Zarchava – eng mashhur ziravorlardan biridir. Biroq, ajoyib ta’m xususiyatlaridan tashqari, u ko‘plab boshqa foydali sifatlarga ham ega.

LifeHaq.uz Siz uchun zarchavani qo‘llashning kutilmagan usullarini taqdim etadi.

ZARCHAVANING FOYDALI XUSUSIYATLARI

1. Husnbuzarlardan xalos etadi.

1 osh qoshiq aloe sharbati;
¼ choy qoshiq zarchava.
10-15 daqiqaga muammoli joylarga suring, so‘ngra yuvib tashlang.
Qo‘llanilishi: haftasiga 3 marotaba.

© freepik.com

2. Tishlarni oqartiradi.

Tish chyotkasini kungaboqar yoki zaytun moyiga, so‘ngra maydalangan zarchava ildiziga botiring.
Tishlarni 3 daqiqa davomi tozalang.
Qo‘llanilishi: haftasiga 2-3 marotaba.

© freepik.com

3. Tumovni yo‘qotadi.

½ choy qoshiq quruq zarchavani zig‘ir moyi solingan stakanda aralashtiring va kuchli ifor sezilgunicha isiting.
1-2 daqiqa davomida undan nafas oling.
Qo‘llanilishi: kuniga 2 marotaba.

 

© freepik.com

4. Soch o‘sishini yaxshilaydi.

1 osh qoshiq zarchava;
50 ml. o‘simlik moyi.
Tayyor qorishmani 30 daqiqaga soch ildizlariga suring, so‘ngra yuvib tashlang.
Qo‘llanilishi: oyiga 1-3 marotaba.

© freepik.com

5. Kayfiyatni ko‘taradi va miya faoliyatini oshiradi.

1 stakan sovuq suv;
½ choy qoshiq zarchava;
½ choy qoshiq qora murch;
bir tilim limon.
Vosita bir zumda ta’sir qiladi. Oshqozon bilan muammolar mavjud bo‘lganda tavsiya etilmaydi.
Qo‘llanilishi: kuniga 1 marotaba.

 

© freepik.com

6. Bo‘g‘imlardagi og‘riqni ketkazadi.

1 osh qoshiq zarchava kukuni;
1 osh qoshiq asal;
2-3 ta ezilgan sarimsoq donasi.
Surtmani og‘rigan joyga 15-20 daqiqaga suring.
Qo‘llanilishi: har kuni ikki hafta mobaynida.

© freepik.com

7. Ozishga yordam beradi.

1 stakan sut yoki qatiq;
½ choy qoshiq zarchava.
Ichimlik moddalar almashuvini tezlashtirib, ishtahani yo‘qotadi.
Qo‘llanilishi: har kuni tongda va kechqurun.

© freepik.com

8. Jarohatlar, kuyishlar, yallig‘lanishlarni davolaydi.

½ choy qoshiq zarchava;
½ choy qoshiq maydalangan zanjabil;
ozgina suv.
Tayyor surtmani og‘rigan joyga suring.
Qo‘llanilishi: har kuni 1 marotabadan.

© freepik.com

9. Tomoqdagi og‘riqni qoldiradi.

½ choy qoshiq zarchava;
½ choy qoshiq tuz.
Ularni bir stakan issiq suvda aralashtiring va tomoqni chaying.
Qo‘llanilishi: kuniga 3 marotabadan.

© freepik.com

10. Terini yoshartiradi.

1 choy qoshiq zarchava;
1 choy qoshiq sut;
1 choy qoshiq asal.
Yuz va bo‘yinning yorilgan terisiga 10-15 daqiqaga suring, so‘ngra yuvib tashlang.
Qo‘llanilishi: bir oy davomida kun oralab. Davolash orasidagi tanaffus – 2 oy.

© freepik.com

11. Saratonning oldini oladi.

¼ choy qoshiq zarchava;
½ choy qoshiq zaytun moyi;
bir chimdim qora murch.
Aralashmani sho‘rvalar va salatlarga qo‘shing yoki ko‘k choy bilan birga iching.
Qo‘llanilishi: iloji boricha ko‘proq.

© freepik.com

12. Immunitetni mustahkamlaydi.

1/3 stakan zarchava;
2/3 stakan suv.
Aralashtirgan holda idishda 10 daqiqa davomita isiting.
Aralashmani muzlatgichda sterillangan bankada saqlang.
1-2 choy qoshiq aralashmani iliq sut solingan stakanda bir oz asal bilan aralashtiring.
Qo‘llanilishi: kuniga 1 marotaba. Kasallik vaqtida – har 3-4 soatda.

© freepik.com