Umurtqa – tanamizning asosiy bo'lib, hamma narsaga aynan u tayanch bo'lib turadi. Har qanday yoshda uning holatini kuzatib borish muhimdir. Umurtqaga nisbatan e'tiborli va ehtiyotkorona munosabat butun umrga salomatlikni saqlab qoladi.

  •  
  •  
  •  
  •  

LifeHaq.uz manbai, ma’lum bo’lishicha, umurtqamizga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan kundalik mashg’ulotlar ro’yhatini to’pladi.

1. Tishlarni tozalaymiz

Turgan holatimizda umurtqaga tushadigan yuk uzoq sayrga nisbatan ko’proq bo’ladi. Agar har kuni uzoq vaqt turishingizga to’g’ri kelsa, umurtqangizga salbiy ta’sirni yumshatish yo’llarini izlang.

Oldini olish

  • Tishlarni tozalash vaqtida bo’sh qo’l bilan ko’zgu yoki shkafchaga tayanish kerak.

2. Idishlarni yuvamiz

Odatda, idishlarni yuvganda qo’llarimizni doim tarang qilib, yarim bukilgan holatda turamiz. Natijada, ko’krak qismidagi umumrtqa orasi disklari tez ishqalanib, oqibatda kuraklar orasida og’riq yuzaga keladi.

Oldini olish

  • Idishlarni yuvayotganda tizzangiz ostiga taburet yoki stul qo’ying – bu bosimni kamaytiradi.

3. Mashina g’ildiragini alishtiramiz

Mazkur muammoga har bir haydovchi to’qnash kelgan. Bu ishdan keyin bel yarim kun og’rishi mumkin.

Oldini olish

  • G’ildirakka egilmang, cho’kka tushing. Nigohingiz qanoq bilan bir qatorda bo’lganidan so’ng, tinchgina g’ildirakni alishtiring.

4. Supermarketdan yelimhaltalarni ko’tarib kelamiz

Supermarketlar yiliga yelimhaltalar savdosidan bir necha millionlab foyda ko’rishiga oid og’ir haqiqatga qaramay, hech qachon ikkinchi yelimhaltani olishga ziqnalik qilmang. Bu arzimagan qiymat umurtqangizni ortiqcha yukdan xalos etadi.

Oldini olish

  • Avvaliga, og’irliklarni tizzalar bir oz bukilgan holatda ko’tarish kerakligini unutmang. Ayollar uchun 2 kg.dan ortiq, erkaklar uchun esa – 5 kg.dan ortiq vazn og’irlik hisoblanadi.
  • Mahsulotlar solingan haltalarni ikkala qo’lga teng taqsimlagan holda ko’tarish kerakligini yodda tuting.

5. Pollarni artamiz

Har kuni bo’lmasada, haftasiga kamida bir martta uylarni tozalaymiz va umurtqaga ayovsiz zarar yetkazamiz. Oyoqlar, bel tarangligi, qo’llar bilan faol harakatlanish, og’irliklar ko’tarish (suv solingan chelak). Hattoki, bu so’zlarning o’zi ham havfli eshitiladi.

Oldini olish

  • Polni qo’lda va latta bilan yuvmang – shvabra yoki pol uchun chyotkadan foydalaning.

6. Krossovkalar ipini bog’laymiz

Bukilgan holatda bajariladigan barcha ishlar umurtqamiz orasidagi disklarga zarar yetkazadi. Doimiy yuklanish holatida oziqlantiruvchi moddalar umurtqadan chiqib ketadi va u yassi bo’lib qoladi. Natijada, u yoki bu sohada bosimli va o’tkir og’riqlar paydo bo’ladi. Foydali moddalar faqatgina tana qulay holatda bo’lganida, masalan uxlaganimizda qayta to’ladi. Shu bois, kun davomida beldagi hislarni kuzatish va uni sinovdan o’tkazmaslik kerak.

Oldini olish

  • Poyabzal iplarini polda yarim o’tirgan yoki turib egilgan holatda emas, balki o’tirib, oyoqni o’zingiz tortgan holda bog’lash tavsiya etiladi.

7. Ryukzak taqamiz

Ryukzak — faqatgina maktab o’quvchilari orasida ommalashgan akssesuar emas. Ko’pincha biz “qo’lda ko’tarmaymanku!” degancha, uni tiqiltirib yuboramiz. Bunday og’irlik va noto’g’ri taqish umurtqaga salbiy ta’sir qiladi.

Oldini olish

  • Ryukzakning ikkita tasmasi bekorga emas. Yukni teng taqsimlash uchun ularning ikkisidan ham foydalaning.
  • Keng va yumshoq tasmali ryukzaklarni ishlating – ular bo’yin va umurtqaga tushadigan yukni yumshatadi va kamaytiradi.

8. Yuqoridan og’ir narsalarni olamiz

Nimanidir olish uchun yuqoriga cho’zilganimizda umurtqa ham cho’ziladi. Endi aynan shu holatda, hattoki bo’sh bo’lsa ham, birdan bir chemodanning og’irligi tushadigan disklarga nima bo’lishini tasavvur qiling. Bu kamida puflangan sharga g’isht otishdek gap. Albatta, disklar yorilib ketmaydi, ammo bu harakat muntazam davom etsa natija juda salbiy bo’lishi mumkin.

Oldini olish

  • Yuqoridan og’ir buyumni olishingiz kerak bo’lsa, umurtqa cho’zilishini minimal holatga keltirish uchun stul yoki taburetdan foydalaning. Mukammal holatda yuk ko’krak bilan teng joyda bo’lishi kerak.