E’tiboringizga barchaga birdek manzur bo‘ladigan 7 ta mevali choy retseptini taqdim etamiz. Ular uzoq qish kechalarida sizga iliqlik baxsh etadi, ba’zilari esa yoz jaziramasida salqinlik beradi.

Mevali choyni qanday qilib damlash mumkin  



Mevali choy quritilgan yoki yangi meva, giyoh va gullardan tayorlangan ichimlik. Uni suv, sharbat yoki choy asosida tayyorlasa bo‘ladi. Bu usullarning har birida o‘ziga xos tayyorlash uslubi mavjud.


    
    1.Suv asosida tayyorlangan mevali choy quritilgan meva va giyohlar bilan damlanadi. Odatda choy qo‘shilmaydi (Bunday ichimlikda kofein mavjud emas). Biroq quruq qorishmaga qaynatilgan suv qo‘shilsa, kompot tayyor bo‘ladi. Suvni qaynatish va 85–90 °S haroratgacha sovutish lozim. Choy damlanadigan choynakni albatta isitib olish lozim, ichimlik 8 10 daqiqa damlanish uchun qoldiriladi.



    2.Sharbat qo‘shib tayyorlanadigan mevali choy choy barglariniqo‘shib yoki ularsiz tayyorlanadi. Birinchi holda sokni isitib olish zarur, biroq qaynatish kerak emas. Ikkinchi holda esa sokka qaynagan choy qo‘shiladi. Uni qaynoq holda ham sovutilgan holda ham ichish mumkin.



    3.Agar mevali choy uchun qora, ko‘k yoki oq choy asos bo‘lsa, uni avval qaynatib olish va biroz tindirish, so‘ng mevalarni ta’bga qarab qo‘shish lozim. Bunday ichimlik chanqoqni yaxshi qondiradi, charchoqni oladi va organizmga quvvat beradi.

O‘zbekistondagi mevalardan tayyorlash mumkin bo‘lgan 7 mevali choy retsepti

 

1. Yasmin qo‘shilgan nokli choy

 

liz west / Flickr.com

 

1–2 kichikroq nokni blenler yordamida maydalab oling. Yasminli choy damlang (0,5 litr suvga 2 choy qoshiq). Unga nok pyuresi, yarimta limon sharbati va koritsa qo‘shing. 10 15 daqiqa tindiring.

 

2.  Rezavorli miks

 

Garry Knight / Flickr.com

 

Istalgan rezavorlardan foydalanish mumkin: o‘zingiz uchun sevimli bo‘lgan yoki mavsumiy, muzlatilgan yoki yangi mevalar. Misol uchun, ikki qoshiq malina, smorodina yoki bir necha qulupnay. Rezavor mevalarni yaxshilab siqing va ularni istalgan meva pyuresi (3 4 osh qoshiq) va asal (2 3 osh qoshiq) bilan aralashtiring. Rezavor mevali qorishma ustiga qaynoq suv quying va 5 daqiqa tindiring.

 

3. Yalpizli choy

 

Dominique Archambault / Flickr.com

 

Yalpiz barglarini suvi chiqishi uchun ezing, bir osh qoshiqda ko‘k choy va ustiga qaynagan suv qo‘shing. Istagingizdagi ichimlik hajmidan kelib chiqib ulushlarni o‘zingiz belgilang. Bunday choyni qaynoq holda ichganingiz ma’qul. Yozda xona haroratigacha sovutib, bir necha soatga muzlatgichga qo‘ying. Undan so‘ng elakdan o‘takazib biroz asal hamda yangi yalpiz bargi qo‘shing. Muz bo‘lagi bilan iching.

 

4. Qulupnay qo‘shilgan moychechakli choy

 

Sherwin Huang / Flickr.com

 

Moychechakli choy damlang (0,5 litr suvga 2 osh qoshiq quruq moychechak). Unga 2 3 apelsin bo‘lagini qo‘shing. Qopqoq bilan yoping va tindiring. Sovuganidan so‘ng muzlatkichga bir necha soatga qo‘ying, yaxshisi bir kechaga. Tortishdan avval choyni elakdan o‘tkazib, yirik bo‘laklarga bo‘lingan qulupnay va shakar qo‘shing.

 

5. Shaftolili choy

 

Nhã Lam / Flickr.com

 

Oq choy damlang (0,5 litr suvga 2 3 choy qoshiq). Tindiring. Uni yarim stakan shaftoli sharbati bilan aralashtiring. To‘rtburchak qilib to‘g‘ralgan bir necha yangi shaftoli qo‘shing. Ichimlikni bir necha soatga muzlatgichda qoldiring.

 

6. Tarvuzli choy

 

Personal Creations / Flickr.com

 

0,5 litr qora choyni bir stakan quyqali tarvuz sharbati bilan aralashtiring. 1,5 2 soat sovuting. Stolga taqdim etishdan avval yirik qilib kesilgan tarvuz qo‘shing va rayxon bargi bilan bezating.

 

7. Qora smorodina va limonli choy

 

Myrecipes.com

 

0,5 stakan yangi siqilgan limon sharbatini smorodina bilan qaynash holiga keltiring. Besh daqiqa qaynating, so‘ng olovdan oling va rezavorlarni elakdan o‘tkazing. Paydo bo‘lgan smorodina pyuresini 500 millilitr qora choy bilan aralashtiring. Shakar, muz bo‘lagi, yangi smorodina mevalari qo‘shing. Limon po‘stlog‘i bilan bezating hamda lazzatlaning.