Pomidorning terisi sharbatni sabzavotning ichida saqlaydi, biroq namlikning bir qismi sabzavot bandiga ulangan joydan chiqadi. Shuning uchun oshpaz Jey Kenji Lopec-Alt pomidorlarni yassi yuzada bandi pastda bo‘lgan holda saqlashni tavsiya qiladi.

 

Jey Kenji Lopec-Alt (J. Kenji López-Alt)

Oshpaz, «Taom laboratoriyasi: Tayyorlashni ilm yordamida yaxshilaymiz» kitobining muafllifi

 

Tomatlarni saqlashning ideal usulini topish uchun ikkita tajriba o‘tkazdi. Birinchidan, u pomidorlar band biriktirilgan joydan namlikni yo‘qotishiga ishonch xosil qilmoqchi bo‘lgan. Pomidor qaysi holatda saqlanishiga qaramay, to‘siq orqali namlik chiqib ketmasligi uchun bu joyga skotch bo‘lagini yopishtirdi. Darhaqiqat, yopishtirib chiqilgan pomidorlar uzoqroq vaqt davomida barra holda saqlangan.

Ikkinchidan, «oyog‘i tepada» bo‘lgan holatda saqlab ko‘rishdan oldin va keyin u pomidorlarning vaznini o‘lchadi. Bunday holatda saqlangan pomidorlar uch kundan keyin o‘z vazning 1 2 foizini, bandi yuqorida bo‘lganlar esa 7 foizga yaqinini yo‘qotdi.

Jey Kenji bandni olib tashlab, pomidorlarni yassi tarelkada «oyog‘i osmonda» bo‘lgan holatda saqlash maqsadga muvofiq degan xulosaga keldi.

 

Agar sabzavotlar pishgan bo‘lsa va yaqin ikki-uch kun ichida iste’mol qilish istagida bo‘lsangiz, ularni xona haroratida saqlaganingiz ma’qul. Keyinroq yemoqchi bo‘lsangiz, muzlatkichga soling va dasturxonga tortishdan oldin biroz ilishi uchun muzlatkichdan biroz avval oling.