O'smir farzandining muhim va kerakli ishlarni bajarishni mutlaqo istamasligiga to'qnash kelgan ota-onalar uchun maslahatlar.

Sababini aniqlang va uni o'smirga tushuntiring

Ishlarni ortga surish haqida o'smir nimalarni bilishi kerak? Birinchi navbatda uning sabablarini. Ular quyidagilar bo'lishi mumkin:

  • Kognitiv: «Men buni keyinroq qilaman».
  • Affektiv: «Ey, bu zerikarli va qiziqmas».
  • Harakatga oid: «Qiziqrog'ini qilaman, qolgani qolaversin».

Bu omillar – birgalikda va alohida ko'rinishda uning harakatlarini sekinlashtirishi, faollikni kamaytirishi, vazifalar bajarilishi ustuvorligini alishtirishi mumkin. Agar o'smir o'zida shu kabi o'zgarishlarni o'z vaqtida sezib qolsa, bu holatni erta bosqichda bartaraf etish imkoniyatlari ortadi.

Xayrixohlikni ko'rsating

Xayrixohlik – boshqa odamning hissiyotlari va fikrni ko'rish, tushunish va qabul qilish qobiliyati. Odatda bizni tushunadigan va kerakli maslahatlar beradigan odamlarni tinglashni istaymiz. Ko'pincha atrof-muhit bilan urush holatida bo'lgan o'smir uchun ota-onaning xayrixohlik ko'magi juda muhimdir.

To'siqlarning ortiga turmang. O'smir bilan huddi ishlarni ortga surish muammolariga duch kelgan do'stingiz singari gaplashing. Axir, Siz do'stlaringizga ayblovlar va nafratli haqoratlar bilan tashlanmaysiz-ku?

Ota-ona xayrixohligi o'smirlarda tushkunlik darajasini kamaytirib, o'ziga bo'lgan ishonchni oshiradi va o'zlashtirishga ijobiy ta'sir qiladi.

Xayrixohlik ishni ortga surishni bartaraf etish yo'lidagi birinchi va ehtimol, eng muhim qadamda juda muhimdir. O'smirda muammoning mavjudligini tushunish va qabul qilish zarur. Shu tariqa, o'sayotgan farzandingiz uchun tirgak, ishonchli tushunadigan do'stiga aylanasiz.

O'zini nazorat qilishni o'rgating

O'zini nazorat qilish va anglash sari yo'l insonning o'zi hamda hayotida yuz beradigan barcha muhim voqealar uchun mas'uliyatni zimmasiga olishini taqozo etadi.

O'zini nazorat qilish mas'uliyatli harakatlarga eltuvchi sog'lom fikrlar bilan mustahkamlangan haqqoniy istiqbollarga asoslanadi. O'smir talaba uchun bu yuqori ballarni olish va istagan mutaxassisligiga o'qish, qiziqishlari va qobiliyatiga qarab kasbni tanlash hamda, jumladan boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlar orqali turli hissiy tajribani orttirishga bo'lgan intilishni anglab yetishdir.

O'zini nazorat qilishning yuqori darajasi unumdorlikni oshirib, ishni ortga surishdan himoya sifatida xizmat qiladi. Yoshlik – bu sifatni yo'lga qo'yish uchun ajoyib davr.

Jamoa bo'ling

Sizning xayrixohligingiz o'smirga o'zini nazorat qilish ko'nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Bir-biringizni butun yo'l davomida qo'llagan holda, kichki tajribadan boshlang.

Boshlanishiga, oldingizga aniq maqsadlarni belgilang. Ular muhim, ahamiyatli, o'lchash va erishish mumkin holatda bo'lishi kerak. Masalan, sizning maqsadingiz – avvalgi jismoniy holatga qaytish yoki bir necha kilogrammdan xalos bo’lish. O'smir ta'limga oid nimanidir tanlashi mumkin: chorakni beshga yopish, imtihonni a'loga topshirish yoki muhim tanlovda o'rin egallash. Bu farzandingizning maqsadi, uning da'vati.

Keyin harakatlar rejasini tuzing. Sizning rejangizda – vaznni yo'qotish uchun ovqatlanishni to'g'rilash va jismoniy mashqlar dasturi bo'ladi. O'smirning rejasida – o'quv kurslari, o'rganish uchun kitoblar ro'yhati va amaliy mashg'ulotlar jadvali. Har kuni vazifaning kichik ma'lum qismini bajaring.

Asosiysi, ketma-ketlikka amal qiling va erinmang. Sizning tajribangiz, ishtirokingiz, ishni ortga surishga qarshi kurashda ittifoqingiz – o'smir uchun o'rnak bo'ladi.

Tajriba davomida hissiyotlar, fikrlar va tajribalarni erkin almashing: nimani qilish qiyin bo'ldi, nimani mutlaqo qilishni istamadingiz yoki qaysi bosqichda yengillik keldi. Tajriba maqsadga erishish bilan tugaydi: sizning holatda – vazn kamayishi, o'smir holatida esa – chorak yoki semestr uchun yuqori baholar.

Mukammal bo'lish shart emas. Taraqqiyot – maqsadlarga erishishdagi eski usullarning yangilari bilan kurashidir. Bu yo'lda kichik xatolar o'rinli. Xayrixohlik ham aynan shunda: siz ayblamaysiz, balki qabul qilib, qo'llab-quvvatlaysiz.