•  
  •  
  •  
  •  

Va nihoyat ta’til vaqti yetib keldi, ko‘pchiligimiz issiq o‘lkalarga yo‘l olish uchun qanotli mashinalarga murojaat etamiz. Shubhasiz, ko‘pchilik aviada uchishni noqulayliklar bilan bog‘liq jarayon sifatida tasavvur etadi.

Samolyotda uchish organizmga qay tarzda ta’sir etishi va uchish vaqtida nimalar sodir bo‘lishini o‘rganib chiqishni taklif etamiz.

Oyoqlar shishadi

Sabab: Samolyot saloni erkin harakat qilishimiz mumkin bo‘lgan joy emas. Biroq, harakatning mavjud emasligi oyoqlarda qon bir joyda yig‘ilib qoladi. Bu esa eng yaxshi holatda oyoqlar – shishib ketishiga, yomon holatda esa trombozga olib keladi.

Yechim: Buning oldini olish qon bir joyda yig‘ilib qolmasligi uchun vaqti-vaqti bilan oyoqlarni mashq qildirish lozim.

Ovqatlar bilan bog‘liq istaklar o‘zgaradi

Sabab: Olimlarning aniqlashicha, uchish vaqtida miyaning ta’m bilish uchun mas’ul bo‘lgan qismlari o‘zgacha ishlashni boshlaydi. Hattoki o‘ta ketgan shirinlikxo‘rlar ham bortda pissa va tomat sokini istaydilar.

Og‘izda yoqimsiz hid paydo bo‘ladi

Sabab: Uchish vaqtida suvsizlik sabab organizm so‘lakni kamroq ishlab chiqaradi. Bu esa yoqimsiz hidni keltirib qiqaruvchi bakteriyalar faol tarzda ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Yechim: Uchishdan oldin faqat sog‘lom ovqatlarni tanovvul qilish va bortga o‘zimiz bilan saqich olish orqali bunday oqibatlarni bartaraf etish mumkin.

Teri bilan muammolar yuzaga keladi

Sabab: Suvsizlikning yana bir oqibati terining qurishi va xusnbuzarlardir. Terimizning o‘z-o‘zini himoya qilish funksiyasi samolyotning havosida pasayadi, shuning uchun tashqi ko‘rinishimiz bilan bog‘liq turli muammolar yuzaga keladi.

Yechim: Bu yoqimsiz holatni bortga namlantiruvchi kremni o‘zimiz bilan olish orqali bartaraf etish mumkin.

Bosh aylanishi paydo bo‘ladi

Sabab: Uchish vaqtida bosh aylanishi, shuningdek ko‘ngil aynashi va qayd etish kuzatiladi. Bu biz ko‘rayotgan qimirlamaydigan surat ichki quloq his etayotgan narsaga mos kelmaydi, natijada organizm zo‘riqishni his etadi.

Yechim: Bunday yoqimsizlik darajasini pasaytirish uchun illyuminator yonidagi samolyot qanotidagi o‘rinlarni tanlash kerak.

Ichimiz kelishi bilan bog‘liq muammo yuzaga keladi

Sabab: Harakatning mavjud emasligi ich qotish va yel to‘planishiga ham olib kelishi mumkin. Uzoq vaqt davomida o‘tirish metabolizmni sekinlashtiradi, bosim o‘zgarishi esa gazlarning noodatiy sur’atda aylanishga majbur qiladi.

Yechim: Ratsiondagi ovqatlar quvvatini kamaytirish va uchish vaqtida mashqlar qilib turish orqali muammoni hal etish mumkin.

Eshitish qobiliyati pasayadi

Sabab: Samolyotda bosimning o‘zgarishi sababli quloqlarimiz bitib qoladi. Bu vaqtda hech nima amalga oshirilmasa, havo ichdan qattiqroq ta’sir o‘tkazadi, eshitish qobiliyati pasayib, og‘riq paydo bo‘ladi.

Yechim: Noqulaylikdan qutilish uchun saqich yoki konfetlar yordam beradi. Ular so‘lak ajralib chiqishiga yordam beradi, uni yutish orqali havo tashqariga chiqadi.

Kutilmaganda tish og‘rig‘i paydo bo‘ladi

Sabab: Ko‘plab avia sayohat ishqibozlari uchish vaqtida tish og‘rishi kuzatilishini sezishgan. Uning farqi yana o‘sha bosimdagi o‘zgarish, havo kichik teshiklarga kirib, ichki tomondan tishga bosim ko‘rsata boshlaydi.

Yechim: Yo‘lga otlanishdan avval stomatologga borish orqali muammoni hal etish mumkin.

Xavfli bakteriyalarni iste’mol qilamiz

Sabab: Aviakompaniyalarning bortda taqdim etiladigan suvni xavfsizlantirishga bo‘yicha olib borgan harakatlariga qaramay, ko‘pgina ichimliklarda ichaklar uchun xavfli bo‘lgan bakteriyalarni uchratish mumkin.

Yechim: Yuqishning oldini olish uchun uchish vaqtida faqat butilkadagi suvni ichish va yeguliklarning stol yuzasiga tegishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.

Ko’proq asabiylashamiz

Sabab: Avia uchishlardan qo‘rqmaydiganlar ham samolyot bortida jiddiy, ba’zi hollarda hatto yovuz bo‘lib qolishadi. Sababi uchish vaqtida havfsizligimiz bizga bog‘liq bo‘lmaydi, bu esa havotirga sabab bo‘ladi.

Yechim: Qiziq kitob, film yoki tiniqib uxlash chalg‘ishga yordam beradi.