Ko'plab qizlarda turmush qurish istagi bo'ladi, ammo kimdir kutilgan taklifni oladi, boshqalar esa hech qachon “Menga turmushga chiq” jumlasini eshita olmaydi.

  •  
  •  
  •  
  •  

Quyida turmush qurish taklifini olish juda qiyin bo’lgan 10 turdagi qizlar haqida gaplashamiz.

1. Aktrisa

Asosiy belgilari: Bunday ayolda o’ziga xoslik va sirlar juda ko’p bo’ladi. U doim boshqalarga o’xshamaslikka intilib, o’ziga noodatiy qiz rolini o’ylab topgan va endi sevimli kishisi nigohida uni ajoyib talqin etadi.

Erkak nimaga qochadi: Hamma narsada me’yor bo’lishi kerak. Erkakning miyasi ko’plab g’alati holatlar va ortiqcha o’ziga xoslikni o’zlashtirishga moslashmagan. Ertami yoki kech erkak uning ayoli o’zi o’ylab topgan va faqat o’zi tushunadigan qandaydir o’yinlarni o’ynashini tushunib yetadi.

2. Ijodkor tabiati

Asosiy belgilari: Ijod shoh asarlarni yaratishda emas, balki o’ta o’zgaruvchan kayfiyatda namoyon bo’ladi. Bunday ayolning fikri va istaklari har ikki daqiqada o’zgarib, qat’iy qaror qabul qila olmaydi, ammo juftidan uni tushunishini talab qiladi.

Erkak nimaga qochadi: Erkak bunday ayolning yonida birozdan so’ng nima bo’lishini hech qachon bilmaydi. Bunday vaziyat ruhiyatni ortiqcha zo’riqish va tashvishlanganlik holatida tutadi. Natijada, erkakning o’zi nimanidir noto’g’ri qilayotgandek his qilishi mumkin.

3. Bilimdon

© Color Force

Asosiy belgilari: Bu ayol erkaklar nima xohlashini aniq biladi. U erkakni jalb qilish va saqlab qolishga doir barcha mashhur treninglarga borgan. Uning uyidagi kitob javonlari oilaviy munosabatlarga doir adabiyot bilan to’lgan. Shuningdek, u boshqa har qanday mavzulardan xabardor bo’lib, doim o’z fikriga ega.

Erkak nimaga qochadi: Doim ekspert qiyofasida o’z so’zini aytadigan qiz chuqur bilimga ega bo’lmagan, yuzaki odam tasavvurini uyg’otadi. Bu sifat erkaklarda ko’pincha tushunmaslik va qizga nisbatan kinoya hissini hosil qiladi.

4. Pyero

Asosiy belgilari: Unda hammasi yomon: og’ir hayot, nomukammal qomat, ish faoliyati o’xshamagan, buning ustiga ob-havo ham dahshatli. Yomon kayfiyat ketma-ketligi tugashi bilanoq apatiya yoki tushkunlik boshlanadi. Bunday vaqtda u hayotida hech qanday o’zgarishlarga tayyor emas.

Erkak nimaga qochadi: Erkak – ruhshunos emas, himoyachidir. Har safar qizning hayotdan nolishini va hamma ishni zo’rg’a, qurbon qiyofasida bajarishini ko’rgan erkakda birgina istak – bu kasallikni yuqtirib olmaslik uchun qochish istagi yuzaga keladi.

5. Turmush qurish savdoyisi

Asosiy belgilari: Uning hayotdagi asosiy vazifa, bu – turmush qurish. Bunday ayol doimiy izlanishda bo’ladi, zero unda hammasi avvaldan tayyor: u hammasini mayda-chuydasigacha o’ylab qo’ygan. Endi oxirgi yetishmaydigan “element” – erkak kerak. Tanishuv chog’ida u erkakda faqat bitta tanlov – uylanish borligini ko’rsatadi.

Erkak nimaga qochadi: Hech kim boshqa odamning tassavuri elementiga aylanishni istamaydi. Har bir erkak ham uylanish kabi qat’iy harakatga tayyor bo’lavermaydi va bunday bosim ostida “to’y” so’ziga allergiya paydo bo’ladi.

6. Mustaqil

Asosiy belgilari: Yolg’izlik bunday qizlarni tashvishga solmaydi. Sevimli inson paydo bo’lsa – ajoyib, paydo bo’lmasa – yolg’iz yashasa ham bo’ladi. Qalbining tubida u uyida doim bir erkakni ko’raverishdan charchashini tan oladi. Bunday ayol munosabat boshlaganda shubhalanadi: kelajakda yaxshiroq erkak uchrab qolmasmikan?

Erkak nimaga qochadi: Erkak doim qoidalarga moslashish va mukammal erkakka muvofiqlik jadvallariga qarashdan charchaydi. Avvaldan har tomonlama yaxshiroq bo’lgan o’zi mavjud emas odam bilan raqobatlashish og’ir. Doim yolg’iz yashash mumkinligi ta’kidlanadigan munosabatlarni saqlashning nima keragi bor.

7. Qor malikasi

Asosiy belgilari: Turmushga chiqish savdoyiligining teskari ko’rinishi tanishuvlarni butunlay e’tiborsiz qoldirishdir. Mabodo tanishuv yuz bersa ham, qiz muloqotga juda qiyin kirishadi. Uning fikricha, erkak hammasini o’zi qilishi kerak, jumladan u uyda o’tirishni va har qanday tadbirlarga bormaslikni yoqtirsa ham uni topishi kerak.

Erkak nimaga qochadi: Bunday hatti-harakat oqibatida erkak bilan har qanday tasodifiy tanishuv muammoga aylanadi, so’ngra o’z jozibadorligiga oid doimiy ikkilanishlar paydo bo’ladi. Bu esa yigitlarni ko’proq qo’rqitadi. Hammaning bo’yniga osilish shart emas, ammo butunlay e’tiborsiz bo’lish ham noto’g’ri.

8. Kundalik yumushlarda yo’qolib qolgan

Asosiy belgilari: Uning hayoti uy va ish o’rtasida o’tadi. Ishda yoqimtoy erkaklar yo’q, ko’chada esa hech kim tanishmaydi, barlar va klublardagi erkaklar jiddiy munosabatga mos emas. Natijada, qayerdadir erkaklar boru, ammo bu qizning yo’lida uchramaydigan ko’rinadi.

Erkak nimaga qochadi: Kundalik yumushlar ko’zdagi chaqnashni yo’qotadi, horg’in yuz ifodasi esa erkaklarni jalb qilmaydi. O’zingizni qo’lga oling, yangi qiziqish toping yoki ishdan uyda boradigan yo’lni o’zgartiring. Ehtimol, orzuingizdagi erkak har kuni yoningizdan o’tar, faqat boshqa ko’chadan.

9. Oyijon

Asosiy belgilari: U erkak kishini doim issiq kiyintiradi, u nima yegani va o’zini qanday tutganini bilish uchun kuniga bir necha marta qo’ng’iroq qiladi. Agar erkak gazli ichimlik ichishni istasa, albatta buning zarari haqida gapirib, kislorodli kokteyl olib beradi.

Erkak nimaga qochadi: Erkakning faqat bitta onasi bo’ladi va unga ikkinchisi kerak emas. U o’g’il bo’lish bosqichidan o’tgan, endi erkak bo’lishni istaydi.

10. Hech narsaga qiziqmaydigan

Asosiy belgilari: Bunday qizning hayotida qiziqishlar va maqsadlar bo’lmaydi. U boshqalar boshlagan yerga yuradi va shaxsiy nuqtai nazari mutlaqo rivojlanmagan. Bunday qizlar hattoki keraksiz paytda ham boshqaning ko’ngligi olishga intiladi.

Erkak nimaga qochadi: Erkak kishi, ayniqsa murakkab munosabatlardan keyin, bunday qizni tez sezadi va sevib qoladi. Uni mehribon va g’amxo’r deb o’ylaydi. Lekin, tez orada afsuslanish yuzaga keladi: bunday ayol tipaji tezda zerikarli va qiziqarsiz bo’lib qoladi.