Ko‘p narsaga erishishni istaganlar, biroq bu qo‘lidan kelishiga ishonchi komil bo‘lmaganlar uchun bir qancha maslahat.

O‘ziga ishongan odamlar biz istamagan tarzda zavqlanish tuyg‘usini uyg‘otadi. Ularga qarab ishonchlari sabab eplay oladilar degan his yuzaga keladi. Aslida ular o‘zlarini baholashda ta’sir ko‘rsatadigan fikr, tuyg‘ularni chetlab o‘tishni bilishadi.

 

1. Taqqoslash

 

Bolalikdanoq boshqalar bilan raqobatlashamiz. Biroq hammaga nisbatan g‘olib bo‘lish imkonsiz. Buning o‘rniga siz o‘zingizning yaxshi talqinimisiz degan savolni berish kerak. Kuchli va kuchsiz jihatlarni rostgo‘ylik bilan tan olish talab etiladi. Agar siz o‘zingizning kechagi talqiningiz bilan doimiy raqobatda bo‘lsangiz, sizdan rivojlanishingiz uchun juda ko‘p kuch talab etiladi. Boshqalarga qarashga esa vaqtingiz qolmaydi.

 

2. O‘tmishagi omadsizliklar

 

O‘tmishdagi mag‘lubiyatni tan olish va nima bo‘lishiga qaramay, yangi marralarni zabt etish uchun kuchli iroda talab etiladi. G‘olib bo‘lishga e’tiborni qarating, omadsizliklar maqsadingizdan chalg‘itishiga yo‘l qo‘ymang.

 

3. Tayyorgarlikka ega emaslik

 

Har bir kun sizga kelajakdagi muvaffaqiyatlarga tayyorlanish imkoniyatini beradi.

 

G‘olib bo‘lish uchun g‘olib inson kabi fikr yuritish kerak. Biror marta chempion bo‘lgan har bir odam buning ortida qanday mehnat yotganini biladi.

 

Ko‘proq mehnat qilishga tayyormisiz? Natija uchun noqulayliklarga chidashga rozimisiz? Agar javobingiz ijobiy bo‘lsa, u holda kelajakdagi g‘alaba uchun hozirdan ishlang. Ishonch hissi kerakli ko‘nikma va tajriba bilan birgalikda keladi.

 

4. Qo‘rquv

 

Muhokama qilishlaridan qo‘rqish ko‘pchiligimizning niyatimizga erishishda to‘siq bo‘ldigan qo‘rquv. Aslida atrofdagilarning fikriga e’tibor qaratmasak, ular hech qanday kuchga ega bo‘lmaydi. Siz ishongan narsa har qanday havotir va qo‘rquvdan muhimroqdir.

 

5. Salbiy fikrlash

 

Minglab imkoniyatga egaligingizni hech qachon unutmang. Sizni chuqurlikka tortadigan va ishonchsizlik hisini beradigan fikrlarni miyangizga quyib olmang. Ijobiy yo‘nalishda fikrlashga o‘rganing, axir nafaqat hozirgi kayfiyatingiz, balki kelajagingiz ham shunga bog‘liq.

 

Yodda tuting, o‘zingizga ishonch g‘alabalar ketma-ketligi emas, qaysidir ma’noda ularning sababchisidir.

 

Siz istagan narsaga erishish uchun kuchli, aqlli va mehnatsevarsiz. Shunday ekan, o‘zingizga ishonmaslik uchun umuman sabab yo‘q.