Agar ish va o‘qishni birga olib borishni istasangiz, bu maqolani o‘qib chiqishni unutmang: unda biz ushbu ikki frontni samarali mujassamlashtirish haqida so‘zlaymiz.

Yuqori kurslardagi talabalar kunduzgi bo‘limdagi o‘qishlari bilan ishni birga olib borishlari holati hech kimni hayratga solmaydi. Ba’zida bu tanlov zaruriyat yuzasidan kelib chiqadi: ta’lim uchun mustaqil pul to‘lashingiz yoki oilangizga yordam berishingiz kerak. Biroq, ko‘pincha yoshlar shunchaki ularni kattadek qabul qilishlarini xohlab, kundalik harajatlari uchun ota-onalaridan pul so‘rashni istamaydilar.

Universitetni tugatmay turib ish boshlashga turtki bo‘lgan sabab muhim emas, muhimi birgina narsa: Siz ham o‘qish, ham ishni a’lo darajada eplashingiz va asosiysi – ular biriga halaqit qilmasligi kerak.

Bugun biz o‘qish va ishni birga olib borish istagidan bo‘lsangiz, nimalarni yodda tutishingiz kerakligi haqida gaplashamiz.

 

Agar ish hali topilmagan bo‘lsa

Ishonchim komilki, ish izlash haqida hattoki biron martta ham o‘ylab ko‘rmagan bo‘lishingizga qaramay, baribir kursdoshlaringiz yoki do‘stlaringiz bilan suhbat davomida “Ish topish harakatidaman”, “Universitetda faqat nazariya, ish izlash va amaliyot bilan shug‘ullanish vaqti keldi”, “Endi ishlashni istayman, universitet jonga tegdi”, “Ishlashga boraman, har holda pul berishadi” qabilidagi jumlalardan birini aytganingiz aniq. Jumlalar turli bo‘lishi mumkin, ammo mohiyati doim bir xil qoladi.

Ehtimol, ish izlashga jiddiy qaror qilmagandirsiz, shunchaki o‘zingizni kasbiy mustaqillik haqida hozirdanoq o‘ylayotgan aqlli va katta odamdek ko‘rsatishni istagandirsiz.

Biroq, kun kelib quruq gaplarni chetga qo‘yib, haqiqatdan ham ish izlashga kirishdingiz. Demak, nomadan boshlash kerak.

 

Ishni «talabalar uchun» toifasidan izlamang

“Talabalar uchun ish” bo‘limiga ko‘zim tushganida kayfiyatim batamom yo‘qoladi. Ofitsiantlar va promouterlar – ish beruvchilarning fikricha oliygohlarning talabalari aynan shunday lavozimlarga mos keladi.

Siz oliy ta’lim muassasida o‘qiysiz, Siz o‘zingizga yoqqan (bunga qattiq ishongimiz keladi) va keyinchalik shu yo‘nalishda ishlashni xohlagan mutaxassislikni egallaysiz. Aytingchi, nima uchun mutlaqo yot soha bilan shug‘ullanish orqali qimmatli vaqtingizni sarflashingiz kerak? Ixtisosligingiz bo‘yicha ish topishga harakat qiling.

O‘zingizga huddi hech narsani bilmaydigandek, layoqatsiz, raqobatbardosh emasdek va umuman juda baland dorga osilayotgandek tuyulishi mumkin. Bu o‘ziga va qobiliyatiga ishonchsizlik tuyg‘usini ildizi bilan yulib olishingizga to‘g‘ri keladi, aks holda butun hayotingiz davomida – talabalik yillarida ham, o‘qishni tugatgach ham – shu his bilan birga yashab o‘tasiz.

Olg‘a yuring va kattaroq nishonlarga intiling. Yurist, jurnalist, buxgalter va h.k. bo‘lishga o‘qiyapsizmi? Amaliyotda kasb negizlarini o‘zlashtirishning vaqti yetdi. Kasbingizga doir sohada bo‘sh ish o‘rinlarini bemalol izlang. Sizni talab etilayotgan adog‘i yo‘q ko‘nikmalar soni hamda “oliy ixtisoslik ma’lumoti bo‘lishi shart” va “shu o‘rinda bir yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi” kabi jumlalar qo‘rqitmasin. Ish tajribasi borasida bir mashhur latifani eslasak:

 

Ishga joylashish uchun ish tajribasiga ega bo‘lish kerak. Ish tajribasiga ega bo‘lish uchun esa, ishni boshlash kerak. Nimadan boshlashni hech bila olmayapman.

 

Talablarga kelsak – aksariyat hollarda ular oshirib yuboriladi, shuning uchun boshlamasdan darhol yengilmang. Albatta, o‘zingizda bo‘lmagan ko‘nikmalar va qobiliyatlar mavjudilgi aytib ish beruvchini aldashning keragi yo‘q, ammo ko‘p narsani o‘rganishga tayyor yosh mutaxassis sifatida tanishtirish – bu boshqa gap.

 

Universitetda uchrashi mumkin bo‘lgan ish imkonlarini rad etmang

Yo‘q, universitetda laborant sifatida ishlashni nazarda tutmadim (lekin, ba’zida bu juda yaxshi variant).

Universitetda past kurslardan boshlab korxonalarda amaliyotga bora boshlaysiz va o‘zingizni yaxshi namoyon eta olsangiz, Sizni ishga taklif qilishlari mumkin. Taklifni rad etishga shoshilmang.

Ko‘pincha “qo‘llab-quvvatlash orqali” ishga joylashish imkoniyatlari bo‘ladi. Ba’zida korxonalarning o‘zi universitetga iste’dodli talabalarni tavsiya etishlari uchun so‘rovnoma yuboradi, ba’zan esa yuqori kurs talabalari boshqa shaharga ko‘chayotganlari yoki ish joyini o‘zgartirayotganlari uchun o‘rinlariga talabalar orasidan kimnidir qidirishadi.

Bu yaxshi imkoniyat ekanligini unutmang, yaxshi imkoniyatni boy berish esa – ahmoqlikdir.

 

Ishga yozda joylashing

Birinchi ish oyi eng qiyin davr bo‘ladi. Birinchidan, Siz ko‘nikib jamoaga kirishib ketishingiz kerak. Ikkinchidan, barcha ish majburiyatlaringizni tushunib yetishingiz zarur. Yozda o‘qish soatlari, imtihonlar va boshqa o‘quv masalalari bo‘lmaydi, shu bois o‘zingizni to‘liq ishga bag‘ishlay olasiz.

Agar iloji bo‘lsa, ishga yozda joylashing. Shu tariqa, ishga o‘qish fronti ham qo‘shiladigan kuz mavsumida Sizga albatta kerak bo‘ladigan asablaringizni tejab qolasiz.

 

Agar ishga joylashib bo‘lgan bo‘lsangiz

Birinchi va asosiy narsa — shikoyat qilmang

O‘zingizdan mamnun bo‘lasiz. Va, albatta, ba’zida Sizga rahm qilishlarini istaysiz.

Bizga shikoyat qilish yoqadi va bunning yaxshi tomoni yo‘q. Ba’zida bu shunchaki zarur bo‘ladi. Biroq, mazkur holatda “ish va o‘qishni birga olib borishdan charchaganingiz, juda og‘irligi, shaxsiy hayotga vaqt yetmayotganligi va hammasini tashlab ketishni xohlashingiz” haqida shikoyat qilayotgan bo‘lsangiz, bir daqiqaga o‘ylab ko‘ring: rostan ham Sizga achinishlarini istaysizmi?

Siz “Voy, bechoragina, ham o‘qiysan, ham ishlaysan! Rosa qiyin bo‘lsa kerak, bo‘sh vaqting umuman yo‘qdir?” kabi so‘zlarni kutayotgandirsiz. Ishonchim komil, buni umuman xohlamagansiz. Siz “Barakalla, hamma narsaga ulguryapsan va barchasini qoyil qilyapsan! Sen bilan faxrlanaman / senga havasim kelyapti” kabi jumlalarni eshitishni istagansiz.

 

Aslida, Siz achinishni emas maqtovni kutasiz.

 

Sizning haqiqiy maqsadingiz ham shu. Siz odamlar yutuqlaringizni tan olishini istaysiz, o‘zingizdan faxrlanasiz va boshqalar ham faxrlanishini xohlaysiz.

Tabiiyki, bizga bu g‘alati tuyuladi: bir kishining oldiga borib, hozir senga qanday aqlli ekanligimini aytib beraman, sen esa meni maqtagin, deyish. Biroq, hech bo‘lmasa bir martta urinib ko‘ring va keyinchalik bu g‘alati yoki noo‘rin bo‘lib ko‘rinmaydi

Hammamiz ham boshqalar yutuqlarimizni tan olishini, erishganlarimizni ko‘rishlarini xohlaymiz va buning uyatli joyi yo‘q.

 

Ustuvorliklarni belgilang

Men uchinchi kursni tamomlagach, yozda birinchi ishimga joylashganman. Men yaxshi o‘qirdim, dasrlarni kam qoldirardim va kelgusida ham shu yo‘sinda davom ettirish niyatida edim. O‘qish doim ustuvor o‘rinda bo‘lgan, men hech qachon bu haqida o‘ylamaganman, ammo doim bir kuni o‘qish va ish o‘rtasida tanlashga to‘g‘ri kelsa, albatta birinchisini tanlashimni bilardim.

Bu mening tanlovim edi, lekin ish tufayli yuqori kurslarda o‘qishni tashlab ketgan o‘nlab bolalarni bilaman.

Siz avval boshdanoq o‘zingizga muhimrog‘ini bilishingiz va vaziyat majburlagan taqdirda nimadan voz kechishingizni bilishingiz kerak.

 

Vaqtingizni rejalashtiring

Mening ko‘p jihatdan omadim kelgan: birinchi ishimda erkin tashrif jadvali bo‘lib, har kuni soat 9-00 dan 17-00 gacha ofisda o‘tirish shart emasdi.

Ish beqaror bo‘ladi

Bunda bir narsani unutmaslik kerak: erkin tashrif bo‘lishiga qaramay, men ishimni vaqtida bajarishim kerak edi. Men hech qachon o‘zimni o‘ta mas’uliyatli odam sifatida ko‘rmaganman, ammo har doim vazifa qanday bo‘lishidan qat’iy nazar – ishmi yoki o‘qishmi - uni vaqtida bajarishimni bilganman.

Xullas, tungi soat 3-30 da uxlab, tonggi soat 6-30 da uyg‘onadigan zombi rolidagi bir necha haftadan so‘ng faqat bitta xulosaga kelish mumkin:

3 soatdan uxlasa nima bo‘ladi

 

Men tabiatan boyo‘g‘liman va tunda ish yoki o‘qish vazifalarini bajarish qiyin bo‘lmagan, ammo tongda uyg‘onish juda og‘ir kechgan. Bir necha martta kuchsizlangan organizm soat tovushini eshitishdan shunchaki bosh tortgani uchun uxlab qolganimdan so‘ng, nimanidir o‘zgartirish kerakligini tushundim.

Unutmang, salomatlik (ham jismoniy, ham ruhiy) – bu bizning eng qimmatli to‘ldirib bo‘lmaydigan boyligimiz bo‘lib, uni ado qilsangiz ish ham, o‘qish ham yordam bera olmaydi. O‘zingizga so‘nggi muddatni belgilang: 23-30dan keyin faqat dam va hech qanaqa o‘qish yoki ish yo‘q.

Avvaliga barcha ishlarni belgilangan muddatga tugatishga qiynalasiz, ammo vaqt o‘tishi bilan (menda bunga ikki haftacha vaqt ketgan) o‘rganib qolasiz va bundan faqat yutasiz: Siz me’yorida uxlaysiz va dam olasiz, lekin ish ham, o‘qish ham qochib ketmaydi.

 

Ishda talabaligingizni, o‘qishda esa ishlashingizni aytish kerakmi

Albatta, ish beruvchiga talaba ekanligingizni aytish zarur. Yodda tuting, o‘qishda sessiyalar, qoldirish mumkin bo‘lmagan jiddiy darslar yoki qandaydir mas’uliyatli tadbirlar, ya’ni ish vaqtida universitetda bo‘lishingiz shart vaqtlar bo‘lib qolishi mumkin. Ko‘pincha Siz shunchaki odamlar orasida emas, balki bir kishining xatosi yoki loqaydligi boshqalarning harakati va yutuqlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin bo‘lgan jamoada ishlashingizni unutmang.

Biroq, o‘qishda ishlashingiz haqida har doim ham gapirish to‘g‘ri emas.

Aksariyat o‘qituvchilar talabalarning ikkinchi mashg‘ulotiga salbiy munosabat bildirib, u o‘qishga yomon ta’sir qiladi deb o‘ylaydilar. Albatta, korxonada ishlab haftasiga bir necha martta ixtisoslik darslarini o‘tadigan amaliyotchi o‘qituvchilarning fikri boshqacha bo‘ladi. Bunday o‘qituvchilarning darsidan bemalol javob olish, so‘ngra qo‘shimcha ma’ruzalar bilan qoldirilgan darslarni yopish mumkin.

O‘qituvchilarning fe’lini bilasiz, shu bois ishlashingiz haqida hammaga jar solishdan avval, buning qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini o‘ylab ko‘ring.

 

Ta’til haqida

Ta’til

 

Agar sessiya murakkab bo‘lishini his qilsangiz, ta’tilni aynan shu vaqtda olishga harakat qiling. Kitoblar, qaydlar va planshetlarni to‘plab olib, bechora boshingizga tonnalab axborotni kirishga urinish orqali ishni ikkinchi emas, hattoki qandaydir to‘rtinchi darajaga surib qo‘yasiz va keyin yuzaga kelgan barcha uyumlarni tozalay olmaysiz.

 

Dam olish kunlari haqida

Dam olish kunlari

 

Qachonlardir bir odam “bayramlarni o‘zimizga o‘zimiz tashkil qilamiz”, degan. Dam olish kunlari haqida ham huddi shunday deyish mumkin.

Har birimizda hammasi jonimizga tegadigan va hech narsa qilmasdan, shunchaki dam olishni xohlaydigan vaqtlar bo‘ladi. Bunday istaklarni e’tiborsiz qoldirish tushkunlikka sabab bo‘lishi mumkin, shu bois kalendar bo‘yicha dam olish kunlaridan tashqari, o‘tkir ehtiyoj sezgan vaqtingizda o‘zingiz uchun shunday kunlarni belgilang: ishdan ruhsat oling va o‘qishga bormang. Bo‘sh vaqtingizni o‘zingiz istagandek o‘tkazing: uxlang, sayr qiling yoki yoqtirgan ishingiz bilan shug‘ullaning.

Ana shunday rejadan tashqari dam olish kunidan so‘ng kuch to‘plab, yanada unumli ishlay va o‘qiy olasiz.

 

Hamkasblardan yordam so‘rashdan qo‘rqmang

Buning hech qanday aybli tomoni yo‘q. Faqatgina mustaqil, yagona va o‘rnini bosib bo‘lmaydigan mutaxassis sifatida emas, jamoada ishlaganingiz yaxshi. Lekin, nima bo‘lganda ham har doim yo‘l topish mumkinligini unutmang. Yana bir sir: ko‘pchilik boshqalarga yordam berishni yaxshi ko‘radi, shu tariqa o‘zining muhimligini va foydaliligini his qiladi.

 

Ishda o‘qishni, o‘qishda – ishni unuting

Ish xonaningiz ostonasidan kirdingizmi, endi X-41 guruhdagi Ivanov va Y-52 dagi Petrova emassiz. Siz kompaniyada ishlayotgan xodimsiz. Universitetga kelgan zahotingiz, xodim emas, balki talabaga aylanasiz.

O‘qishda ish tufayli asabiylashib, 10 daqiqalik tanaffusda muzokara o‘tkazishga urinishning hojati yo‘q. Ishda esa o‘qish muammolarini o‘ylab o‘tirishdan foyda yo‘q. Hamma narsa o‘z vaqtida va o‘z joyida bo‘lgani ma’qul.

 

Ishda o‘qishdan, o‘qishda esa – ishdan dam oling.

 

Unutmang, istagan vaqtda to‘xtashingiz mumkin

Siz mehnat shartnomasini qoningiz bilan imzolamagansiz. Sizni hech kim universitetdagi partadaga kishanlab qo‘ymagan. Bu Sizning hayotingiz va istalgan paytda keraksiz bo‘lib ko‘ringan narsalardan voz kechish Sizning ixtiyoringizda.

 

Ish va o‘qishni baravar olib borganmizsiz/borayapsizmi? Tajribangiz bilan o‘rtoqlashing.