF-hujjatni nafaqat ochish,

balki uning tarkibini tahrir qilish imkonini beradi.


Muharrir matn, jadval, ro‘yxat, grafik va docx-fayllarning boshqa elementlarini tahrirlaydi. Bu juda a’lo darajada amalga oshirilishini ta’kidlash joiz. Shuningdek, pdf-fayllarni qo‘shimcha obyekt sifatida word hujjatiga kiritish imkonini beradi. bunday holda pdf sahifasining ilk beti yoki faylning belgisi aks etadi.

 

7. Video joylashtiring

Hech kimga sir emaski, quruq matnni uzoq vaqt davomida kuzatish diqqatni pasaytiradi va o‘quvchining qiziqishi yo‘qolishiga olib keladi. Shuning uchun deyarli barcha talabalar, ma’ruzachilar va ofis mehnatkashlari qatorlarni diagramma, jadval, grafik va boshqa vizual fokuslar bilan boyitishadi. Biroq kam sonli kishilargina kuchli instrument – videolardan foydalanadi.


Word hujjatga Bing qidiruv resursidagi

videolar, YouTubedagi roliklarni joylashtirib,

turli veb-saytdagi kodlarni joriy qila oladi.


Faylning yakuniy hajmi to‘g‘risida havotir olmasa ham bo‘ladi. Hujjat videoning o‘zini saqlamaydi, u joylashtirilgan resurs manziliga asoslanadi. So‘zsiz, videoni ko‘rish uchun internetga bog‘lanish talab etiladi.

 

8. Hujjat ustida birga ishlang va tuzatishlarni izohlang

Mumtoz fikr yodingizdami: «Bir kishi bajara olmagan vazifani birga bajaramizmi?». U hozir ham dolzarb. Biroq hamma ham hamjihatlikdagi mehnatni to‘g‘ri tashkil qilishni bilmaydi. Afsuski, xodim matnning muayyan qismini biror rangga bo‘yab, uning yonida qavs ichida o‘z tahriri yoki e’tirozini yozib, hujjatni orqaga qaytarayotganiga hozirgi kunda ham guvoh bo‘lish mumkin. Bunday paytda qovoqlarim uchib, asabiylashishni boshlayman. Word ning so‘nggi tahririda izoh qoldirish va o‘zgartirishlarni hamma olishi mumkin bo‘lgan faylga kiritish qulay. Bundan foydalanish kerak!


Word 2013 o‘zgalarning izohlariga javob berish imkonini

beradi, bu esa muharrirni guruh bo‘lib ishlashda

muhokamalar uchun qulay instrumentga aylantiradi.


Bir necha daqiqani «Retsenziyalash» ruknini o‘rganish uchun sarflang, yangi bilimlarni hamkasblar bilan o‘rtoqlashing va siz kelishib ishlashning yengil taraflarini his qilasiz.

 

 

9.Jadvallar bilan ishlashni soddalashtiring

Topishimga ijozat bering, siz jadvalning ustun va qatorlarini hali ham sichqonning o‘ng klavishini bosish va menyuning muayyan punktiga o‘tish orqali joylashtirasiz. Bari bundan-da oson bo‘lishi mumkin!


 Kursorni qator va ustun qo‘yishingiz kerak bo‘lgan

joydan balandroq/pastroq (chaprq/o‘ngroq)qv qo‘ying.

Word tezda jadvalni kengaytrishni taklif etadi.


Bir so‘z bilan aytganda, muharrirning so‘nggi shakli jadvallarni chizish bo‘yicha yangi funksiyalar bilan boyitilgan. O‘z bilimlaringizni yangilang.

 

 

10. Hujjatning qismlarini bloklarga birlashtiring

Yashirishning nima keragi bor, shunday xodimlar borki, vaqtlarini tezroq o‘tkazish uchun 100 varaqdan ortiq hujjatni ham birma-bir ko‘rib chiqishga tayyorlar. Agar siz katta hajmli fayllarda tezda yo‘nalish olmoqchi bo‘lsangiz, o‘z mehnatingizni to‘g‘ri tuzish va tezkor navigatsiya uchun bir necha klaviatura birikmalarini o‘zlashtirishingiz lozim.


Turli darajadagi sarlavhalardan foydalanish siz

ustida ish olib borayotgan hujjat elementlarini

yig‘ishtirish imkonini beradi.


Kursorni sarlavha yoniga qo‘ying, dastur blok tarkibini yig‘ishtirishni taklif qiladi. Shu yo‘l bilan eng katta asarni ham bir juft sahifada joylashtirsa bo‘ladi.