Ko'pincha juftimizning xarakteri yoki odatlaridagi o'zgarishlar janjallar va ajralishlarga sabab bo'ladi. Biroq, o'zgarishlar muqarrar, shunchaki ularni qabul qilishni o'rganish zarur.

Sevimli insondagi o'zgarishlar chetlashishni yuzaga keltirib, janjallarga olib keladi. Biroq, har qanday uzoq muddatli munosabatlarda ikkala odam ham ertami yoki kech o'zgaradi. Qachonlardir Siz sevib qolgan odam albatta notanish kimgadir aylanadi va uning yanada aqlli yoki yaxshi bo'lib qoladi degani emas. Deyarli barchamiz qoyachilardan uy odamlariga, isyonchilardan – o'rta bo'g'im boshliqlariga aylanamiz. Ba'zida shu kabi o'zgarishlarni odamlar hiyonat sifatida qabul qiladi.

Yaqin kishingiz Siz kutganlarga muvofiq kelmay qolsa, huddi u shartnomani buzgandek tuyuladi.

Psixologlar nima uchun shunday bo'lishi ustida bosh qotirdilar. Ularning fikricha, muammo o'zgarishlarning o'zida emas, balki bizning voqea tarixining yakuni sifatida xato qabul qilishga moyilligimiz bilan bog'liq.

“Odamlar – shakllanishi yakuniga yetdi degan xato fikrga boradigan doim rivojlanib boruvchi mavjudotlardir, - deydi Garvard universitetining sotsial psixologiya professori Deniyel Gilbert o'zining TED tadbirida so'zlagan nutqida. – Hozirda mavjud bo'lgan Siz avval bo'lgan ko'rinishlaringiz kabi oniy, tezkor va o'zgaruvchandir. Hayotimizda muqim bo'lgan yagona narsa – bu o'zgarishlar”.

2013 yilda Gilbert hamkasblari bilan birga o'tkazgan tadqiqotida barcha ishtirokchilar (ularning yoshlari 18 dan 68 gacha bo'lgan) 10 yil davomida kutganlaridan ancha ko'roq o'zgarganlarini qayd etishgan.

O'zimizdagi o'zgarishlarga moslasha olsak-da, yaqin kishimizdagi o'zgarishlarni qabul qilish qiyin kechadi.

Bunday hissiyotlar bizda faqat odamlardagi o'zgarishlar tufayli emas, balki qandaydir buyumlar yoki joylarning o'zgarishi natijasida ham yuzaga keladi. Masalan, aksariyatga o'zlari tug'ilib o'sgan shaharlari hozir boshqacha bo'lib qolgandek tuyuladi: barcha yaxshi odamlar ko'chib ketgan, ishlayotgan do'konlar yopilgan. Qizig'i, bir faqatgina o'sha “yaxshi odamlar”ning kimligi va “ishlab turgan do'konlar” qaysiligini tan olmagan holda, bir joy haqida shunday so'zlashimiz mumkin.

O'zgarishlarga nisbatan ziddiyatni alanga oldiradigan o'tmishni sog'inish – tabiiy insoniy hissiyotdir.

Turmush o'rtog'ingizdan doim mamnun bo'lib qolish uchun bu odamning turli qiyofalari bilan baxtli bo'lishni o'rganish kerak. O'z juftlari bilan bir necha o'n yillar davomida yashab kelatyogan aksariyat odamlar “Men birgina odam bilan kamida uch xil turmushda yashaganman”, deya ta'kidlashadi.

Fikrimizcha, ushbu holatda eng maqbul yo'l – o'zgarishlarga qarshilik bildirmasdan, ularga yo'l ochib berishdir. Bunday harakat sevimli kishingiz haddat tashqari ko'p yoki aksincha, kam o'zgargan holatda qutqarib qoladi. Unutmang: Siz xohlaysizmi yoki yo'q – vaqti kelib o'zgarishlar baribir yuz beradi.