Ich kiyimlar bo‘yicha ekpert Rebekka Epsan "Katta shahardagi ishqiy mojarolar" qahramonlariga ich kiyimlarni tanlab bergan. Anjelina Joli, Meril Strip va Linda Yevangelist uning do‘konidan kiyinadilar. U bra-fitting - ich kiyimni individual ravishda tanlash haqida qam kitob yozgan.

Rebekkaning qayd etishicha, to‘g‘ri tanlangan byustgalter tanangiz va hayotingizni o‘zgartirib, bizni baxtiyor insonga aylantiradi.

 

Qanday qilib o‘lov olish kerak

Ko‘plab ayollar o‘zlariga mos keladigan o‘lchamdagi emas, ular kiyishni istagan o‘lchamdagi byustgalterni xarid qiladilar. Odatda bu tutuvchi kosachasi kichik, tortib turuvchi belbog‘i kattaroq bo‘lgan ichki kiyim bo‘ladi.

Barcha ma’lumotlarni batamom bilib olish uchun ishni o‘lcham olishdan boshlang. Biroq shuni e’tiborga olingki, o‘lcham olish – bu ishning boshlanishidir. Sizning 75V o‘lchash jarayonida 70S va 80Aga ham o‘zgarishi mumkin. Va hatto 65D ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun o‘lcham to‘plami turli ishlab chiqaruvchilarda xilma-xil bo‘lishi mumkin. Buning yana bir sababi – ko‘kragingiz takrorlanmasligidadir.

Ko‘krak osti aylanasi

Qo‘lingizni pastga tushiring. Santimetr lentasi gorizontal holatda bo‘lib, tanangizga yopishib turishi kerak. Boshqa odam o‘lchamlaringizni olib bergani ma’qul, biroq buni o‘zingiz ham amalga oshira olasiz.

Ko‘krak aylanasi

Eng qulay klassik byustgalterni kiyib oling (push-ap va minimayzer bo‘lmasin). Santimetr lentasi gorizontal holatda joylashib, ko‘krakni qisib qo‘ymasdan, uning eng baland joyi ustidan o‘tishi kerak.

Jadvaldan foydalanib, o‘z o‘lchamingizni aniqlang (ochish uchun bosing).

Turli mamlakatlarda o‘lchamlarni belgilashning turli belgilari qabul qilingan. Agar amerikacha va fransuz ichki kiyim bo‘lsa, o‘lchamlar muvofiqligini quyidagi jadval bo‘yicha tekshiring.

Vaznimiz o‘zgarishi mumkin, biroq sevimli 75Bni sotib olishda davom etamiz. Bitta o‘lchamga bog‘lanib qolmang. Agar vazningizdagi o‘zgarish 3–5 kilogramni tashkil etsa, vazningizni qaytadan o‘lchab, o‘z o‘lchamingizni qaytadan ko‘rib chiqing.

Endi esa do‘konga borishingiz mumkin. O‘lcham olishga bir-bir yarim soat sarf etilishiga tayyor turing.

Qanday kiyib ko‘rish mumkin?

Ko‘krak va ko‘krak osti aylanasi bir-birini to‘ldiradi. 75 sm uchun S o‘lchaminining ko‘krak aylanasi 80 sm uchun S o‘lchami ko‘krak aylanasidan farq qiladi. Qanday qilib? Ko‘krak osti aylanasi raqami qanchalik katta bo‘lsa, ushlab turuvchi kosacha keng va kattaroq joyga ega bo‘ladi. Kiyib ko‘rish vaqtida buni hisobga oling.

Ichki kiyimni qanday tanlash mumkin
1-ichki kiyim
75V (haqiqiy o‘lcham)
2-ichki kiyim
70S (aylana kamroq, kosacha kattaroq)
3-ichki kiyim
70V (aylana kamroq)
4-ichki kiyim
75S (kosacha kattaroq)
5-ichki kiyim
80S (aylana ham katta, kosacha ham katta)

Kamida ikkita ishlab chiqaruvchining kamida 10 byustgalterini kiyib ko‘rishga tayyor turing. Tekis kosachali klassik modellarni oling. U sizga qay biri qulay bo‘lsa, shunga arab qattiq yoki yumshoq bo‘lishi mumkin. O‘lchamingizni aniqlab olgach, boshqa andoza – balkonet, push-ap, korbey va h.klarni ham kiyib ko‘rishingiz mumkin.

O‘lchamlaringiz natijasida yuzaga kelgan o‘lcham asosidagi dastlabki ikki modelni oling. Masalan, 75V.
Keyingi ikki belbog‘ o‘lchami kamroq, biroq kosachasi kattaroq bo‘lgan ikki model. Ya’ni, 70S.
Uchinchi juftlik belbog‘i kichikroq bo‘lishi kerak. Ya’ni,70V.
To‘rtinchi juftlik – kosacha o‘lchami katta bo‘lganlar. Ya’ni, yest 75S.
So‘nggi ikki model – belbog‘i ham, kosachasi ham katta. Ya’ni, 80S.

Har bir model uch o‘lchov – belbog‘, kochasa va tutqichlariga ko‘ra baholanishi lozim

Byustgalterni kiyib ko‘rayotganingizda, ilgakni oxirgi o‘ng qatorga iling (eng erkin holat). Kiyish jarayonida matosidan qat’iy nazar, belbog‘ 5 smgacha cho‘zilish mumkin. Ana o‘shanda qolgan ilgaklar kerak bo‘ladi.

Ideal byustgalter qanday turadi: chek-list

Belbog‘

Byustgalterni ushlab turishning 90 foizi tutqichga, 10 foizigina esa belbog‘ga to‘g‘ri keladi. Belbog‘ ko‘krak qafasini qatta ushlab turishi, biroq tanani ezib yubormasligi kerak. Qo‘lingizni ko‘tarib, o‘ngga-chapga egiling, belbog‘ o‘z o‘rnida qolishi kerak. Byustgalter markazi ko‘krak qafasiga mahkam joylashishi kerak. Agar belbog‘ aylanib ketayotgan bo‘lsa, sizga kichikroq o‘lchamdagisi kerak bo‘ladi.

Orqada ilgakni taqish joyida ikkita barmoq joylashishi kerak, agar bundan kattaroq bo‘lsa, kiyganingizdan yarim soat o‘tgach, u tepaga ko‘tarilib ketadi. Belbog‘ning to‘g‘ri holati – qat’iy gorizontal joylashuv. Kiyib ko‘rish to‘g‘ri amalga oshirilsa, belbog‘ biroz torroq bo‘ladi va bu normal hisoblanadi.

Kosachalar

Agar kosachalarda ajin va yig‘ilmalar ko‘rinayotgan bo‘lsa, byustgalter katta hisoblanadi, kosachasi kichikrog‘ini kiyib ko‘ring.

Agar kosacha ko‘krakni ezib qo‘ysa, u holda ko‘krak va qo‘ltiq ostida “yostiqchalar” xosil bo‘ladi, bu holda byustgalter kichik hisoblanadi. O‘lchami kattaroq kosachani oling.

Tortib turuvchi qism ko‘krak atrofi, ko‘krak usti va qovurg‘ada joylashishi kerak. Agar u biroz bo‘lsada ko‘krakning o‘zida joylashsa, kattaroq o‘lchamdagisi kerak.

Tutqichlar

Byustgalter nafaqat ushlab turishi, balki uni ko‘tarib turishi ham kerak. Oddiy test o‘tkazing, u yordamida ichki kiyim to‘g‘ri turganini aniqlash mumkin. Yelka va tirsak orasini toping. Aynan shu darajada ko‘krakning eng baland qismi joylashishi kerak. Agar u pastroq joylashgan bo‘lsa, tutqichlarni torting. Biroq yodda tuting: u yelkani ezib qo‘ymasligi va orqadagi belbog‘ turtib chiqmasligi kerak.

Tekshirib ko‘ring, katta og‘irlik ulushi tutqichlarga to‘g‘ri kelmayaptimikin? Uni yelkangizdan tushiring – kosachalar biroz osilib turishi mumkin, biroq belbog‘ o‘z joyida qolishi kerak.

Aytgancha, tutqichlar uzunligini har kuni boshqarish mumkin.

E’tibor qarating – ko‘krak byustgalterning quyi qismidan pastda bo‘lishi kerak emas. Axir ichki kiyim gravitatsiyaga yo‘q deyish uchun zarur.

To‘g‘ri tanlangan byustgalter vaznni vizual ko‘rinishda 3–5 kilogramga pasaytirish imkonini beradi.

Yana nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Agar suyakchali yoki suyakchasiz byustgalter xarid qilishga qaror qilsangiz, shuni bilingki, agar ko‘krak o‘lachamingiz S va ko‘proq bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda ushlab turish xalaqit qilmaydi.

Agar tutqichlar tushib ketsa, tutqichlarni yelkada birlashtiruvchi maxsus ulaguvchini xarid qiling.

Agar o‘lcham borasida bir to‘xtamga kela olmayotgan bo‘lsangiz, masalan 75 yoki 80 kattaroq kosachali byustgalterni olib, belbog‘ini kichraytirish uchun uni atelyega bering.

Agar ko‘krak turli o‘lchamda bo‘lsa, u holda sizga shakli aniq klassik byustgalter mos keladi, u farqni berkitadi. Yoki push-ap xarid qiling, kichikroq ko‘krakka silikon yoki porolon yostiqcha qo‘ying (uni odatda ko‘plab do‘konlarda bepul berishadi). Agar byustgalterda yostiqcha uchun cho‘ntak mavjud bo‘lsa, yostiqchani bir cho‘ntakdan olib, qo‘shimchasini boshqasiga solishingiz mumkin.

Agar yelkangiz keng va ko‘kragingiz kichkina bo‘lsa, belbog‘ kichkina bo‘lsa ham, o‘lchamni kosachaga qarab oling. Ilgakni taqish joyini uzaytirish uzaytirish uchun (bra-ekstender)ni xarid qilish kifoya, muammo o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi.


Suratchi: Roman Zaxarchenko

Model: Olga Zaxarchenko

Rebecca Apsan, The Lingerie Handbook, Alina Gizatullina materiallari asosida