Tovuq tuxumining foydali xususiyatlari bir necha marta shubha ostiga olingan. Foydali tarkibga ega bu mahsulot turli g‘iybatlarga uchragan, endi esa u tarkibiga ko‘ra betakror ekani isbotlandi.

Tovuq tuxumining inson organizmi uchun foydasi borasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasini e’tiboringizga taqdim etamiz. Aniqlanishicha, 2-3 ta tuxum bu eng maqbul sutkalik normadir.

 

Miyangiz xolin himoyasi ostida

 

© depositphotos

 


Bosh miya hujayralarining normal aloqasini ta’minlaydigan fosfolipidlar xolindan iborat. Klinik jihatidan shunisi isbotlanganki, aynan u miyaning muhim qurilish materiali hisoblanadi. Kuniga 2 ta tovuq tuxumi iste’mol qilinganda ushbu to‘yintiruvchi moddaning yetarli miqdori organizmga tushadi. Xolinning yetishmovchiligi xotiraning pasayishiga olib keladi.


Ko‘rish qobiliyati lyutein sababli saqlanadi

 


© depositphotos  


Yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tovuq tuxumi tarkibida lyutein katta midorda. Bu modda ko‘rish tiniq va o‘tkir bo‘lishi uchun javob beradi. Uning yetishmovchiligida ko‘z qobig‘ida salbiy o‘zgarishlar to‘planib, ko‘rish qobiliyati tiklab bo‘lmash darajasida yomonlashadi.

 

D vitamini kalsiyuyning so‘rilishida yordam beradi


Agar odamga bir qoshiq baliq yog‘ini ichish yoki pishirilgan tuxum yeyish taklif etilsa, ko‘pchilik ikkinchi fikrni tanlaydi. Ayniqsa, ikki holatda ham D vitamining miqdori bir xil ekanini bilishsa, shubhasiz tovuq tuxumini tanlashlari aniq. Bundan tashqari, olimlar tomonidan tovuqlarni maxsus qo‘shimchalar bilan boqish orqali tuxumlardagi vitaminlar miqdorini oshirish imkoniyati bo‘yicha fikr bildirilgan. D vitamini kalsiyga yaxshi so‘rilishda yordam berib, odam suyagi va tishini mustahkamlaydi.


B vitaminlar guruhi to‘plami teri, soch, shuningdek jigarni himoya qiladi


Biotin, vitamin V12, shuningdek to‘yintiruvchi oqsil soch va terini mustahkamlaydi. Tovuq tuxumi tarkibidagi fosfolipidlar zaharli moddalarning jigardan chiqarib yuborilishiga yordam beradi.

 

Yurak qon-tomir kasalliklari xavfi kamayadi

© depositphotos


Avvalgi fikrlardan farqli o‘laroq, yangi tadqiqotlar tuxumlardagi xolesterin fosfatidlar bilan muvofiqlashtirilgan, shuning uchun ular odam uchun xavfli emas. Aynan u organizm tomonidan xolesterin ishlab chiqarilishini to‘xtatadi. Shuningdek tuxumlarda omega-3 kislotasi bo‘lib, u triglitserid darajasini pasaytiradi, bu esa o‘z navbatida yurak qon-tomir kasalliklari xavfinining kamayishiga olib keladi.

 

Siz qadam-baqadam ozasiz


© depositphotos

 

Amerikalik olimlar past kaloriyali parhez davomida nonushtaga tovuq tuxumi iste’mol qilinsa, ozish ikki marta tez kechadi, degan fikrda. Bunday nonushta uzoq vaqt to‘qlik hissini berib, kun davomida iste’mol qilinadigan ovqat miqdorini kamaytirishga yordam beradi.


Onkologik kasalliklar xavfi kamayadi


Miya uchun zarur bo‘lgan xolin onkologik kasalliklar xavfini ham kamaytiradi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, o‘smirlik davrida kunlik ratsionida tuxum mavjud bo‘lgan ayollarda ko‘krak bezi saratoni rivojlanishi xavfi 18 foizga pasaygan.


Bolalarni rejalashtirishda foydali

 


B guruhi vitaminlari jins gormonlarining shakllanishida ham ishtirok etadi. B9 vitaminining boshqa - foliy kislotasi nomi ham bor. Uning yordamida qizil qon tanachalari, homilaning asab naychalari shakllanib, bolaning aqliy jihatdan ortda qolishi xavfi pasayadi. Shuning uchun B9 bolani rejalashtirish davrida ayollar uchun zarur. Tovuq tuxumida vitaminning 7,0 mkg miqdori mavjud.

 

Qarish jarayoni sekinlashadi

 

© depositphotos  


Niderlandiyalik olimlar tadqiqotlari bu haqida guvohlik beradi. 35 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan 87 foizgacha ayollarda dog‘lar yo‘qolib, teri taranglashgan, erkaklarda esa ko‘z atrofidagi mayda ajinlar tekislashgan.

 

 depositphotos prevyusidagi suratlar