Ba’zi odamlar bilan normal dialog olib borish imkonsiz. Javob tariqasida haqoratlar aytish darajasigacha bormaslik uchun mazkur maslahatlardan foydalaning.

1. Tanqidni oldindan ko‘ra biling

 Taqdimot yoki nutq bilan chiqish qilayotgan bo‘lsangiz, qaysi bandlar tinglovchilarda tanqidga sabab bo‘lishini tasavvur qilib ko‘ring. Balki sizga ilgari ham javob bera olmaydigan e’tirozlar bildirgan bo‘lsalar kerak. Oldindan nima aytishni o‘ylab qo‘ying. Javob qoralamasi tayyor bo‘lsa, yoqimsiz so‘zlarga munosabat bildirish oson bo‘ladi.

 

2. Shoshqaloqlik bilan javob qaytarmang

 G‘azablanmang va shoshilib javob qaytarmang. Stakanga suv quying, fikrlaringizni bir yerga jamlab, zarur so‘zlarni tanlang.

 

3. Do‘stona ruhda aytilgan, umumiy gap bilan boshlang

  Jobs chiqishi davomida bildirilgan tanqidga nisbatan fikrini quyidagicha boshlagan: «Nimanidir o‘zgartirayotganingda, bunday savol berganlarning fikri qaysidir ma’noda to‘g‘ri ekanligi eng mushkul to‘sqinlikdir”. U o‘z javobini “yumshatgan”. Birqaraganda u o‘z raqibi fikriga rozi bo‘lgandek ko‘rinadi, biroq nutqining davomi bunday emasligini oydinlashtiradi. 


 Suhbatdosh fikriga to‘liq qo‘shilmasangiz-da, javobni doim do‘stona ravishda boshlang.


  

4. O‘zingiz eshitishni istagan savolga javob bering

 Jobsga dasturlashning aniq tili va shaxsiy hayoti to‘g‘risida savol bergan bo‘lsalar-da, ularni izohlamagan. U umumiy savolga javob bergan: “Kompaniyadagi o‘zgarishlar mobaynida qandaydir xatoliklarga yo‘l qo‘yilganmi va texnik kompaniyalarda yakuniy natija kimga bog‘liq: ishlab chiquvchilargami yoki mijozlarga?”

Bu siyosatchilar uchun doimo qo‘l keladigan klassik usuli.

 

5. Yakunda o‘z xatolaringizni tan oling, biroq jamoangizni qo‘llab-quvvatlang 

 Siz o‘zingizning eng ashaddiy muxlisingiz bo‘lshingiz lozim. Bu ayniqsa faqat o‘zingiz va jamoangizgagina tayanishingiz mumkin bo‘lgan dastlabki davrda juda muhim. Yo‘l qo‘yilgan xatolarni tan olib, ulardan olingan saboqlar haqida gapiring. Biroq siz va jamoangiz ko‘p ishlashingiz va nima uchun qo‘llab-quvvatlashlariga loyiq ekaningizni albatta yodga soling.


Odamlar mashaqqatli mehnatni qadrlashga o‘rganishgan, buni eslash orqali o‘zingizga nisbatan ijobiy fikr uyg‘otasiz.


Masalan, Jobs fikrini mana bunday yakunlagan: “Biz xatolarni topib, ularni tuzatamiz. Biroq hozir amalga oshirilishi kerak bo‘lgan narsa – o‘ta muhim bosqichni boshdan kechirayotgan va chin dildan mehnat qilayotgan jamoani qo‘llab-quvvatlashdir”.