•  
  •  
  •  
  •  

AQSHning barcha burchaklaridan hayotning arzonligi bo‘yicha Texasga teng keladigani yo‘q. Biroq AQSH jamoat va iqtisodiy tadqiqotlar bo‘yicha Kengashining ma’lumotlariga qaraganda Meksika chegarasidan boshqa joylarda ham iqtisod qilish mumkin.

10. Oklaxoma-Siti

Yashash minimumi: AQSHdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 15,5 foizga kam.
Aholisi: 631 346 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 47 779 dollar (AQSH bo‘yicha o‘rtacha: 53 889 dollar).
Turar-joyning o‘rtacha qiymati: 138 600 dollar (AQSH bo‘yicha o‘rtacha: 178 600 dollar).
Ishsizlik darajasi: 4,2% (AQSH bo‘yicha o‘rtacha: 4,9%).

Oklaxoma shtatidagi eng katta shahar shtatning poytaxti uchun hayratlanarli darajadagi past narxlar bilan faxrlanishi mumkin. Bu yerda turar-joy sizga mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 28,8 foizga arzonga tushadi, bu ko‘chmas mulkni sotib olish narx hamda ijaraga olinadigan turar-joy to‘loviga ham tegishli.

9. Konuey, Arkanzas shtati

Yashash minimumi: AQSHdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 15,6 foizga past.
Aholisi: 64 980 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 47 504 dollar.

Turar-joyning o‘rtacha qiymati: 160 400 dollar.
Ishsizlik darajasi: 3,5%.

Konueyda bir necha yirik kompaniyalarning bosh ofisi joylashgan, xususan raqamli marketing bilan shug‘ullanadigan “Acxiom” kompaniyasining ofisi, shuningdek Markaziy Arkanzas Universiteti. Mazkur ro‘yxatda Konuey turar-joyning qimmatli bo‘yicha yetakchilik qilsa-da, boshqa Amerika shaharlari bilan taqqoslaganda ko‘chmas mulk harajatlari kommunal to‘lovlar hisobga olinganida ham u qadar qimmat emas. Tibbiy xizmatlarning o‘rtacha narxi ham shaharning jozibadorligini oshiradi.

8. Jonsboro, Arkanzas shtati

Yashash minimumi: AQSHdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 15,9 foizga past.
Aholisi: 73 907 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 41 688 dollar.
Turar-joyning o‘rtacha qiymati: 141 400 dollar.
Ishsizlik darajasi: 3,4%.

Jonsboroda Arkanzas Davlat universiteti joylashgan, bu undagi hayot hatto talabalarning cho‘ntagiga ham to‘g‘ri kelishini anglatadi. Bu yerda bosh ustidagi tom mamlakatdagi ko‘rsatkichdan 28,2% foizga past. Tibbiy xizmatlar ham sizni kasodga uchratmaydi: Jonsboroda vrachga borish AQSHning ko‘plab shaharlaridagiga qaraganda 18 foizga, ko‘zoynaklar tanlash – 30 foizga, tish shifokorining xizmatlari – 25 foizga arzon.

7. Norman, Oklaxoma shtati

Yashash minimumi: AQSHdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 16,2% foizga past. 
Aholisi: 120 284 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 51 491 dollar.
Turar-joyning o‘rtacha qiymati: 160 100 dollar.
Ishsizlik darajasi: 3,5%.

Mazkur shahar aholisining daromadlari mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatikichga yaqinlashtirilgan bo‘lsada, yashash minimumi kam tomonga qarab sezilarli darajada farqlanadi. Normanda hamma narsa arzon: oziq-ovqatlardan tortib, benzingacha. Turar-joy narxlari ayniqsa kishini xursand qiladi. Normanda xonadonni ijaraga olib, unga AQSHning boshqa shaharlariga qaraganda 44 foizga kamroq haq to‘lash mumkin.

6. Indianapolis

Yashash minimumi: AQSHdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 16,2 foizga past. 
Aholisi: 853 173 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 41 987 dollar.
Turar-joyning o‘rtacha qiymati: 118 300 dollar.
Ishsizlik darajasi: 4,0%.

Indianapolis – qimmat bo‘lmagan shaharlar orasidagi eng yirigidir. O‘zida yirik shaharga xos afzalliklar va kichik shaharning narxlarini aks ettirgan. Indiana poytaxti barqaror iqtisodiyoti bilan ajralib turadi. O‘qishni rejalashtirayotganlar uchun bir necha kollej va universitetlar, jumladan Batler Universiteti mavjud. Bolalarga bu yo‘nalishdagi eng yirik muzey – Indianapolis muzeyi yoqishi tabiiy.

5. Noksvill, Tennessi shtati

Yashash minimumi: AQSHdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 16,3 foizga past. 
Aholisi: 185 291 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 34 226 dollar.
Turar-joyning o‘rtacha qiymati: 118 300 dollar.
Ishsizlik darajasi: 4,5%.

Bu shahar yegulikdan tortib, transportgacha – barcha narsa uchun demokratik narxlari bilan qulay. Bu yerda Tennessi Universiteti, Ayollar basketboli iftihor zali joylashgan. Bundan tashqari, Noksvildan Greyt Smoki Mauntinz milliy bog‘igacha bo‘lgan masofa juda yaqin.

4. Memfis

Yashash minimumi: AQSHdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 17,0 foizga past.
Aholisi: 655 770 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 36 445 dollar.
Turar-joyning o‘rtacha qiymati: 94 000 dollar.
Ishsizlik darajasi: 5,3%.

Memfisda ko‘chmas mulk arzon deyish – hech nima demaganlik bo‘ladi. Bu yerda uyni 100 ming dollardan arzonga sotib olish mumkin, AQSHning ko‘plab boshqa shaharlarida esa bu mablag‘ ipoteka boshlang‘ich badaliga bazo‘r yetadi.

Memfisda xonadon ijarasi mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan uch baravarga arzon tushadi. Eng asosiysi, ish kuchi bilan bog‘liq vaziyat ham yomon emas. Missisipi daryosiga yaqinligi tufayli Memfis yirik transport zanjiri sanaladi. Bu yerda uch nafar yirik kompaniya: FedEx, International Paper va AutoZonening bosh ofislari joylashgan.

3. Kalamazu, Michigan shtati

Yashash minimumi: AQSHdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 20,0 foizga arzon. 
Aholisi: 76 041 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 33 009 dollar.
Turar-joyning o‘rtacha qiymati: 96 600 dollar.
Ishsizlik darajasi: 4,2%.

Kalamazu — nafaqat arzon, balki u qadar boy bo‘lmagan shahar. Shahar aholisining uchdan bir qismi qashshoqlik chegarasida yashaydi, qolganlar esa kam oylik maosh va ishsizlikka ko‘nikishga majbur. Michigan G‘arbiy universiteti, Pfizer farmatsevtika kompaniyasi va tibbiy uskunalarni ishlab chiqaruvchi Stryker kompaniyasi mahalliy iqtisodiyotning asosiy dvigateli sanaladi.

2. Xarlingen, Texas shtati

Yashash minimumi: AQSHdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 20,6 foizzga past.
Aholisi: 65 774 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 34 466 dollar.
Turar-joyning o‘rtacha qiymati: 80 600 dollar.
Ishsizlik darajasi: 7,2%.

Texasning janubidagi hayot qimmatligi bilan ajralib turmaydi, biroq bunga u qadar quvnoq bo‘lmagan sabablar bor. Xarlingenning 32,5 foiz aholisi qashshoqlik chegarasida yashaydi. Shunga qaramay, oziq-ovqat mahsulotlari va benzin narxi mo‘tadil, uy-joy harajatalari esa boshqa shahardagi aholinikiga qaraganda 98 ming dollarga kamroq.

1. Mak-Allen, Texas shtati

Yashash minimumi: AQSHdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 23,7 foizga past. 
Aholisi: 140 269 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 44 254 dollar.
Turar-joyning o‘rtacha qiymati: 115 400 dollar.
Ishsizlik darajasi: 7,8%.

Mak-Allen Xarlingenga qaraganda kattaroq va badavlatroq: bu yerda oilaning o‘rtacha daromadi 10 ming dollarga ko‘proq va bu aqlbovar qilmas yashash minimumida. Mak-Allendagi hayotning minus tomonlaridan biri 26,1 foiz shahar aholisi qashshoqlik chegarasida yashaydi. Shuningdek, Mak-Allenda semizlikdan aziyat chekayotgan odamlar foiz ko‘rsatkichi yuqori. Biroq bu yerda ko‘zni quvontiradigan narsalar ham bor: turli xilma-xil qushlarning miqdori. Qanotli do‘stlarning yirik migratsiya yo‘llarida joylashgan Mak-Allenda maydoni 60 000 m² ortiq bo‘lgan mashhur “Quinta Mazatlan” ornitologik stansiyasi joylashgan.