Oddiy, do‘kon, moliyaviy muvaffaqiyat, hayot, tajribasi, to‘g‘ri ovqatlanish, qarishga qarshi, oziq-ovqatlanish, foydali mahsulotlar, qovoq urug‘i, pomidorlar, yog‘li baliq navlari, kakao, qora shokolad, bodom, petrushka, limon, zanjabil ildizi, yosh, lavlagi, saryog‘

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Albatta, siz vaqt o’z  hukmini o’tkazmagan odamlarni bilasiz. Ular 40 yoshda xuddi 20 yoshdagidek ko’rinadi! 60 yoshda esa 30 yoshdagidek. Ularning yoshini faqat bolalarining (yoki nabiralarining) yoshi, moliyaviy muvaffaqiyati, hayot tajribasi bo’yicha yoki shunchaki sizga ular tug’ilgan aniq sana (qasysinikim, ko’rganda hayratga va hatto shok holatiga tushgansiz)  ma’lum bo’lganda bilishingiz mumkin. Buning siri nimada? Bu TO’G’RI OVQATLANISHDIR.

Aytish joizki, bu shunchaki to’g’ri ovqatlanish emas, balki qarishga qarshi oziq-ovqatlardir.

Qarishga qarshi oziq-ovqatlar tanamiz o’z o’zini tiklashi uchun foydalanadigan ba’zi almashtirib bo’lmaydigan moddalarga asoslangan.

Nafaqat tashqi ko’rinishga (terining, sochning, tirnoqlarning holati)  qarab insonning yosh ko’rinishi yoki yo’qligini aytish mumkin.  Balkim bunday ovqatlanish ichki darajaga ham ta’sir qiladi, ya’ni yangi hujayralarni hosil qiladi va ichki organlarning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.

Albatta, foydali mahsulotlar juda ko’p. Ammo ulardan ba’zilari abadiy yoshlik bag’ishlashda alohida o’ringa ega. Bugun sizning e’tiboringizga ulardan o’ntasini taqdim etaman.

1. Qovoq urug’i

Rux, triptofan va to’yintirilmagan yog’li kislotalarga boy.

Foydasi: terining elastikligini yaxshilaydi va yaralar bitishiga ko’maklashadi. Rux organizmdagi ko’plab jarayonlarda qatnashadi, shu jumladan ultrabinafsha nurlarining nojo’ya ta’siridan himoyalaydi, erkin radikallarni bostirib, ajinlarga qarshi kurashadi, shuningdek, yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega.

Rux etishmovchiligi akna, egzama, soch to’kilishi va tirnoqlarda oq dog’lar ko’rinishida o’zini namoyon qilishi mumkin.

Triptofan bizga yaxshi uxlashimizga yordam beradi. Uyqu esa ma’lumki, go’zallik va uzoq umr ko’rishning asosiy qo’riqchisidir.

Qo’llash dozasi: kuniga bir hovuch.

2. Pomidorlar

Likopen va karotenoidlarga boy.

Foydasi: aynan likopen pomidorga qizil rang beradi. U pomidorni (va bizni) quyosh nurlaridan himoyalaydi. Bitta sharti shuki, biz bu ajoyib moddani o’zlashtirishimiz uchun, pomidorlarga qisqa muddatli issiqlik bilan ishlov berilishi kerak. Shuning uchun, pomidor qaylasi yoki pasterizatsiyalangan pomidor sharbati (ishlab chiqaruvchi tomonidan termo ishlov berilgan) juda mos keladi.

Qo’llash dozasi: kuniga 2 osh qoshiq pomidor qaylasi (tuz va boshqa zararli moddalarga to’la sotuvdagi ketchup bilan adashtirmaslik kerak) yoki 1 stakan tomat sharbati.

3. Yog’li baliq navlari (syomga, losos, sardina, seld, skumbriya)

Omega-3 yog’ kislotalari va DMAEga boy.

Foydasi: omega-3 yallig’lanishga qarshi xususiyatlarga ega va teri, tirnoqlar va sochlarning holatini yaxshilaydi. Bundan tashqari, ko’plab tadqiqotlar yog’li baliqlarga boy ratsion, ajinlar paydo bo’lishining oldini olishi va teringiz go’zalligini saqlab qolishiga yordam berishini ko’rsatdi.

DMAE – nafaqat bizning miyamiz tomonidan ishlab chiqariladigan, balki yog’li baliqlarda ham mavjud bo’lgan moddadir. Bu bizning xotiramizga va kayfiyatimizga ta’sir qiladi.

Qo’llash dozasi:  haftasiga uch marta bir porsiya yog’li baliq. Hatto konservalangan baliqlar ham tog’ri keladi! Eng muhimi, ular yuqori sifatli yog’da bo’lishi kerak.

4. Kakao yoki qora shokolad

Ular maxsus (flavonollar) guruhining flavonoidlariga boy.

Foydasi: yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega va erta qarishga olib keluvchi erkin radikallarga qarshi kurashadi.

Bundan tashqari, kakao bizni baxtli qiluvchi serotoninni faollashtiradi. Shuning uchun Bridjit Jouns sevgi bobidagi muvaffaqiyatsizliklari davrida shokoladga suyangan.

Bunda aynan kakao nazarda tutilmoqda, «Alyonka» sutli shokoladi emas. Eng yaxshisi sifatli kakao kukuni sotib olish va uni, masalan, botqa va desertlarga sepish kerak. Yoki tarkibida kamida 70-85% miqdorida kakao mavjud bo’lgan shokoladni tanlang. Bundan tashqari, kakao donalarining o’zini sotib olish, ularni qahva maydalashgichda maydalash va desertlarga sepish  mumkin.

Qo’llash dozasi: kuniga tarkibida 80 foiz kakao bo’lgan shokoladdan  30 gram.

5. Bodom


Flavonoidlar, E vitamini, L-arginin, to’yintirilmagan yog’li kislotalarga boy.

Foydasi: bizga zarur bo’lgan sifatli o’simlik yog’larga va antioksidantlarga boy. Albatta, antioksidantlar po’stlog’ida bo’ladi. Shuning uchun, bodomni tozalamasdan iste’mol qilgan ma’qul.

Arginin qon tomirlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, erkaklar va ayollarda libidoni oshiradi.

Dozasi: kuniga: 1-20 donagacha bodom danagi va tanaga (ixtiyoriy) bodom yog’i surish.

6. Petrushka

Miristitsin, S vitamini, karotenoidlar, xlorofilga boy.

Foydasi: yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega va hujayralarni himoya qiluvchi ko’plab antioksidantlarni o’z ichiga oladi. Qonni tozalaydi va organizm navqironligining asosiy kaliti bo’lgan glutatin ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, petrushka shishdan qutilishga yordam beradi.

Dozasi: haftasiga uch marta bitta katta hovuchda (30-40 g). Iste’mol qilishning eng oson usuli  yashil aralashmalarni ovqatga qo’shish va petrushka qo’shilgan salatlar.

7. Limon

Vitamin S, antioksidantlar, limon yog’i, flavonoidlar, limon kislotasi va boshqa o’simlik kislotalariga boy.

Foydasi: ko’pchilikka S vitamini va antioksidantlarga boy bo’lgan limon sharbatining foydasi ma’lum. Qanchalik g’alati bo’lmasin, limon suvi organizmning kislotalanishini ham pasaytiradi! Bu xususiyat tanadagi toksinlardan qutulishga yordam beradi. Limon po’stlog’ida terining teshikchalarini tozalash va kichraytirishga yordam beradigan juda ko’p boshqa – foydasi kam bo’lmagan moddalar mavjud. Po’slog’ining oq qismi tarkibida pektin bo’lib, ishqalash uchun uchun juda mos keladi.

Dozasi: iloji boricha ko’proq! Sharbat bilan hammasi ravshan. Po’stlog’ining sariq qismini esa yaxshilab qirg’ichdan o’tkazilib salat ko’rinishidagi tayyor taomlar, risotto, makaron va boshqa issiq ovqatlarga qo’shiladi.

8. Zanjabil ildizi

Sineol, sitral, gingerolga boy.

Foydasi: ajoyib ta’midan tashqari, antibakterial xususiyatlarga ega. Shu sababli, ayniqsa, Osiyo va Afrikaning noma’lum mamlakatlariga sayohat qilishda foydalidir. Va umuman, barcha sayohatlarda. Zanjabil ildizi mavjud  yallig’lanish jarayonlarini bartaraf etishga, shuningdek, jarohatni davolashda (ichga qabul qilganda!) yordam berishi mumkin. Bundan tashqari, dengiz kasalligida ham yordam beradi. Qon aylanishi, hazm qilish va har qanday ovqatdan boshqa foydali moddalarning o’zlashtirilishini yaxshilaydi.  Miya va terini kislorod bilan ta’minlashga yordam beradi.

Dozasi: cheklanmagan! Choy, salatlar, osiyo oshxonasi qaylalari, aralashmalarga qo’shing . Yog’li terini zanjabil ildizlari bo’laklari bilan uqalash mumkin, so’ngra suv bilan yuvib tashlashni unutmang.

9. Lavlagi

U suvda eruvchan tolaga, foliy kislotasiga, kaliy, xolin, gialuronik kislota, karotenoidlarga boy.

Foydasi:  suvda eruvchi tolalarning yuqori miqdori tufayli organizmdan toksinlar va erkin radikallarni chiqarishga yordam beradi. Qonni tozalaydi, qon va terini kislorod bilan boyitadi. Energiya bilan zaryadlaydi.

Dozasi: ko’nglingiz tusaganicha. Buning uchun yangi siqilgan sharbat, yangi va qaynatilgan lavlagidan tayyorlangan salatlar, borshlar mos keladi.

10. Saryog’

A, D, E vitaminlari, CLA (linoleik kislota), foydali yog’larga boy.

Bunda ochiq holatda sayr qilgan va o’t o’lanlar bilan oziqlangan sigirlarning sutidan olinadigan organik/biologik saryog’lar tushuniladi. Agar ular horg’in sanoat sigirlari bo’lsa, unda ular sutining kimyoviy tarkibi ham, kutilganidan sezilarli darajada  farqlanadi.

Foydasi: saryog’ yallig’lanishga qarshi ta’siri bo’lgan va immunitet tizimimizga yordam beradigan har xil turdagi foydali yog’larga boy. Bizga kerak bo’lgan omega-3, omega-6 va araxidon kislotasi bu mahsulotda ideal muvozanatda mavjud.

Saryog’ asab tizimiga, miyaga va terimizga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

CLA yog ‘ o’rniga tanamizda mushaklar hosil bo’lishiga yordam beradi (!). Shuningdek , kalsiyni o’zlashtirilishda ham ko’mak beradi.

Birgina yomon tomoni: oxirgi ikki xususiyatlar pasterizatsiyalash jarayonida yo’qoladi. Shuning uchun, pasterizatsiyalanmagan sutdan olingan saryog’ni topishga harakat qiling.

Dozasi: vijdoningiz yo’l qo’yganicha. Umuman, haftada 250 gramdan oshmasin.

Albatta, yoshligimiz va go’zalligimizni saqlab qolish uchun mo’ljallangan foydali mahsulotlar ro’yxati shu bilan tugamaydi. Biroq, bular, har qanday kishining qurbi yetadigan va yaqin atrofdagi do’kondan topishi mumkin bo’lgan mahsulotlardir. Buning ustiga ularning barchasi mazali hamdir.

Sizga sihat-salomatlik!