O‘tkir va yengil xushbo‘y atirlardan keyin hammamiz bir xil xatoliklarga yo‘l qo‘yamiz.

  • uni noto‘g‘ri joyga sepamiz;

  • ustimizga juda ko‘p atirni «quyamiz»;

  • atirni sepgach, uni terimizga surtamiz.

Hushbo‘y atirlardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin

Atir – murakkab narsa. Uning tarkibidagi hid beruvchi yog‘lar teriga singib, yog‘ bezlari ishlab chiqadigan moddalar bilan aralashib ketishi kerak.

Teriga tushgach, atir har bir odam uchun o‘zigagina xos bo‘lgan hidga aylanadi.

Agar atirni kiyimga sepsak, teri bilan aloqaga kirishmaydi va atirning hidi «ochilmaydi». Shu sababli atirni havoga sepish va xushbo‘y bulutga kirish to‘g‘risidagi mashhur maslahatni unutish lozim. Agar bunda siz kiyimda bo‘lsangiz, natija ko‘ngildagidek bo‘lmaydi.

Atir sepilayotgan joy muhim. Buning uchun eng mos keladigan joylar – bo‘yin va ko‘krak qafasining orasi, bunda aynan shu ikki joyga tushmasligi lozim. Aytgancha, ko‘krak qismi tuk bilan qoplangan erkaklar juda qulay vaziyatda bo‘lishadi. Sochga tushgan xushbo‘y yog‘lar teriga darhol singmaydi, o‘z-o‘zidan atir uzoqroq saqlanadi.

Miqdor masalasiga kelsak, bu yerda yagona qoida amal qiladi: qancha kam bo‘lsa, shuncha yaxshi.

Atiringizning hidi atrofdagilarni bir necha metrda hushidan ketkazishi emas, ularga hiyol sezilib turishi kerak.

Atirni sepgach, uni artmang. U krem kabi singib ketishi kerak emas: aksincha, u teri yuzasida qolishi va yuqori qatlam bilan reaksiyaga kirishishi kerak. Agar artishni boshlasangiz, hidga putur yetkazasiz.