Sizning e'tiboringizga odamlar hayotini yaxshi tomonga o'zgartirgan g'aroyib topilmalarni taqdim etamiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

1.   Coca-Cola kompaniyasining $130 mln.lik pay sertifikati

Amerikalik Toni Maron bir kuni garajda o’tkazilgan chegirmali savdodan 5 AQSH dollariga bir quti hujjatlar sotib oladi. Qog’ozlar orasidan u avval boshqa neft kompaniyasi va nihoyat Coca-Cola bilan birlashgan neft kompaniyasiga tegishli 1625 ta aksiyasini topadi. Kutilmagan topilma tufayli Maron ushbu kompaniyaning qiymati 130 mln. AQSH dollariga teng 1,8 mln. aksiyasiga egalik huquqini qo’lga kiritadi. U Coca-Cola aksiyalariga ega bo’lgan eng yirik jismoniy shaxsga aylanadi.

2.   AQSH tarixidagi eng yirik xazina

1980-yillarning oxirida Amerikaning Ogayo shtatida yashovchi Tommi Tompson ismli muhandis AQSH tarixidagi eng yirik xazinani aniqlagan. U atom suvosti kemalari uchun turli tizimlarni yaratish ustida ishlagan va talabalik yillaridayoq g’arq bo’lgan kemalarni izlashga qiziqib qolgan. Tompson 1857 yilda cho’kib ketgan “Sentral Amerika” kemasini topishni orzu qilgan va izlanishlari o’z samarasini bergan. 1988 yilning 11 sentyabrida muhandisning roboti dengiz tubidan kema qo’ng’irog’i, qadimiy tangalar va tilla quymasini suv yuziga olib chiqqan. Oltin topilmalarning umumiy qiymati 150 mln. AQSH dollari etib belgilangan. Og’irligi 36 kilogrammga teng quymalardan biri dunyodagi eng katta oltin quymasi sifatida tan olinib, bir ozdan so’ng 8 mln. AQSH dollariga sotilgan.

3.  Sof oltin

2013 yilda Avstraliyadagi mahalliy oltin izlovchilardan biri 5,5 kilogrammli sof oltinni topishga muvaffaq bo’ldi. Uning qiymati 315 ming AQSH dollari etib baholandi. Bu kishi Ballarat shahrida xazinaga duch kelgan. Ushbu topilmadan keyin ko’plab oltin izzlovchilar mashhur bo’lib ketgan joyga yetib keldilar. 2012 yilning yozida aynan shu hududda og’irligi 4 kilogrammga teng oltin bo’lagi topildi.

4.   Lanch qutisiga yashirilgan xazina

2006 yilda Klivlendda istiqomat qiluvchi Bob Kitts va Amanda Ris ta’mirlash ishlari davomida o’z uylarining devorida ikkita metall qutini topib oladilar. Ularning ichida 1951 yil 25 mart sanasidagi gazetalarga o’ralgan banknotalar o’rami bor edi. Jami bo’lib uchta AQSH dollarlari o’rami topilgan bo’lib, birinchi o’ramda 20 dollarlik, ikkinchisida – 50, uchinchisida – 100 dollarlik qog’ozlar bo’lgan. Ularning orasida noyob nusxalar ham bo’lgan. Hisoblashlardan so’ng topilmaning umumiy qiymati 23 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Bir hafta o’tgach er-xotin yana bir xazinani topdilar! Ikkala topilmaning umumiy qiymati 45 ming AQSH dollariga teng. 2017 yilning dekabr oyida ThePlainDealer nashrida topilgan xazina haqida maqola chiqqanidan ko’p o’tmay uyning avvalgi egasi Patrik Dyunning avlodlari paydo bo’ldi. Ma’lum bo’lishicha, biznesmen Buyuk turg’unlik davrida pullarini devor orasiga yashirgan. Oxir-oqibat, sud topilgan pullarni barcha da’vogarlar o’rtasida bo’linishini hukm qildi va har bir da’vogarga bir necha ming dollardan ortiq tegmadi.

5.   ActionComics № 1, $2 mln

ActionComics komikslar seriyasining birinchi soni 2 mln. AQSH dollariga baholangan. Bu 1938 yilda Supermen paydo bo’lgan dastlabki komiks. Minnesotadagi bir omadli odam eski uyni sotib olib, uni ta’mirlash vaqtida ana shu komiksni topib olgan. Dastlab u yomon holatda bo’lgani uchun internet-auksionda 100 ming AQSH dollariga baholangan. Restavratsiya qilinganidan so’ng komiksning bahosi 2 mln. AQSH dollarigacha ko’tarildi.

6.    $2,4 mln.lik AQSH Mustaqillik deklaratsiyasining nushasi

1989 yilda bir kishi eski bozordan 4 AQSH dollarilik o’rtacha surat bilan chiqqan. Unga suratning o’zi yoqmagan, ammo romi yaxshi bo’lgan. Uyga kelgach u suratni romdan ajratgan va uning orqasida Mustaqillik deklaratsiyasini ko’rgan. Jami bo’lib ushbu hujjatning 25 ta nushasi mavjudligi ma’lum. 1991 yilda hujjat 2,4 mln. AQSH dollariga baholangan bo’lsa, 2000 yilda 8,1 mln. AQSH dollariga yetdi.

7.  Britaniya fermasi hududida aniqlangan qadimiy xazina

1991 yilda britaniyalik fermer Piter Uotling dalada bolg’asini yo’qotib qo’ygan va do’sti Erik Louresdan metall izlagich yordamida uni topishga ko’maklashishini so’ragan. Kutilmaganda detektor tovush chiqargan va og’aynilar bolg’a deb o’ylaganlar, ammo mutlaqo boshqa narsa topilgan. Bu – kumush qoshiqlar, tilla taqinchoqlar va qadimiy tangalardan iborat xazina edi. Keyinroq ular topilma haqida shahar hokimiyatiga xabar qilganlar. Ertasi kuni yetib kelgan arxeologlar bu yerdan yunon tangalari, idishlar va zargarlik buyumlari shaklidagi 3,5 kg. tilla, 24 kg. kumushni aniqladilar. Afsuski, qonunga ko’ra topilgan buyumlar davlat foydasiga o’tkazildi. Lekin, fermerlar o’zlariga to’langan 3 mln. yevro badalni bo’lishib oldilar.

8.   Devordagi xazina

Amerikaning Pensilvaniya shtati g’arbidagi Vindber shahrida yashovchi bir kishi uyini yig’ishtirayotganida qadimiy tangalar solingan jo’madonni topib olgan. Kottej 20 yildan ortiq bo’sh yotgan bo’lib, avvalgi egalari vafot etgan. Xonadonning yangi egalari eski binoni yig’ishtirish davomida devorlarning birida teshik topilgan. Teshik kattalashtirilganida qadimiy tangalar solingan jo’madon topilgan. Ularning ayrimlari 1793 yilda muomalaga chiqarilgan bo’lib, nodir tangalarning qiymati 8,5 ming AQSH dollariga yetadi. Topilgan xazinaning umumiy qiymati 100-200 ming AQSH dollariga tenglashtirilmoqda.

9.   $2 mln.lik tanga

1974 yilda chiqarilgan oddiy penni atigi bir sent turadi, ammo bu holatda emas. Robert Lourens AQShning Denver shtatidagi zarbxona nazoratchisi o’rinbosarining o’g’li bo’lgan. Robertning otasi unga lanch qutisida tangalar to’plamini meros qilib qoldirgan. Bir necha yil o’tgach Lourens San-Diyegoga ko’chishga qaror qilgan va o’shanda tangalarni baholash uchun ekspertga olib borgan. Meros atigi  300 AQSH dollariga baholangan. Biroq, tangalar orasidan bitta butunlay alyuminiydan ishlangani topilgan. Bunday tanganlar atigi o’n dona chiqarilgan bo’lib, keyinchalik yo’qotilgan, chunki ularni gazli ichimlik sotuvchi apparatlar qabul qilmagan. Ma’lum bo’lishicha, ulardan bittasi saqlanib qolgan va faqatgina u 2 mln. AQSH dollariga baholangan.

10.   Faberje tuxumi

AQSH fuqarolaridan biri suvenirlar ko’rgazmasida 14 ming AQSH dollariga teng tilla tuxumni sotib olib, keyinchalik uni qayta sotishni ko’zlagan. Biroq, uzoq vaqt o’tib ham xaridorlar topilmagan. Shunda, u tuxum haqida ko’proq ma’lumot to’plashga qaror qilgan. Aniqlanishicha, kichikkina suvenir yo’qolgan Faberje tuxumi ekan. Bir oz vaqt o’tgach tuxum 33 mln. AQSH dollariga xususiy kolleksiya egasiga sotilgan.