Minnatdorlik kayfiyatimizni ko'taribgina qolmay, uy ishlarini qiziqarli mashg'ulotga aylantirishi mumkin.

Aksariyat juftliklarda uy majburiyatlari ma'lum darajada bo'lingan. Juftliklar yo og'zaki ravishda kim nima uchun javobgarligini kelishib olishadi, yoki vaqt o'tishi bilan kimning javobgarlik hududi qayerda ekanligi borasida so'zsiz tushuncha hosil bo'ladi. 

Ishlarni ixtiyoriy tarzda bo'lish oilaning barcha a'zolari uchun hayotni yengillashtirishi mumkin. Biroq, bunday yondashuvning salbiy tomoni ham mavjud: uyda qaysidir ishni ketma-ket bajaraversak, u tez orada majburiyatimizga aylanadi. Shunday ekan, boshqalar bu ishning minnatdorchiliksiz o'z-o'zidan bajarilishini kutishadi. Lekin, hammamiz ham mehnatimizning qadriga yetishlarini istaymiz.

Minnatdorlik va munosabatlardan qoniqish

Olimlar bir nechta juftlikka uy ishlarini qanday bo'lishib olganliklari haqida so'zlab berishni taklif qildilar. Sinov ishtirokchilari o'z majburiyatlarini bajarganliklari uchun juftlarining minnatdorligini his qilish-qilmasliklari va munosabatlaridan qanchalar mamnun ekanliklarini aytishlari kerak edi.

Ma'lum bo'lishicha, tadqiqot ishtirokchilari maishiy masalalarni hal qilganliklari uchun juftlaridan qancha ko'p minnatdorlik olgan bo'lsalar, uy ishlaridan shuncha ko'proq qoniqqanlar. Aksariyat ishtirokchilar uchun uy bo'yicha asosiy ishlarni bajarish munosabatlardan kamroq qoniqishni anglatgan. Biroq, odamlar qilgan mehnatlari qadrlanayotganini ko'rib, eshitganidan so'ng mazkur salbiy ta'sir yo'qolgan.

Yana bir tadqiqot davomida aniqlanishicha, juftlarining minnatdorligini hich qilgan odamlar uyda yanada ko'proq ishlarni bajarishlari mumkin bo'lganda, munosabatlardan ko'proq qoniqish hosil qilar ekanlar. Ehtimol, ko'proq ish ular uchun kayfiyatlarini yaxshilaydigan va qadrlarini oshiradigan ko'proq minnatdorlikni anglatar.

Tabiiyki, turmush o'rtog'ingizga uyda qilayotgan barcha ishlari uchun rahmat aytsangiz, u o'zining (balki, siznikini ham) uy majburiyatlarini ikki karra shiddat bilan amalga oshira boshlashiga hech qanday kafolat yo'q. Biroq, bu urinib ko'rishga arziydi.

Boshqa tomondan, nimanidir kutish minnatdorlikni susaytirish bilan birga, salbiy munosabatga sabab bo'lishi mumkin. Ehtimol o'zingiz ham qaysidir ishlar allaqachon ikkinchi yarmingizning majburiyatlariga aylanib bo'lganini tushunib yetmagandirsiz. Ishoning, bu holat kuygan lampa ostida o'zingizning “Nega shu paytgacha uni alishtirmading? Axir bu sening ishing-ku!”, degan so'zlaringizni eshitmaguncha davom etaveradi.

Nima uchun va qanday minnatdorlik bildirish kerak

Har biringizning yelkangizda turgan katta va kichik barcha majburiyatlar haqida o'ylab ko'ring. Qachon so'nggi martta bir-biringizga dazmollangan ko'ylaklar yoki qoqilgan javon uchun rahmat aytgansiz? Hattoki eng sezilarsiz ishlar ham e'tibordan chetda qolmasin: chiqindini tashlash, kirlarni yuvish, hisoblarni to'lash. Ana shu mayda-chuydalarsiz maishiy hayotingiz allaqachon barbod bo'lardi.

Rasmiy aytilsa-da, hech qanday hissiyotga ega bo'lmagan navbatchi rahmatga e'tibor bering. Ularni ayniqsa, tushlik  yoki kechki taomdan so'ng eshitish mumkin. Ular shu qadar avtomatlashgan-ki, hech qanday chin minnatdorlik qolmagan.

O'ylashimizcha, hozir Siz “Lekin, har bir mayda narsa uchun minnatdorlik bildirishning jismonan imkoni yo'q! Ayniqsa, bu uning majburiyati bo'lsa”. Endi esa, har kuni qiladigan bir xil ishingiz uchun birdan Sizga rahmat aytishsa nimani his qilishingiz haqida o'ylab ko'ring.

Har safar va hamma narsa uchun minnatdorlik bildirish shart emas. Shunchaki buni ko'proq va chin yurakdan qilishni unutmang. Aslida, har bir aksirish uchun aytilgan rahmat Sizdan istalgan holat bo'yicha minnatdorlik kuta boshlashlariga olib kelishi mumkin. Bu Sizning e'tibor ko'rsatishga intilishingizni pastga uradi.

Agar Siz haqiqatdan ham juftingizni hayratda qoldirishni istasangiz, unga qilayotgan ishi uchun emas, balki aynan shunday odam bo'lgani uchun minnatdorlik bildiring.

Bu ish foyda bersa, ehtimol u uydagi o'z majburiyatlarini ko'tarinki kayfiyat bilan bajarish bilan birga, Sizning ishingizni ham sezib, qadrlay boshlaydi. Sizning rahmatingiz o'zingizga yuz karra bo'lib qaytadi.