1. Suyuqligiga e’tibor qarating

Asal yig‘ilganidan keyin bir necha oy davomidagina suyuq bo‘ladi. Asal yig‘ib olish iyul oyining oxiridan sentyabr oxirigacha davom etadi. Agar qish faslida sizga suyuq asal taklif qilishsa, u tabiiy emas. Sifatli, haqiqiy asal bu paytga kelib quyuqlashishi va kristalga aylanishni boshlashi kerak.

2. Asal ko‘pirmayaptimi, tekshirib ko‘ring

Asalning yuzasi ko‘pirsa, unda achish jarayonlari sodir bo‘lyapti. Bunday holat asaldagi suv hajmi 20 foizga oshganida boshlanadi. Bu asal tabiiy emasligi aniq.

3. Asalni hidlab ko‘ring

Tabiiy asal o‘ziga hos hidga ega bo‘ladi. Agar asaldan hid kelmasa, u sun’iy yo‘l bilan tayyorlangan.

4. Qatlamlarga ajralmayotganligini tekshiring

Asal idishiga yaxshilab qarang va massaning tarkibiga e’tibor bering. Agar asal pastda quyuqroq, tepada suyuqroq bo‘lsa, oldingizdagi asal qalbaki. Ishlab chiqaruvchi aralashma qo‘shgan bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda vijdonsiz ishlab chiqaruvchilar manka yormasi va qiyom aralashtiradilar.

5. Rangga ahamiyat bermang

Rang asal sifatining ko‘rsatkichi sanalmaydi, u nav haqida ma’lumot berishi mumkin. Masalan, grechka va olchali asal odatda to‘q jigarrang tusda bo‘ladi, akasniki esa - och rangda. Asalning boshqa navlari to‘q qahrabo, qahrabo, och sariq va deyarli oq rangda bo‘lishi ham mumkin.