TOVADA PITSSA TAYYORLASHING 3 ASOSIY QOIDASI

  1. Xamir huddi quymoqdek suyuq bo'lishi kerak. Unga odatda smetana, mayonez yoki qatiq aralashtiriladi. Shuningdek, asos sifatida nondan foydalaniladigan usul ham bor.
  2. Tovaning tagi qalin kuyishga qarshi qoplamali bo'lishi kerak. Eski cho'yan tovani ishlatsa ham bo'ladi. Xamirni faqat yaxshilab qizigan tovaga quyish kerak.
  3. Ichiga solinadigan masalliq yarim tayyor bo'lishi kerak. Qiyma bo'lsa – qovurilgan, qo'ziqorinlar bo'lsa – konservalangan. Pishloq yaxshi erishi kerak.

TOVADA SMETANALI PITSSA

MASALLIQLAR

Xamir uchun:

  • 8 osh qoshiq smetana;
  • 9 osh qoshiq un;
  • 2 ta tuxum;
  • tuz — ta'bga ko'ra.

 

Ichki masalliq uchun:

  • 200 g tovuq filesi;
  • 100 g qo'ziqorin;
  • 100 g qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq;
  • 10 ta danaksiz zaytun;
  • 2 osh qoshiq tomat qaylasi;
  • o'simlik moyi — qovurish uchun.

TAYYORLASH

Avval ichiga slinadigan barcha masalliqni tayyorlab oling. Huddi boshqa pitssalarda bo'lgani kabi, bunda ham hammasi Sizning oshpazlik tasavvurinizga bog'liq. Masalan, tovuq go’shtini tuzlangan suvda pishirib oling. Uni sovutib, mayda shaklda to'g'rang

Yangi uzilgan shampinonlarni maydalash va o'simlik moyida qovurib olish zarur. Agar konservalangan qo'ziqorin ishlatayotgan bo'lsangiz, ortiqcha suyuqlikni ketkazish uchun ularni to'g'rab siqib tashlash kerak.

Pishloqni yirik qirg'ichdan o'tkazing. Zaytunlarni halqa shaklida to'g'rang.

Hammasi tayyor bo'lganidan so'ng xamir qoring. Buning uchun blenderda smetana, tuxumlar va unni bir xil bo'lgunicha aralashtiring. Tuz seping

Ayrim retseptlarda smetanaga mayonez aralashtiriladi. Bunda 4 osh qoshiq smetana va shuncha mayonez kerak bo'ladi.

Xamirni moy surtilgan qizigan tovaga quying. 1-2 daqiqa qovuring, so'ngra masalliyni soling: tovuq, qo'ziqorinlar, zaytunlar. Ustidan tomat qaylasini quyib, maydalangan pishloq seping.

Tovaning ustiga qopqoq yopib, 10-15 daqiqa qovuring. Tovadagi pitssaning tayyor bo'lganini tish kavlagich orqali tekshirish mumkin: uni xamirning eng qalin joyiga tiqib ko'ring. Agar u deyarli quruq qolsa, demak xamir qovurilgan.

Pitssani stolga tortishdan avval ko'katlar bilan bezatish mumkin.

TOVADA QATIQLI PITSSA

MASALLIQLAR

Xamir uchun:

  • 1 stakan qatiq yoki kefir;
  • 1 ½ stakan un;
  • 1 ta tuxum;
  • 1 choy qoshiq soda;
  • tuz va qora murch — ta'bga ko'ra;
  • o'simlik moyi — qovurish uchun.

Ichki masalliq uchun:

  • 100 g qattiq pishloq;
  • 100 g dudlangan kolbasa;
  • 1 o'rtacha pomidor.

TAYYORLASH

Qatiq va unni qo'shing. Qumoqlar bo'lmasligi uchun yaxshilab aralashtiring. So'ngra aralashmaga soda va tuxumni qo'shing. Tuz, murch seping va yana yaxshilab aralashtiring.

Xamirni moy surtilgan qizigan tovaga quying. Xamir bir oz qovurilganidan so'ng ichki masalliqni soling. Avval aytilganidek, turli tjribani sinab ko'rish mumkin. Eng oddiy usul – kolbasa va tomatlar. Ularni ingichka qilib to'g'rang va ovadagi xamir ustiga tering. Ustidan qirg'ichdan o'ktazilgan pishloqni seping.

Qopqoqni yopib, 10-15 daqiqa qoldiring. Xamirning pastki tomoni qizarib, pishloq eriganidan so'ng, olovni o'chirish mumkin.

TOVADA BATONLI PITSSA

MASALLIQLAR

  • 150 g qiyma;
  • 100 g pishloq;
  • 5 ta baton bo'lagi;
  • 3 ta tuxum;
  • 1 ta o'rtacha piyoz;
  • 1 ta o'rtacha pomidor;
  • ½ stakan sut;
  • yangi rayhon barglari;
  • tuz — ta'bga ko'ra;
  • o'simlik moyi — qovurish uchun.

TAYYORLASH

Piyozni tozalab, mayda to'g'rang. Uni qiyma bilan birga o'simlik moyida qovuring va chetga olib qo'ying. Pomidorni ingichka bo'laklarga to'g'rang, rayhonni maydalang. Pishloqni yirik qirg'ichdan o'tkazing. Motsarellani shar holatida ishlatish yoki vilkada ezish mumkin.

Tovaga baton bo'laklarini terib chiqing (qancha sig'sa) va bir oz quriting. Tovaga nomiga o'simlik moyini surish kerak. Butun bo'laklar orasidagi bo'shliqlarni batonning kichik bo'laklari bilan to'ldirish mumkin.

Alohida idishda vilka yoki maxsus moslama yordamida sut bilan tuxumlarni ko'pirtiring. Tuz soling va aralashmani qizargan baton ustiga quying.

Ustiga masalliqlarni soling: piyoz bilan qovurilgan qiyma, pomidorlar, rayhon va pishloq. Qopqoqni yopish shart emas. Pitssani 8-10 daqiqa qovuring va stolga torting