Anor, yeb turish, yurak, qarilik, meva, organizm to‘yintiruvchi moddalar, salomatlik, mustahkamlamoq, anor tarkibi, artroz, avj olishi, kal'siy, tishlarni parvarishlash, saraton, immunitetni ko‘tarmoq, ovqat hazm bo‘lishi, chandiqlar, gemoglobin, soch to‘kilishi, qandli diabet, yoshlikni saqlamoq

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Siz hech yosh sevishganlarni eslatadigan, keksa juftlikni uchratganmisiz? Ushbu maqolada, biz ko’p yillar davomida ularga munosabatlarini saqlab qolishda yordam bergan sirlar haqida hikoya qilamiz.

Har birimiz 70 yoshli ikki odamni qo’l ushlashib yurganini ko’rganimizda, qalblarimizga iliqlik to’ladi.

Ularda sevgilarining shunchalik uzoq vaqt davom etishiga sabab bo’lgan biror sirli formula bormi? Ko’pchilik baxtli juftliklarning, shuncha yillar davomida  birga bo’lishlarining o’z sabablari bor.

Bugungi kunda bu sabablar haqida juda ko’pchiligimiz unutib qo’yganmiz.

Qani keling, bir eslaylik.

1. Ularning umumiy qiziqishlari bor va ular har ikkisini ham qiziqtirishi mumkin bo’lgan narsalar yo’lida doimiy izlanishda.

Umumiy qiziqishlar – bu insonlarni yaqinlashtiradigan narsa. Baxtli juftliklar esa ikkalasiga ham qiziq bo’ladigan yanada  ko’proq mashg’ulotlar va suhbatlar uchun mavzular topishni maqsad qilishgan.

Umumiy qiziqishlar va mashg’ulotlar fantastika sohasidagi biror narsa bo’lishi shart emas. Ba’zida ikkalangizning ham quchoqlashib, kechki filmni tomosha qilishni yoqtirishingizning o’zi kifoya qiladi.

Yodingizda tuting, umumiy qiziqishlar bu sizni tushunadigan odamning siz bilan birgalik hissi – juftingizdagi aynan shu narsa qachondir sizni o’ziga jalb qilgan. Endichi?  Endi sizning ikkalangizga ham yoqadigan biror narsani izlash uchun vaqtingiz tig’iz.

Agar siz munosabatlaringizni doimo birga va bir-biridan o’rganishni xohlovchi, o’z qiziqishlari bilan o’rtoqlashadigan va umumiy nimanidir izlovchi ittifoqchi juftliklardek emas, balki ikkita nima sababdan va nima maqsadda birga bo’lib qolishgani tushunarsiz bo’lgan har xil odamlar kabi davom ettirsangiz, oradan  yillar o’tib,  kimdir sizni birga ko’rishi va sizda baxtli munosabatlar formulasi borligi haqida o’ylashi dargumon.

2. Ular har kuni uxlashga birga yotishadi.

Uyqudan oldingi vaqt – eng qimmatbaho vaqtdir, axir aynan o’sha paytda siz yaqin insoningiz bilan o’z tashvishlaringizni bo’lishishingiz va undan dalda olishingiz mumkin. Aynan o’sha vaqt siz yoningizda sizni qo’llab-quvvatlashga qodir inson borligini his qilishingiz mumkin.

Ko’pgina juftliklar bugungi kunda qandaydir o’z kun tartiblari bilan yashashadi va bir-birlari bilan vaqt o’tkazish qanchalik muhim ekanligini unutishmoqda. Hattoki, kechki payt ham, yaqinlaringizning yonida bo’lish o’rniga, siz yuzingizni televizorga burib, navbatdagi kulgili komediyani tomosha qilasiz. Yaxshisi bu filmni xotiningiz/eringiz bilan ko’ring. Har birimiz insoniy iliqlik va mehrga muhtojligimizni unutmang.

3. Ular hech qachon bir-birlariga ozor bergan holda uyquga ketishmaydi.

 Baxtli juftliklar buni asosiy qoidalardan biri deb e’tirof etishadi.

Turmush qurganiga 50-60 yil bo’lgan kishilar bilan suhbatlar, bu siyqasi chiqqan gap emas, balki hikmati yanada chuqur ekanligini isbotlaydi.

Agar siz janjallashgan, bahslashgan, bir-biringizni g’azablantirgan bo’lsangiz va  munosabatlaringizni oydinlashtirmay, sabablari va oqibatlarini o’ylab ko’rmasdan uyquga yotayotgan bo’lsangiz, siz bir kechada, yillar davomida qurganingizni barbod qilishingiz mumkin.

Bir-biringiz bilan ochiq gaplashing, o’z fikringizni  ayting va juftingizni ham eshiting. O’zaro murosa yo’lini toping va ikkinchi yarmingizga yengib o’tishingiz kerak bo’lgan barcha kelishmovchiliklar, janjallar, xafagarchilik va kamchiliklarga qaramasdan uni sevishingiz va hurmat qilishingizni ayting.

Bugungi kunda ko’pgina er-xotinlar ushbu oddiy qoidani e’tibordan chetda qoldirib, munosabatlarni oydinlashtirmay, yuraklarga ozor berib uyquga ketishadi.  Agar bu hol muntazam ravishda davom etsa, unda bu o’z baxtingizni o’z qo’llaringiz bilan barbod qilayotganingizning birinchi belgisidir.

4. Kunning boshida va oxirida bir-birlarini quchoqlaydilar va o’padilar.

Baxtli juftliklar kunlarini quchoqlash va bo’salar bilan boshlab, shunday tugatishlarini ta’kidlashadi. Ruhshunoslarning taxmin qilishicha, buning natijasida, har ikkala juftda ham bir-biriga bog’lanib qolish tuyg’usi rivojlanadi, ular bir-biriga ishonishni boshlaydilar va o’zlarini xavfsiz his qiladilar.

Ko’pincha zamonaviy juftliklar quchoqlashishning muhim narsa ekanligini unutib qo’yishadi. Hamma o’z ishlari, muammolari, tashvishlari bilan shunchalik bandki, hatto bugun biror marta ham sevgan insonlarini o’pmaganlari haqida eslashmaydi ham. Yaqinlikning etishmasligi, oxir-oqibat munosabatlarning tanazzuliga olib keladi.

5. Ular bir-birlariga ishonishadi

Ishonch – har bir mustahkam munosabatning poydevori. O’z juftingizga ishonsangiz, unga suyanishingiz mumkin va u har doim, sizga juda zarur bo’lganda yordamga kelishini bilasiz.

Hozirda ishonchsizlik va doimiy shubhalar har qanday zamonaviy munosabatlarning o’zgarmas qismi bo’lib qoldi. Agar bu shunday davom etadigan bo’lsa, unda bunday munosabatlar sizga baxt keltirmaydi, balkim sizni bezovta paranoidga  aylantiradi.

6. Ular “afsus”o’rniga «rahmat» deyishadi

Baxtli juftliklar har doim salbiy emas, balki ijobiy tomonlarga e’tibor berishadi.

Ular pushaymon bo’lishmaydi. Ular minnatdorchilik bildirishadi.

Bugungi kunda juda ko’pchilik, boshqalarga kamchiligini aytishni yoqtiradi, shu bilan birga o’zining ham mukammallikdan yiroq ekanligini unutib qo’yadi. Bir-birlarini chindan ham sevadigan insonlar esa kamchiliklarga ko’nikishadi. Kamchiliklar haqida o’ylash o’rniga, juftingizning ijobiy tomonlariga e’tiborga qarating, chunki ular unda so’zsiz mavjud.

7. Ular bir-birlarining muvaffaqiyatlariga quvonadilar

Baxtli juftliklarda «seniki – meniki» degan tushuncha yo’q, ularda hamma narsa – quvonch ham, qayg’u ham umumiy. Ular bir-biriga doimiy ravishda oldinga siljishga yordam beradi, birisi ikkinchisini yangi yutuqlarga ilhomlantiradi.

Munosabatlar – bu bitta darvozaga o’yin emas, balkim juftingizni har doim qo’llab-quvvatlash kerak bo’lgan jarayondir.

8. Ular bir-birlariga yoqimli arzimas kichik ishlarni qilishda davom etadilar

Ba’zan munosabatlarda, hatto arzimagan kichik narsalar ham juda muhim ahamiyat kasb etadi. Baxtli juftliklar hatto oradan ko’p yillar o’tganidan keyin ham bir-birlari uchun bu kichik narsalarni qilishda davom etadilar: «Men seni sevaman» degan eng oddiy va eng yoqimli so’zlar bilan eslatmalar qoldirishadi, yoki mayda-chuyda ishlarda, agar sevgan insonlari bundan juda charchagan bo’lsa, yordam beradilar.

Bugun biz munosabatlarda kichik narsalar qanchalik muhim ekanligini unutib qo’ydik. Lekin aynan shu kichik narsalar, ko’pincha, bizni sevishlari va bizga g’amxo’rlik qilishayotganini his qilishimizga yordam beradi.

9. Ular bir-birlarining hislarini hurmat qiladilar

Bu ularning har doim va har narsada bir-birlari bilan kelisha olishini anglatmaydi, lekin nima bo’lgan taqdirda ham, biri boshqasining hissiyotlariga hurmat bilan yondashadi.

Oddiygina, «siz nimani his qilayotganizni, tushunaman» iborasi sehrli bo’lishi va ko’plab tushunmovchiliklar va kelishmovchiliklarning ildizini kesishi mumkin.

Ko’pchilik juftliklarda  munosabatlar xuddi arqon tortishga o’xshaydi: har kim nima qilib bo’lsa ham o’z fikrida turishni istaydi va boshqasiga mutlaqo quloq solishni  xohlamaydi. Sizningcha, bunday ittifoqdan nima kutish mumkin? To’g’ri, hech narsa.

10. Ular yumor hissi ahamiyatini unutishmaydi

Yumor hissi baxtli juftliklarga noqulay vaziyatlardan chiqib ketishga va dunyoga oddiyroq ko’z bilan qarashga yordam beradi.

Yumor hissining munosabatlarda qanchalik ahamiyatli ekanligi haqida ko’pchilik o’ylab ko’rgan, bu mavzuda hatto har yili konferensiyalar o’tkaziladi.

Ammo bugungi kunda ko’pgina zamonaviy juftliklar hazilni sarkazm bilan adashtirishmoqda. Haddan oshib, hatto o’zingiz xohlamagan bo’lsangiz ham, juftingizni xafa qilib qo’yishingiz mumkin.