Tajribali sayyohni biror narsa bilan hayratga solish juda mushkul ish, shunga qaramay, sizning hayolingizga ham kelmagan ba’zi tafsilotlar mavjud.

  •  
  •  
  •  
  •  

Qanotdagi mustahkamlash jihozi

Favqulodda zinapoyadan foydalanish uchun yo’lovchilar qanotning tekis yuzasi bo’ylab o’tishi kerak va bunda yiqilishlarsiz ish bitmaydi.  Shuning uchun, maxsus mustahkamlash jihozi ixtiro qilingan: unga ip bog’lanadi, bir uchi chiqish qismiga o’rnatiladi, ikkinchisi esa zinapoyaning o’ziga. Ipdan tutgan  yo’lovchilar  samolyotdan havfsiz chiqib olishlari mumkin.

Uchuvchilar kabinasidagi bolta

Ko’pgina mamlakatlarning aviatsiya qonunchiligiga ko’ra, bolta favqulodda asboblar ro’yxatiga kiritilgan va uchuvchilar xonasida komandirning kursisi tagida saqlanadi. Bolta yordamida olov chiqqan joyni aniqlash,  yopiq eshikni ochish yoki yangi chiqish eshigini, buning uchun samolyot fuzelyajida qaysi joylarda qilingani ma’qulligini ko’rsatuvchi maxsus belgilar bor, ochish mumkin

Ilyuminatordagi tuynuk

Samolyotning ilyuminatorlari 3 ta oynadan iborat: tashqi qismi bosimning pasayishiga bardoshli, ichkisi ichkaridan shikastlanishdan himoya qiladi, o’rtadagi tuynuq qilingani esa havo oqimini tartibga soladi. Tuynuk bosim darajalaridagi farqni muvozanatlashtiradi, shuningdek, ilyuminator oynalari orasidagi kondensat hosil bo’lishining oldini oladi.

Yordamchi quvvat bo’limi

Biz samolyot qo’nganida, motorlar yoqilmagan bo’lsa ham doimo shovqinni eshitamiz. Bu shovqinni samolyot tizimlarining  motorlar o’chirilgan holatida ham, ishlashini ta’minlovchi va ularni ishga tushirishga xizmat qiluvchi quvvat bo’limi chiqaradi. Bunday mini-elektrstansiyalar tegishli texnik xizmat ko’rsatish imkoniyati yo’q bo’lgan, yaxshi jihozlanmagan terminallarda juda qo’l keladi.

Havo marshali xizmati

Marshallar bortda yashirin ravishda bo’ladi va qoida buzuvchilarni yoki terroristni bartaraf etishga qodir. Havo marshallari xizmati  AQSh, Fransiya, Kanada va boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritadi.

Shuningdek, u SSSRda ham mavjud bo’lgan, lekin keyinchalik bekor qilingan. Rossiyada uni transport politsiyasi sifatida qayta tiklash taklif etilmoqda, ammo hozircha marshallarning vazifalari ayrim aviakompaniyalar xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ekipaj uchun dam olish xonalari

Ba’zi laynerlarda ekipaj a’zolari uchun kichik maxfiy xonalar bo’lib, ular uzoq reyslar davomida u yerda dam olishlari mumkin. Dam olish xonalari juda qulayligi bilan ajralib turmaydi – ularning o’lchami  faqat emaklab harakatlanishga imkon beradi, lekin muhimi u erda cho’zilib yotishingiz mumkin.

Favqulodda chiqish yonidagi tutqichlar

Ushbu tutqichlar, asosan, bort kuzatuvchilar, ya’ni to’polon paytida ularni tasodifan yiqitishmasliklari yoki samolyotdan itarib tashlamasliklari uchun mo’ljallangan. Tutqichlardan ushlab bort kuzatuvchilari muvozanatni yo’qotishdan qo’rqmasdan, yo’lovchilarni evakuatsiya qilishlari mumkin.

Konditsioner tizimi

Samolyotlarda qanaqa havodan nafas olayotganingiz haqida hech o’ylab ko’rganmisiz?  Ma’lum bo’lishicha, dvigatellar kompressorlaridan o’tuvchi havo bilan. Ehtimol, shuning uchun ham samolyotlardagi havo juda ifloslangan degan noto’g’ri tushuncha paydo bo’lgandir. Lekin qo’rqmaslik kerak: salonga kirishdan oldin u sovutish va tozalash tizimidan o’tadi, va filtrlar 95 foiz bakteriyalarni ushlab qoladi.

Kuper belkuragi

Bu qandaydir Den Kuper ismli shaxs yo’lovchi samolyotini olib qochib, tovon pulini olgandan so’ng parashyutdan sakrab yashiringan jinoyatdan (ochilmay qolgan) keyin paydo bo’ldi. O’shandan buyon Boeing va Airbus samolyotlari «kuper belkuragi” bilan jihozlangan, bu esa parvoz paytida eshiklar ochilishiga to’sqinlik qiladi. Biroq, usiz ham bosimlardagi farq tufayli, eshikni ochish bir guruh bodibilderlar qo’lidan kelishi amrimahol.

Qora uchburchak

Ehtimol, ba’zi samolyotlar kabinasida kichik qora uchburchaklarni payqagandirsiz. Airbus  A320 kapitanining so’zlariga ko’ra, ular samolyot qanotlari ko’rishda eng qulay joylarni belgilaydi. Visual tekshirish uchuvchilarga qanotlar holatiga shubha paydo bo’lganda va datchiklar ishlamay qolgan holatlarda zarur bo’lishi mumkin. Yaxshiyamki, bu kamdan-kam hollarda sodir bo’ladi.