Maqolani o'qib, so'ng raqamlar orqali kerakli rang va harflar, shuningdek, uyda soch rang berish qoidalariga aniqlash uchun qanday qilib bilib olasiz.

By Ayuna Min

Yaqinda bir tanishimini uchratib qoldim va lol qoldim. Uning sochlarining rangi shu qadar g‘aroyib ediki! Men uni yaxshi taniyman, u sochlarini hech qachon salonlarda bo‘yamaydi, uslubchilar xizmatidan foydalanmaydi.

Men bunday o‘zgarishning sababi, unga yarashadigan bunday rangga qanday erishganiga qiziqdim...

 

Imidj va soch rangini o‘zgartirish ba’zida haqiqiy lotereyaga aylanadi!

Sochlar u yoki bu rangga bo‘yalganidan keyingi natijani oldindan aytib bo‘lmaydi. Bo‘yoq tanlash vaqtida har bir ayol shaxsiy mezonlarga tayanadi. Ba’zilar uchun zamonaviy marka, boshqalarga esa narx, uchinchi tofadagilar uchun esa chiroyli o‘ram va balzamning mavjudligi hal qiluvchi omilga aylanadi.

Masala rang tanlashga borib taqalganida esa biz o‘ramdagi diqqatni jalb etuvchi surat yoki nomga e’tibor qaratamiz.

Tanishimning muvafaqqiyat siri juda oson, biroq samarali. “Kim ma’lumotga ega bo‘lsa, dunyoni egallaydi” fikri to‘g‘riligiga yana bir bor ishonch xosil qilyapman.

 

Soch bo‘yog‘ini qanday tanlash kerak

Rang nomi yonida joylashtirilgan raqamlarga diqqat qaratish lozim. Axir bir qarashda sezilmas bu belgilar mazkur bo‘yoqdan foydalanish natijasi to‘g‘risida ko‘plab ma’lumot berishi mumkin. Demak, siz bilmagan, ammo yodda saqlashingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar quyidagilardan iborat.

 

 

Asosiy rang to‘qligini qanday izohlash kеrak

1 — qora rangga mos keladi.
2 — juda to‘q jigarrangga mos keladi.
3 — to‘q jigarrangga mos keladi.
4 — jigarrangga mos keladi. 
5 — och jigarrangga mos keladi. 
6 — to‘q sariqqa mos keladi.
7 — sariq rangga mos keladi.
8 — och sariqqa mos keladi.
9 — juda och sariqqa mos keladi. 
10 — och malla rangga mos keladi.

11 va 12 — sochlar rangini ochartirish bo‘yoqlari

 

Asosiy rang raqamini qanday izohlash kеrak

0 raqami ostida tabiiy ranglar qatori nazarda tutiladi. 
1 raqami ostida — ko‘k-siyohrang tus (kulrang qator). 
2 raqami ostida — siyohrang tus. 
3 raqami ostida — tilla.
4 raqami ostida — mis.
5 raqami ostida — (maxagon) qizg‘ish tus.
6 raqami ostida — qizil tus.
7 raqami ostida — qahva.

 

Ba’zi ishlab chiqaruvchilar esa rangni raqamlar bilan emas, harflar yordamida belgilaydi. Ularning izohi quyidagicha:

 

 

Asosiy rang harfini qanday izohlash kеrak

S harfi ortida kulrang yashirin bo‘ladi.
PL — platina.
A — rangni a’lo darajada ochartirish.
N — tabiiy rang.
E — qaymoqrang.
M — nursiz rang.
W — jigarrang.
R — qizil.
G — tilla.
K — mis.
I — shiddatli.
F, V esa — siyohrang.

Bo‘yoqning sochda turish davrini qanday aniqlash mumkin

«0» raqami ostida sochda turish muddati qisqa va samarasi uzoq saqlanmaydigan bo‘yoqlar shifrlangan. Masalan: rang beruvchi shampunlar, muss va spreylar.

«1» raqami tarkibida ammiak va peroksid bo‘lmagan mahsulot haqida ma’lumot beradi. Bunday vositalardan bo‘yalgan sochlarga jilo berishda foydalaniladi.

«2» raqami tarkibda perokid, ba’zida ammiak mavjudligini bildiradi. Bo‘yoq uch oy davomida sochda saqlanishini nazarda tutadi.

«3» raqami asosiy rangni keskin o‘zgartiradigan, uzoq saqlanadigan bo‘yoqlarni bildiradi.

 

Sochlaringizda sinab ko‘rishni istagan rangni uchratganingizda imidjingizni keskin o‘zgartirish usuli paydo bo‘ladi.

Soch bo‘yog‘ini to‘g‘ri tanlash uchun qanday natijaga erishmoqchi ekanligingizni aniqlab oling. Rang va bo‘yoqni tanlashga asosli ravishda yondashing, axir so‘nggi natija sizning tashqi ko‘rinishingizni belgilaydi.

Zavod o‘ramlarida ko‘rsatilgan raqamlardan tashqari sochlaringizning o‘ziga xos jihatlarini ham hisobga olish kerak. Oldindan bo‘yash yoki biroz ochartirish kabi faktlarni e’tiborga oling.

Tashqi ko‘rinishingizni o‘zgartirishda sizga omad tilayman! Betakror bo‘ling va bu ma’lumotni dugonalaringiz bilan bo‘lishing!

 

Siz-chi, siz sochlaringizni tez-tez o‘zingiz bo‘yab turasizmi?

Manba