Yer sharining barcha burchaklaridagi ko'p millionlik auditoriya biladigan va sevadigan eng boy tarixga ega o'yin – futbol amaliyotidan g'aroyib ma'lumotlarni e'tiboringizga havola etamiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Mashhur qo’shiqchi Xulio Iglesias yoshligida golkiper bo’lgan va Madrid shahridagi «Real» klubi uchun o’ynagan. Biroq, 20 yoshida avariyaga uchrab, qariyb uch yil klinikada qolib ketganidan so’ng, uning sportdagi karerasi yakuniga yetgan. Qo’shiqchi tanasining faqatgina yuqori qismlari harakatlana olgan. Bo’lajak yulduz musiqa asboblarini chalishni o’rgangan va keyinchalik ijrochi sifatida nom qozongan.

2. Braziliyadagi futbol o’yinlarining birida kuchli shamol parashyutchilarni stadionning yashil maysasi ustiga olib kelgan. Ulardan biri to’pni ushlashga tayyor turgan golkiperning ustiga tushgan. Natijada, to’p to’rga ilingan va hakam vaziyatni “samoviy kuchlarning aralashuvi” sifatida ko’rib, jabrlangan klubning arzini tinglamay golni hisobga olgan.


3. Futbolchilar egnidagi formaning sonlariga 80 yil bo’lgan – dastlabki raqamlar 1928 yilda «Chelsi» va «Arsenal» jamoalarining kiyimlariga tushirilgan. Match statistikasiga ko’ra, o’sha kuni London klublari futbolchilarning orqasida 1 dan 11 gacha bo’lgan sonlar bo’lgan. Mazkur amaliyot faqatgina 10 yil o’tgach joriy etilgan, bugungi kunda esa raqamlar – bu o’yinchilarni alohida ko’rsatish usuli hamda aksariyat futbol yulduzlarining o’ziga xos belgisi. Jamoalardagi o’yinchilarga raqam berilganidan keyin aksariyat futbolchilar butun umri davomida shu raqam ostida o’ynagan. Bunga turli sabablar ham bo’lgan: ko’pincha tarixdagi salmoqli hissasi va klubning yutuqlari uchun. Lekin, achinarli sabablar ham bo’lgan: masalan, fojiali halok bo’lganlarning xotirasi yodga olingan. Misol uchun, «Milan» futbol klubi jamoa sardorlari 6 va 3 raqamlarini Barezi va Maldiniga umrbod bergan bo’lib, kimningdir bu raqamlarni ishlatishini ta’qiqlagan.

4. Barchaga ma’lumki, ingliz muxlislarining harakatini oldindan aytib bo’lmaydi, ammo ular o’z klublarini haddan ortiq yaxshi ko’radilar va ular uchun istalgan narsaga tayyor bo’ladilar. Statistikaga ko’ra, yiliga davlatga nisbatan yetkazilgan zarar bir necha o’nlab million funt sterlingni tashkil qiladi.


5. 1969 yilning noyabr oyida Angliyada futbolning butun tarixiy yo’li davomida kuzatilmagan “eng madaniyatsiz” to’qnashuv bo’lib o’tgan. «Tongxem yoshlar klubi» va «Xau-li» klublari sovrin uchun shu qadar qo’pollik bilan kurash olib borganlar-ki, referi o’yin ishtirokchilarini (bittasini kasalxonaga yuborishga to’g’ri kelgan), shuningdek hakam yordamchisini jazolashga majbur bo’lgan.

6. Eng uzoq uchrashuv uch sutkaga yaqin davom etgan. Irlandiyaning ikkita klubi 66 soat davomida g’olibni aniqlay olmagan. Bu o’yin 1981 yil 1-3 avgust kunlari bo’lgan.

7. Bilamizki, Britaniyada tuman tez-tez kuzatiladi. Biroq, bir safar g’alati tuman oqibatida Shotlandiya klublari uchrashuvi chog’ida ko’rish imkoniyati shu qadar yomonlashgan-ki, raqiblar yo’nalish ololmay to’pni yo’qotib qo’yganlar va bir-birlarini ko’rmaganlar. Ba’zan hakamga ancha ko’p o’yinchi to’planib olgandek ko’ringan va zaxiradagi o’yinchilarning o’rindig’iga yaqinlashganida hech kimni topa olmagach darhol matchni to’xtatgan. Ma’lum bo’lishicha, maydonga bir yo’la o’ttizdan ortiq futbolchi chiqib ketgan.

8. Turnir jadvalining yuqori pog’onalaridan o’rin olgan Braziliyaning «Kakova» futbol klubi ichki ishlar vazirligining farmoyishi bilan birdan tarqatib yuborilgan. Gap shundaki, klubning deyarli barcha a’zolari politsiyachilar bo’lgan va jamoalarning barcha o’yinlariga stadionga politsiya formasidagi juda ko’p muxlislar kelgan. Shaharda ommaviy tartibsizliklar yuz berayotgan bir vaqtda, tribunalarda bironta ham huquqbuzarlik kuzatilmagan.


9. Bidgosh (Polsha) shaharchasida ko’plab muxlislarning e’tiborini tortgan juda qiziq match o’tkazilgan. Mahalliy gazetalardan birining muxbirlari birgina oilaga mansub (hammasi g’isht teruvchi Osinskiyning o’g’illari bo’lib chiqqan) o’yinchilardan iborat jamoaga qarshi to’p surganlar. Aka-ukalar bu uchrashuvda mag’lubiyatga uchragan bo’lsalar-da, tomoshabinlar o’ziga xos klubning murabbiyi va menejerlariga hurmat bilan qarsak chalganlar.


https://img.championat.com/i/article/66/92/1467366692_b_mgnovenija-17.jpg

10. Qizig’i, Amerikaning Yuta shtatida futbol o’ynash uchun arena Ibodatxonadan 1,5 mildan ortiq uzoqlikda joylashgan bo’lishi kerak. Boshqa ommabop sport musobaqalari uchun masofa 0,5 milni tashkil etadi.


https://drev-obraz.ru/wp-content/uploads/2018/07/Futbol-2018.jpg