Nochorlikka qarshi kurashish sohasida faoliyat olib boruvchi Oxfam tashkilotining aniqlashicha, dunyodagi eng badavlat 62 nafar odam Yer yuzidagi jami aholining yarmida bor boylikka egalik qilar ekan. Ushbu ro'yxatning katta qismini erkaklar tashkil etadi, ammo biz milliarder ayollarni bilishga qiziqdik.

  •  
  •  
  •  
  •  

Elis Uolton, 67 yosh

Wal-Mart asoschisi Sem Uoltonning qizi. U mustaqil ravishda iqtisodiyot va moliya sohasida ishlaganidan keyingina otasining biznesdagi ulushini qabul qilishga rozi bo’lgan.

Syuzan Klatten, 54 yosh

Germaniyaning eng badavlat xonimi Syuzan Klattenga otasidan Altana va BMW ulushlari meros bo’lib o’tgan. U ikkala kompaniyani zamonaviy talablarga muvofiq rivojlantira boshlagan. Frau Klatten oilaviy biznesga qo’shilishdan avval reklama va PR sohasida, shuningdek BMW kompaniyasida muxandis lavozimida ishlagan.

Loren Pauell Jobs, 53 yosh

Loren – afsonaviy Stiv Jobsning bevasi. U nufuzli Stenford universitetida ta’lim olgan, ilmiy faoliyat bilan shug’ullangan, Apple Inc. va The Walt Disney Company hayotida ishtirok etgan. Loren hayriya va ijtimoiy faoliyatni muntazam ravishda olib boradi.

Jina Raynxart, 63 yosh

Jina Raynxart Avstraliyadagi eng boy odam. U temir rudasini qazib olish bo’yicha eng yirik kompaniyaning sohibasi. Raynxartlar oilasida pul masalasida ko’p nizolar yuz bergan; Jina uch marta turmush qurib, uch nafar farzandni dunyoga keltirgan. Otasidan meros bo’lib qolgan kompaniya uchun kurashishiga to’g’ri kelgan: u qarzga botib qolgan bo’lishiga qaramay, kompaniyani munosib darajaga yetkazishga erishgan.

Abigeyl Jonson, 55 yosh

Abigeyl Fidelity Investments (kompaniya butun dunyodagi investorlarga xizmat ko’rsatadi) kompaniyasida rahbarlik lavozimini egallab turgan Jonson oilasining uchinchi avlodi vakilidir. Hozirda Abigeyl aktivlar boshqaruvidan tashqari, o’zining 24,4 foiz aksiyalaridan qo’shimcha daromad oladi.

Yelena Baturina, 54 yosh

Moskvaning sobiq meri Yuriy Lujkovning xotini Rossiya, Avstriya, Chexiya va Irlandiyada shaxsiy mehmonxona biznesini rivojlantiradi. Shuningdek, u Yevropada ko’chmas mulk va muqobil energetikaga investitsiya kiritadi.

Sharlen de Karvalo-Xeyneken, 62 yosh


© vimeo  

Bu yoqimtoy ayol esa Heineken (dunyoda kattaligi bo’yicha uchinchi pivo zavodi) ulkan pivo tayyorlash korporatsiyasining merosxo’ridir. U otasining o’limidan so’ng 25 foiz Heineken aksiyalariga ega bo’lgan va shu zahoti Niderlanddagi eng badavlat tadbirkor ayolga aylangan. Shu paytdan boshlab Sharlen oilaviy biznesni rivojlantirish, turmush o’rtog’i va o’g’lini bunga qo’shish, shuningek yangi davlatlarda kompaniya faoliyatini kengaytirish bilan shug’ullanadi.

Kirsti Bertarelli, 46 yosh

Hozirda Serono kompaniyasi egasining rafiqasi Bertarelli Buyuk Britaniyadagi eng boy ayol hisoblanadi. Bundan tashqari, u All Saints guruhi “Qora qahva” nomli mashhur qo’shig’ining muallifi sifatida ham nom qozongan. Shuningdek, u sobiq miss Buyuk Britaniyadir.

Merilin Karlson Nelson, 78 yosh

Merilin Karlson Nelson yoshi kattaligiga qaramay, biznesda faollikni saqlab, o’zining turizm xizmatlariga qaratilgan “Karlson” kompaniyasiga rahbarlik qilib keladi. Bundan tashqari, u jamoat dasturlariga ko’p vaqt ajratadi. Merilin yana “Minneapolis Birlashgan Yo’li” jamoat tashkilotining (tashkilot AQSH va xorij o’rtasidagi turizm bilan shug’ullanadi) prezidentidir.

Joslin Vildenshteyn, 77 yosh

Joslin Vildenshteyn – plastika yordamida tashqi qiyofani o’zgartirish borasida qanchalik chuqurlashish mumkinligiga yorqin misoldir. Joslinning milliarder eri mashhur kolleksiyachi bo’lgan. Ayol eriga bo’lgan muhabbati tufayli bir nechta plastik jarrohlikni boshidan o’tkazgan. Biroq, bu uning turmushini saqlab qolmadi.

Ajrashish jarayonida Joslin $ 2,5 mlrd hamda keyingi 13 yil davomida $ 100 mln olgan. Hozirda Joslin jarrohlik qildirishdan to’xtamagan. Uning boyligi taxminan $ 4 mlrd.ga teng.