Ingliz tilida fikrlaringizni bayon etish uchun “so'z topilmayaptimi”? Unda mutolaaga e'tibor qarating, zero buning uchun internetda kamida 11 ta qiziqarli va foydali manba mavjud.

Agar ingliz tiliga oid bilimlaringizni yaxshilash va lug'at boyligingizni oshirish zarur bo'lsa – o'qing. Bu orada, Sizga bunda yordam berishi mumkin bo'lgan qiziqarli va foydali manbalarning kichik ro'yhatini tuzib chiqdik. Axir, mashg'ulotlar faqat ma'rifiy emas, balki qiziqarli ham bo'lishi kerak.

Sizda puxta mashg'ulotlar uchun quvvat bor, yoki aksincha, ingliz tili darsi haqidagi fikrning o'zidan titroq bosadimi? Istaklaringiz va afzalliklaringizga qaramay, bu yerda aynan Sizga mos keladigan manbani topa olasiz.

Breaking News English

Ingliz tili bo'yicha 7 ta bosqich, jumladan tez o'qish, audio-ta'sirchanlik va tezlik bo'yicha aytib yozdirishdan iborat interaktiv darslar. Har bir matn – audioqayd va mashqlar bilan birga keladigan moslashtirilgan yangilik. Shuningdek, asliga havola ham mavjud.

LearnEnglish — British Council 

Musthave – o'qish ko'nikmalari va leksika ustida jiddiy ishlashga qaror qilganlar uchun mos. Har doimgidek, BritishCouncil matnlar bilan ishlashning aniq o'ylangan tuzilishi va sxemasini taqdim etadi: o'qishni boshlashdan avval yangi leksika bilan tanishib chiqishingiz, so'ngra matnni o'qishingiz va istagingizga qarab uning audioqaydini tinglashingiz mumkin. Shunday keyingina mashqni bajarish mumki.

Short Stories

Ushbu manba moslashtirilgan matnlarni unutib, asl matnni o'qishni istaganlar uchun mos keladi. Bu janrlari bo'yicha 8 ta toifaga bo'lingan qisqa hikoyalar to'plami. Saytda o'quvchilar reytingi, shuningdek leksikani mustahkamlashga yordam beradigan so'zlar bilan o'yinlar to'plami mavjud.

Uselessfacts

Bu manba ko'ngilochar mavzularni yoqtiradiganlar uchun. Unda turli mavzularga oid yuzlab qisqa iboralarni topish mumkin. Masalan, qutb ayiqlari – chapaqay bo'ladi yoki Uinston Cherchill raqs paytida hojatxonada tug'ilgan (bu faktlar qanchalik to'g'riligi noma'lum, ammo doim qiziqarli). Ba'zida ishdan chalg'ish va biryo'la ingliz tilida mashq qilish uchun qisqa tanaffuslarda bu saytga kirib turaman.

Easy Reading

Ingliz tili bilimini amalda sinab ko'rishni istaganlar uchun qizqarli va foydali blog.

«EasyReading» nashri ingliz tilini unutmaslik va rivojlantirishni istaganlar uchun erkin foydalanish mumkin bo'lgan manba sifatida ishlangan. Nashrda moslashtirilmagan maqolalarning parchalari chop etiladi va ularni to'liq ko'rinishda havola bo'yicha topish mumkin. Quyuq shrift bilan ajratilgan so'zlarning rus tilidagi tarjimasini ko'rish uchun unga kursorni olib borish kifoya.

Juda qulay va oson, ammo materiallar kamroq. Umid qilamizki, muallif uni rivojlantirishda davom etadi.

English Reading Room

Ilg'or o'quvchilar uchun haqiqiy xazina – bu yerda ommabop gazetalar, jurnallar, kitoblarni bepul o'qish mumkin. Shunchaki qiziqtirgan toifa, jurnal yoki gazetani tanlaysiz va o'qishni boshlaysiz.

Using English

Uchta bosqich bo'yicha mashqli matnlar: Beginner, Intermediate, Advanced. Ularning aksariyati Cambridge ESOL, TOEFL, IELTS kabi mashhur imtihonlardagi mashqlarga asoslangan.

Learning English Blog

Shuningdek, VVS xodimlari tomonidan o'quv materiallarini ishlab chiqishlar o'rtsidagi tanaffuslarda yuritiladigan tashkilot o'quv markazining blogi bilan tanishish mumkin. Har bir postda jonli til, jonli mavzular va mini-lug'atlar. Bu mashqlar va vazifalardan charganlar uchun chora.

News in Levels

NiLMethod ta'lim usuli bilan ingliz tilini o'qish va tinglash amaliyoti uchun qiziqarli sayt. Saytda uch bosqich bo'lib, birinchi va ikkinchisida muvofiq bosqichda kerak bo'lgan so'zlar qo'llaniladi. Bu so'zlarni tez va oson eslab qolishga yordam beradi. 3-bosqich – asl holdagi yangiliklardir. Muntazam shug'ullanish uchun kundalik yangiliklar xabarnomalariga obuna bo'lish mumkin.

IMSDb

Bu – filmlarni o'qish mumkin bo'lgan kino sevuvchilar uchun manba. Aniqrog'i, turli Gollivud filmlariga ssenariylarni o'qish. O'qish bilan birga kartinaning o'zini tomosha qilish, matn nusxasini chiqarish va notanish so'zlar hamda iboralar ustida puxta ishlash mumkin.

ESL DESK

Mazkur vosita esa bevosita istalgan matnni o'qishda qo'l kelishi mumkin. Shunchaki dastur oynasiga 2000 ta belgidan ortiq bo'lmagan parchani ko'chiring, ona tilingizni tanlang va Clickhere tugmasini bosing. Natijada barcha so'zlar bosiladigan havolalarga aylanadi va ulardan istalganining ma'nosini tekshirish mumkin bo'ladi.

Aynan Siz uchun qiziq va foydali bo'ladigan narsani doim topish mumkin. Hattoki qisqa voqealar va hikoyalar ham ingliz tili bilimingizga hissa qo'shadi va ularni kerakli darajada saqlab turishga yordam beradi.

Siz-chi, ingliz tilini tekshirish uchun qanday manbalardan foydalanasiz va ko'proq nimani o'qiysiz? Tajribalaringiz bilan o'rtoqlashing.