O‘z-o‘ziga ishonchsizlik nima uchun kelib chiqadi? O‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlikdan qanday xalos bo‘lish mumkin? Uch haftada ishonch hissini qaytarish.

O‘tmishdagi muvaffaqiyatsiz tajriba va bolalik xotiralari sabablardan bo‘lishi mumkin.

 

O‘z-o‘ziga ishonchsizlik nima uchun kelib chiqadi

O‘timishdagi xatolar

Ular o‘zingizga bo‘lgan munosabatimizga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, agar munosabatlarning o‘ta murakkab barham topishi yoki ishdan haydalish kabi murakkab vaziyat yuz bergan bo‘lsa, bu yanada mushkul tus oladi. Biroq o‘tmishni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Eski xatolarga “yopishib olmang”. Ulardan o‘zingizga saboq chiqaring, aks holda vaqtni behuda sarflagan bo‘lasiz.

 Tarbiya

Ota-onangizning sizdan doim ko‘ngli to‘lmagan, o‘qituvchilar esa faqat baholaringizga qarab hukm qilishgan bo‘lsa, sizda o‘zingizdan ikkilanish hissi bolalikda paydo bo‘lgan. Biroq endi katta odamsiz, bu esa sizning hayotingiz. Hozir esa ota-onangiz va o‘qituvchilarning harakatlaringizni ma’qullashiga intilishingiz shart emas.

 O‘zgalar bilan taqqoslash

O‘zimizni bizdan ko‘proq narsaga ulgurgan hamkasblar, hayoti qiziqroq ijtimoiy tarmoq blogerlari bilan solishtiramiz. Natijada hafsalamiz pir bo‘lib, o‘zimizdan achchiqlanamiz. Muammoning yechimi juda oddiy - o‘zingizni qadrlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish. Biz hammasiz xilma-xilmiz, bi tushunadigan narsalar ham turlicha.

Ba’ziida esa o‘zimizni o‘zgalar bilan taqqoslash foydali. Ulardagi qaysi hislatlar sizla mavjud emasligini qayd eting va ularni rivojlantiring.

 Notanish vaziyat

Vaziyatdan nimani kutish va unga qanday reaksiya qilishni bilmaysiz. Tabiiyki, o‘zingizga bo‘lgan ishonchsizlik hissi uyg‘onadi. Undan yangi narsani o‘rganish imkoniyati sifatida foydalaning. Qachonlardir yurishni bilmasdingiz, hozir esa buni yaxshi uddalayapsiz. O‘zingizga xato qilish – normal holat ekanini eslating. Xatolar tufayli saboq olamiz.

 O‘tmishdagi muvaffaqiyat

Uni yodga olsangiz, hech nimani eplay olmaslik qo‘rquvi o‘tib ketadi. Mazkur muvaffaqiyatni takrorlashni o‘ylamang. Natijangizni yanada yaxshilash to‘g‘risida fikrlang. Nimanidir yaxshi bajarishingizga qaramay, rivojlanish uchun sabab yetarli. Kuchli jihatlaringizni rivojlantiring.

 

O‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlikdan qanday xalos bo‘lish mumkin

Yaxshi narsalar haqida o‘ylang

Agar o‘zingizda salbiy fikrlarni sezsangiz, ijobiysiga diqqatingizni qarating. Yaxshi narsalarni o‘ylashga yordam beradigan narsalarni oldindan tayyorlab qo‘ying. Masalan:

  • Qarshi fikrlar ro‘yxati: “Men hammasini eplay olaman”, “Bu yangi narsani o‘rganish imkoniyati”, “Ikkilanish hech nimani o‘zgartirmaydi, men vaqtimni behuda sarflayapman”.
  • Baxtli xotiralar ro‘yxati.
  • Tabassum uyg‘otadigan suratlar solingan papka.
  • Kuch-quvvat beradigan harakatlar ro‘yxati.
  • Tezda iste’mol qilish mumkin bo‘lgan foydali yegulik.

 Faoliyatni o‘zgartiring

Bir hissiyotni uzoq vaqt his etish orqali undan xalos bo‘lish murakkablashadi. Tinchlaning va boshqa ish bilan shug‘ullaning. Yoqimsiz narsalarni o‘ylashni to‘xtatib, bariga boshqa tomondan nazar solishga harakat qiling.

 Yordam so‘rab murojaat eting

Yaqinlar, do‘stlar va rahbarning qo‘llab-quvvatlashi og‘ir vaziyatlarda qo‘l keladi. Ularning maslahati esa ishonch va ishtiyoq beradi.

 Yozma qayd etib boring

Har hafta sizni ikkilanishga majbur qilayotgan narsalarni yozib boring. Shu yo‘l orqali ishonchsizlik uyg‘otayotgan sababni topib, uni yengib o‘tishga harakat qilasiz. Minnatdor bo‘lgan narsalaringizni ham yozib boring. O‘zingizni ko‘proq qadrlab, o‘zingizda bor narsalarga e’tibor qarating.

 

Uch haftada ishonch hissini qaytarish

  • Birinchi hafta. Har kuni minnatdorlik hissini uyg‘otadigan uch narsani yozma qayd eting. Asta-sekin hayotingizda xursandchilik uchun sabablar ko‘p ekanini sezasiz. Hafta oxirida bu ro‘yxatni yana bir marta ko‘zdan kechiring.
  • Ikkinchi hafta. O‘zingizdan ikkilanish hissi bilan bog‘liq vaziyatlar va ularning ehtimol sabablarini yozib boring. Hafta yakunida o‘zingizning asosiy qo‘rquvlaringiznianiqlab olasiz. Ularni bartaraf etish, o‘zgartirish haqida o‘ylab ko‘ring.
  • Uchinchi hafta. Ishonchsizlikni yengish uchun nima qilganingiz, o‘zingizni qanday his etayotganingizni yozing. Qadamlaringiz qanchalik kichik bo‘lishiga qaramay, bu g‘alabadir. Maqsadingizga biroq yaqinlashdingiz.