Haqiqiy erkaklar kamdan-kam hollardagina yig‘lashadi. Biroq shoshilganlaridan Word hujjatida «Saqlamaslik» tugmasini bosib yuborishsa, yig‘lab yuborishlari aniq.

Bu maslahatlarni o‘qib bo‘lgach, kam sonli ayollargina erkaklarning yig‘isini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

 

Affektdan o‘zimizni himoya qilish va bunday holat qurboniga aylanishdan qanday qilib himoyalanish mumkin? Word istagingizga qarshi siz saqlashni xohlamagan (ongli ravishda yoki xato qilgan holda) ma’lumotni zahira sifatida saqlab qo‘yishini bilishning o‘zi kifoya.

 

Matn muharririning asosiy oynasini oching va «Ma’lumotlar»ning birinchi bo‘limiga o‘ting. «Hujjatni boshqarish» tugmasini bosing, bu yerda siz orzu qilgan vazifani uchratasiz.

 

 

«Saqlanmagan hujjatni tiklash» operatsiyasini bosing, undan so‘ng Wordning bir necha fayllar mavjud bo‘lgan xizmat papkasi ochiladi.

 

 

Umid qilamanki, omadingiz kelib, hujjatingiz yoki uning katta qismini «yo‘qdan bor qilish»ga muvofiq bo‘lasiz. Biroq shuni tushunish kerakki, dasturning sozlamalarida «Saqlanmagan holda hujjat yopilganida, uning avto saqlangan so‘nggi shaklini saqlash» da belgi tursagina omad sizga kulib boqadi. Tabassumning kengligi avtosaqlash intervaliga bog‘liq bo‘ladi.

 

 

Agar adashmasam, sukut holida ishga tushadi. Interval esa eng qulay, deb bo‘lmaydi. Uni 2 3 daqiqagacha kamaytirishni tavsiya qilaman.

 

Umid qilamizki, material bir qancha insonlar taqdirini saqlab qoladi.