Hozir Sizga huddi tibbiyot ma'lumotnomasi ochilgandek tuyular, ammo tashvishlanmang. Atigi bir nechta jumladan so'ng juda qiziqarli ma'lumotlarni o'qish va uzoq vaqt ularning ta'sirida qolish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Xullas, Vaardenburg sindromi irsiy kasallik hisoblanib, uni birinchi martta 1947 yilda gollandiyalik oftalmolog Petrus Yoxannes Vaardenburg aniqlagan. Ushbu kasallik natijasida insonning ko'zida pigment o'zgarishlari yuz beradi, burun keng shaklga va sal ko'tarilgan belga ega bo'ladi. Bemor ko'zning rangdor pardasi geteroxromiyasidan (turli rangdagi ko'zlar) aziyat chekishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, u huddi o'zga sayyorra rangidagi ko'zlarga ega bo'ladi va bunday bemorning suratiga qaralganda uning ustida Photoshop bilan yaxshigina ishlangandek tuyuladi. Bundan tashqari, mazkur sindromga ega odamlarda nafaqat ko'zlar, balki teri va sochlarda (aynan peshona ustida oqargan soch tutami paydo bo'ladi) ham pigmentatsiya yuz beradi. Shuningdek, eshitish qobiliyatining susayishi va karlik ham kuzatilishi mumkin.

Qiziqarlisi, Vaardenburg sindromidan aziyat chekuvchi insonlarning har birida turli alomatlar bo'ladi. Ya'ni, o'zgarishlar turli genlarga ta'sir ko'rsatishi mumkin.

1. Agar Sizga ushbu irsiy kasallik aniqlangan bo'lsa siqilmang. Yodda tuting, ko'plab bloggerlar shu sindrom yordamida ommaboplikka erishgan. Mana bu go'zal pardozchi Stef Sanyatiga bir qarang. Uning ko'zni qamashtiruvchi qiyofasi odamni hayratga soladi.

 

2. Efiopiyalik mana bu Abushe ismli bolakay esa bir kun kelib futbol yulduziga, ikkinchi Bekxemga aylanishni orzu qiladi.

Abushe dunyoga kelganida uning ota-onasi uni ko'r deb o'ylab qo'rqqanlar. Ularning qo'rquviga asosiy sabab – ko'plab efiopiyalik oilalar singari bolakayning ota-onasi ham zo'rg'a kun ko'radilar, shu bois jarrohlik uchun pullari yo'q edi. Hayriyatki, chaqaloqda shunchaki yuqorida aytilgan sindrom aniqlangan. Uning ota-onasining aytishicha, farzandlari Yaratganning belgisiga ega.

Haqiqatda, bolakayning turmushi oson emas. Uning ayrim sinfdoshlari Abushening ko'zlari plastikdan, shishadan ekanligini ta'kidlashadi. Ba'zida, uni hattoki mahluq deb ham haqoratlashadi.... Ammo qora tanli mo'jiza bir kuni futbol yulduziga aylanishini va mahluq emas, balki o'ziga xos inson ekanligini isbotlashiga ishonadi.

 

3. Peris Jekson va barchani rom qiluvchi samoviy ko'zlar.

Maykl Jeksonning qizida kamyob irsiy kasallik mavjud va uning ko'zlari hech qanday rangli linzalar emas, deya ta'kidlagan bir necha bor uning pardozchisi. Biroq, Peris o'z intervyularida bu aynan Vaardenburg sindromi ekanligini tan olmagan. Zero, ko'zlarining rangidan tashqari unda kasallikning boshqa bironta alomati yo'q.

 

4. Tinchlik korpusi ko'ngillilari Vaardenburg sindromiga ega kichik qizchaning ajoyib suratini o'rtoqlashdilar.

Ko'ngillilardan biri ijtimoiy tarmoqlarga senegallik qizchaning suratini joylashtirgan va Suru (qora tanli go'zalning ismi aynan shunday) o'ta chiroyli ko'zlarga egaligini ta'kidlagan. Shuningdek, uning o'ng qo'lida kichik dog' bo'lib, afsuski u kar hamdir....

 

5. Mana bu 11 yoshli braziliyalik qizcha esa bolalar modasi yulduziga aylandi.

Ketlenning onasi moviy ko'zli kar qizalog'ini birinchi martta ko'rganida farzandini alishtirib qo'yishgan deb o'ylagan. Bugunga kelib esa qizcha Braziliyadagi yosh modelga aylanib, go'zallik odatiy tasavvurlarni va turli hayotiy qiyinchiliklarni yenga olishini dunyoga bildirmoqda.