Shtanga – faqat yoshlarning xobbisimi? Qo'lingizga bir qarang. Unda jami mushak massangizning 10 foizi jamlangan. Endi esa qo'ldagi barcha mushaklar yo'qolgan deb tasavvur qiling. Faqatgina teri osilib turgan suyaklardan boshqa hech narsa qolmadi. Erkak kishi 24 dan 50 yoshgacha aynan shuncha mushak massasini yo'qotadi. 60 yoshga borib esa yana shunchasi yo'qoladi. Chorak asr yashagan erkak har yili o'rtacha mushak massasining 1 foizini yo'qota boshlaydi.

Yoqimli fakt: bu holat erkak kishi mushaklarini saqlab qolish uchun hech narsa qilmaganida yuz beradi.

Mushaklar ketishi bilan suyaklar, bo'g'imlar, umurtqa zaiflashadi. Qand diabeti, yurak-tomir va boshqa kasalliklarning yuzaga kelishi xavfi ortadi. Agar organizmingizning muhim xususiyati – keksayishga qarshilikni muntazam ravishda rivojlantirib kelgan bo'lsangiz, hattoki 90 yoshda ham kuch sporti bilan shug'ullanish uchun hech qanday to'siq mavjud emas. Kuch sporti – bu keksayishga qarshilik ko'rsatish. Og'irliklarni ko'tarish organizm uchun mushak massasini yo'qotish emas, aksincha ko'paytirish uchun tabiiy vaeng kuchli signal hisoblanadi. Aynan shu fikrni tibbiyot fanlari doktorlari tasdiqlaydi va ularga qarshi chiqish huquqimiz yo'q.

Bu salomatlik uchun foydali

Michigan Universitetida olib borilgan tadqiqotlar oddiy bir haqiqatni yaqqol namoyon etdi. Ikki oy davomida haytasiga uchta asosiy mashg'ulot – va sening AD sakkiz pog'onaga ko'tariladi. Keksaroq yoshda bu insult sodir bo'lishi ehtimolining 40 foizga kamayishini bildiradi.

Bu suyaklarni mustahkamlaydi

Yosh o'tishi bilan erkaklar vaznini, muvofiq ravishda mustahkamlikni ham yo'qotadilar. Bir kuni bu holat tos sinishi yoki umurtqaning shikastlanishiga sabab bo'lishi mumkin. Mayo klinikasining statistikasi xavotirli ma'lumotlarni ko'rsatmoqda: yoshi kattaroq 30 foiz erkaklar tos sinishidan so'ng bir yila davomida vafot etgan. Umurtqaning zaiflashishi bizni XXI asr Kvazimodosiga o'xshatib qo'yadi. Journal of Applied Physiology nashrida chop etilgan tadqiqotlar 16 haftalik kuch bilan bog'liq mashqlardan so'ng tos suyagi mustahkamligining 3,8 foizga o'sishini ta'kidlamoqda. Shu vaqt ichida qonda osteokalsin – suyak to'qimasining o'sishidan darak beruvchi marker miqdori 19 foizga oshadi.

Bu semirishga yo'l qo'ymaydi

Har bir yo'qotilgan mushak kilogrammi yog' kilogrammiga almashadi. Kuch mashqlari bo'lmasa, vazningiz o'zgaradi, hajm va teri osilishi esa ancha ortati, chunki yog' to'qimasi mushaknikidan 18 foizga hajmliroqdir.

Bu egiluvchanlikni saqlab qoladi

Erkaklarning bo'g'imlari 30 dan 70 yoshgacha 20 dan to 50 foizgacha egiluvchanligini yo'qotadi. Huddi o'sha haftada uch marotaba mashq qilinadigan 16 haftalik tajriba tos va yelka bo'g'imlari egiluvchanligini 30 foizga oshiradi.

Bu tezkor ulgevodlar havfini kamaytiradi

Ko'p miqdordagi tezkor uglevodlarga ega taomni iste'mol qilganimizda insulin miqdori ortadi. Muammo shundaki, yuqori miqdordagi insulin o'z-o'zidan qand va yurak kasalliklari rivojlanishiga yordam beradi. Massachusets universiteti tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarda standart aerobik faolligiga haftasiga atigi ikkita asosiy kuch mashqlarini qo'shgan erkaklarda tezkor uglevodlarga boy taom iste'molidan so'ng insulin 25 foizga kamroq bo'lgan.

Bu kuchni saqlaydi

Mushaklar tezkor va sekin tolalardan tashkil topadi. Tezkorlari – portlovchi kuch. Sekinlari esa – ko'p sonli qaytarishlardagi chidamlilikdir. Qizig'i, mushak to'qimalari yo'qotilganida sekin tolalar miqdori 25 foizga, tezkorlari esa – 50 foizga qisqaradi. Bu muhim, chunki yildan-yilga biz aynan kuchimiz va quvvatimizni yo'qotib, kuch faolligimiz yanada og'irlashganiga guvoh bo'lamiz.

Bu metabolizmni tezlashtiradi

Mashqdan so'ng bir soat davomida iste'mol qilingan kaloriyalar mushaklardagi energiya zaxirasini tiklashga sarflanadi. Aniqrog'i, shu vaqt ichida 73 foizga ko'proq kaloriyalar teri ostiga emas, yualki foydali tomonga yo'naladi. 18 hafta davomida har haftada atigi ikkita mashq kuni natijasida taomnomani o'zgartirmagan holda 11 kilogramm yog'ni yo'qota olasiz, ammo tana og'irligingiz avval ham me'yorida bo'lganlik sharti bilan.

Bu kayfiyatni yaxshilaydi

2004 yilda Alabama shtatidagi Universitetda aniqlanishicha, keksa yoshdagi erkaklarda haftasiga uch marotaba mashq qilishdan iborat yarim yillik mashg'ulotlardan so'ng asabiylik kamayib, u qadar ko'p adashmagan, nafratni yo'qotgan va umumiy kayfiyati yaxshilangan. Kuch mashqlarining kayfiyatga  ta'siri mexanizmi hozircha o'rganilmagan, ammo bunga mantiqiy javob mavjud. Organizmingiz 10 yilga yosharib, 1,5 kilogramm yog'dan halos bo'lib, 2 kilogramm mushak massasi to'plash orqali umumiy kuch ko'rsatkichini 42 foizga oshirganidan so'ng, albatta yaxshi kayfiyatda bo'lasiz.

Oxirida, yana bir gap.

Tanidingizmi? Bu Mel Gibson «Taptortmaslar 3» filmiga suratga tushishdan avval. Suratda u 57 yoshda. Sizchi, 57 yoshda qanday bo'lishni istaysiz? Mashq zaliga otlaning.