Krem va geldan foydalaning

Soqol olish vaqtida albatta maxsus gel va kremdan foydalaning. Bu vositalar ustara tig‘li tomoning terida bir tekis sirpanishi, shu yo‘l bilan kesilish va yalliqlanishlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Krem gelga qaraganda terini tezroq namlantirishini hisobga oling. Agar geldan foydalanishga qaror qilsangiz, soqol olib bo‘lgach, terini qo‘shimcha tarzda namlantirishni unutmang.

Lezviyani doimiy ravishda almashtiring

Bitta lezviyadan 8 10 martadan ortiq soqol olmaslik tavsiya etiladi. Shunday keyin uni almashtirgan ma’qul. O‘tmas bo‘lib qolgan ustara terida yaxshi sirpanmaydi va qichishishga olib kelishi mumkin. Bunday ustara teri osti qismini qirib yallig‘lanishni kuchaytirishi mumkin.

Juda qattiq bosmang

Silliq teriga erishish uchun ustarani qattiq bosi shart emas. Agar sifatli va yetarli darajada o‘tkir bo‘lgan ustaradan foydansangiz, u qattiq bosilmasa ham tuklarni oladi. Bir martalik ustaralardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Ular juda yengil, shuning uchun ularni qattiq bosishga to‘g‘ri keladi, bu esa qichishish paydo bo‘lishga sabab bo‘ladi.

O‘zgalarning ustarasidan foydalanmang

O‘z ustarangizni hech qanday holatda o‘zgalarga foydalanish uchun bermang. Ustarlarda bakteriyalar to‘planishi mumkin, shuning uchun begonalarning ustarasidan foydalanilanida yuqumli kasalliklarni yuqtirib olish mumkin. Shu sababli hatto eng yaqin insonlarga ham bitta ustaradan foydalnish mumkin.

Skrabdan foydalaning

Soqol olishda skrabdan foydalanish qichishish va toshmalarning oldini oladi. Skrab terining o‘lgan hujayralarini olib tashlaydi va shu yo‘l bilan ustaraning oson sirpanishini ta’minlaydi.

Agar qichishish yuz bersa, uni tarkibida kortizol bo‘lgan surtma bilan bartaraf etish mumkin. Uni zararlangan teriga kunda ikki marta surtish kerak.