Do'konlardagi peshtaxtalarga terib qo'yilgan yozgi poyabzallar turidan odamning ko'zi o'ynaydi. Bu yerda eng nozik didlilar ham o'zlariga mosini topishlari mumkin: ham shakli, ham rangi, ham narxi ma'qul keladi. Biroq, chiroyli ko'rinishga urinib oyoqlarimiz qulayligi va salomatligi haqida ham unutmaslik kerak.

  •  
  •  
  •  
  •  

Marhamat, yoz uchun poyabzalni tanlashda yo’l qo’yiladigan eng keng tarqalgan xatolar bilan tanishing.

10. Tagcharmi o’ta tor

Oyoqning yuz tomoni tagcharmning o’zidan keng bo’lgan oyoq kiyimi xunuk ko’rinadi. Bundan tashqari, oyoq yuzining bunday holati oyoq bo’g’imlari shaklining buzilishiga va bosh barmoqda suyakchaning hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Tor poyabzal ko’pincha teri ichiga o’sgan tirnoqlarga sabab bo’lib, terini yallig’lantiradi va qadoqlarni hosil qiladi.

9. Oyoqning yuzi sohasida noto’g’ri turish

Noto’g’ri turish holatida oyoqdagi botiq va poyabzal tagcharmidagi botiq joy turlicha bo’ladi. Ya’ni, oyoq poyabzalda to’g’ri yotmay, faqat chetki nuqtalar – tovon osti va oyoq yuzi ostiga tayanadi. Bunday poyabzalni kiyganda qon aylanishi buzilib, qadoqlar paydo bo’ladi. Shuningdek, oyoqlar terlashi va og’riqlar ham kuzatiladi.

8. Tagcharm oyoq ostidan uzunroq

Haddan tashqari uzun tagcharm odatda vetnamkalar yoki o’rtasidan taqiladigan sandallarda uchraydi. Bunday poyabzalda barmoqlar chetidan to oyoq kiyim uchigacha katta masofa hosil bo’ladi. Aslida bu masofa bir santimetrdan ortmasligi kerak. Bu oyoqning poyabzalda erkin turishi uchun zaxira joydir. Mazkur zaxira kattaroq bo’lsa, yurish noqulay va havfli tus oladi. Bu holat to’qimalar va bo’g’imlar kasalligini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, zinaga ilinib qoqilishingiz mumkin.

7. Tagcharm o’ta qisqa

Bunday holatda poyabzal tushib qolmasligi uchun uni doim barmoqlar bilan ushlab turishga to’g’ri keladi. Bunda barmoqlarning mushaklari muntazam tortilib turadi va oyoqqa bo’lgan yuklama bir tekisla taqsimlanmaydi. Shuningdek, Siz poshnani qayirib olishingiz va oqibatda nohush jarohatga ega bo’lishingiz mumkin. Unutmang, poyabzalni xarid qilishda oyoqdagi eng uzun chiqib turgan nuqtani e’tiborga olish kerak.

6. Poyabzal oyoqda o’ta bo’sh turadi

Agar poyabzal oyoqda o’ta bo’sh turgan bo’lsa, uni asosan oyoq barmoqlari tutib turadi. Natijada, oyoq mushaklari ortiqcha kuchlanadi va chetdan yurish sudralib xunuk ko’rinadi. Bundan tashqari, barmoqlar va bo’g’imlarning shakli o’zgarishi, suyak qadoqlari hosil bo’lishi, tizzalar va belda og’riqlar paydo bo’lishi mumkin. 

5. Poyabzal keragidan katta o’lchamga ega

Bizga katta bo’lgan poyabzalni kiyganimizda oyoqda tushib ketayotgan tuflini ushlab qolish uchun kuchlanish hosil bo’ladi. Bunday oyoq kiyimda osongina qoqilish mumkin. Katta o’lchamli poyabzal huddi kichkinasi singari zararli hisoblanadi. O’ta bo’sh model qadoqlarga ko’proq sababchi bo’ladi.

4. Poyabzal tabiiy xomashyodan ishlanmagan

Yilning yoz mavsumida tabiiy materiallardan ishlangan poyabzalni tanlash kerak: charm, to’qimachilik matosi. Charm o’rnini bosuvchilardan ishlangan poyabzal salomatlik uchun havfli bo’lishi mumkin: ushbu materialning turli kimyoviy tarkibiy qismlari yuqori harorat ta’sirida oyoq terisiga ta’sir qila boshlaydi. Bundan tashqari, bunday poyabzal oyoqlarga havo o’tkazmaydi. Bularning barchasi zamburug’li kasalliklar yoki ishqalanishlarga olib kelishi mumkin.

3. Laklangan poyabzal

Yilning issiq kunlarida kundalik yurishda laklangan poyabzalni kiymagan ma’qul, chunki u namlik va havoni yomon o’tkazadi. Bundan tashqari, u mexanik shikstlar va harorat o’zgarishlariga ta’sirchanbo’ladi (termometr ko’rsatkichi -10 ga tushganda va +25C°dan ko’tarilganda sinadi).

2. Oyoq yalangga kiyilgan yopiq poyabzal

Yozda yopiq oyoq kiyimni, masalan mokasinalar va loferlarni oyoq yalangga kiymagan ma’qul. Bunda oyoqlar qattiq terlaydi, tovondagi teri esa dag’allashadi. Agar noskida juda issiq bo’lsa, ko’rinmaydigan maxsus sledkalardan foydalaning. Ularning erkaklar va ayollar uchun mo’ljallanganlari bo’ladi.

1. Tekis tagcharmli poyabzal

Tekis tagcharmli poyabzal salomatlikka zarar keltirmasligi uchun kuniga 1-2 soatdan ortiq kiyib bo’lmaydi. Zero, bunday tagcharm oyoqning yer ustiga zarbini kamaytira olmaydi, natijada har safar yurganingizda skeletingiz mikrojarohatlar oladi.

Oyoqlar doimiy kuchlanishda bo’ladi, tortishish va boshqa shikastlarning havfi ortadi. Tananing vazni ham oyoqqa noto’g’ri taqsimlanadi. Ortopedik tagcharmlardan foydalanish zarar havfini kamaytiradi. Biroq, kundalik kiyib yurish uchun eng yaxshi tanlov poshnasi 2,5–4 sm. bo’lgan va shaklni yaxshi ushlab turadigan poyabzaldir.