Sayyoraning eng go‘zal maskanlari ro‘yxatida tabiat obyektlari, inson ijodi bilan yaratilgan go‘sha, mashhur dam olish va ekstremal xordiq chiqarish joylari mavjud. Biz sharshara, ko‘l, o‘rmon, favvora, qasr, kanon, orol va ko‘rfazlar haqida so‘z yuritamiz. Bu g‘aroyib joylarni umrimizda bir marta bo‘lsa ham ko‘rishimiz kerak.

  •  
  • 1
  •  
  •  
    1
    Share

100 ta eng go’zal maskanni hayot yakuniga qadar ko’rish kerak (2-qism)

100 ta eng go’zal maskanni hayot yakuniga qadar ko’rish kerak (3-qism)

1. Niagara sharsharasi, Kanada, AQSH

Niagara sharsharasi uchta ulkan oqim: Xorsshu-Fols («Taqa»), Amerika sharsharasi va Braydlvey («Kelin yopinchig‘i») dan iborat. Turistlar orasida mashhurlikka ega (asosan rivojlangan infratuzilma sababli). Bu eng baland sharshara emas, balandligi 53 metrga yaqin, biroq eng kuchlisidir, sababi oqib tushayotgan suv hajmi sonyasiga 5 700 metr kubni tashkil etadi.

2. Vaadxu oroli, Maldiv

Biolyuminessent fitoplanktonning nimasi qiziq ekan degan fikr paydo bo‘lishi mumkin. Biroq bu manzarani ko‘rish kerak. Qorong‘uda yaltiraydigan planktonning g‘aroyib ko‘rinishini Vaadxu orolidagina ko‘rish mumkin. To‘lqinlar qirg‘oqqa urilib, uni o‘zi bilan olib ketadi va suv yuzlab, minglab yonayotgan olovlar bilan jilvalanadi.

3. Retba ko‘li, Senegal

Retba ko‘li Dakarning shimoli-sharqiy qismida joylashgan va suvining g‘aroyib rangi bilan mashhur. Ko‘lning ajoyib rangda bo‘lishiga suvo‘tlari sababchi, suvni och pushti va to‘q qizilrangga kiradi. Shuningdek suvda tuz miqdori ko‘p bo‘lib, u O‘lik dengizda bo‘lgani kabi suv ustida cho‘kmasdan muallaq qolish imkonini beradi.

4.Moviy ko‘rfaz, Islandiya

Moviy ko‘rfaz – Reykyavikdan bor-yo‘g‘i 40 km uzoqlikda joylashgan laguna — geotermal spa-dam olish maskanidir. Bu joy o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan, bunda asosan insonning xissasi katta: poytaxtni suv bilan ta’minlaydigan elektrostansiyadan keladigan suv lava platosida to‘plangan. Natijada suvda mineral suv, kremnez va ko‘k-yashil rangdagi suvo‘tlari paydo bo‘lgan va unga davolash hususiyatini bergan.

5. Poseidon Undersea Resort, Fidji

Mehmonxona ko‘rfaz markazida 13 metr chuqurlikda dengiz ustida joylashgan. Har bir xona bu yerosti dunyosiga qaragan alohida germetik kapsula. Mehmonxona qimmatbaho, biroq mehmonlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatiladi: bu yerda bar, restoran, trenajer zali va noodatiy to‘y tashkil qilishni istaganlarga cherkov ham mavjud.

6. Tora qudug‘i, Oregon

Tora qudug‘i —Perpetua burunining bir qismi. Bu toshli voronkaning chuqurligi bir necha metrga boradi. Quduq tubida nima borligi haligacha noma’lum, akvalangistlar u yerga tushish uchun jonlarini hatarga quyishmaydi – kuchli oqim xalaqit qiladi. Voronkaga suv oqib kelishidan bir soat avval tashrif buyurish kerak: suv Tora qudug‘ini to‘ldiradi va uni balandligi 6 metrli favvora ko‘rinishida atrofga sachratadi.

7. Jannat eshiklari, Xitoy

Boshqacha nomi – «Osmon eshiklari». Bu eng baland g‘or bo‘lib, 263 yilda tog‘ning bir qismi uzilib, ulkan bo‘shliq xosil qilganida paydo bo‘lgan. 999 ta zinapoya unga olib boradi. Afsonalarga ko‘ra, ulardan o‘tib, Xudoga yaqinlashish mumkin ekan. Bu hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Xitoyda sayyohlarning xafsalasni pir qilishni istashmasa kerak, shuning uchun dunyodagi eng uzun funikulyor va eng baland ochiq lift yaratishgan. G‘or tepasida tuman bulutini kuzatish mumkin, bu esa unga yanada sirlilik beradi.

8. Anxel’ sharsharasi, Venesuela

Balandligi 1 000 metrdan ortiq bo‘lgan Anxel ikki kaskad va uch qavatdan iborat. Suvning tanafussiz oqib tushish balandligi – 807 metrga teng. Yerga yetib tushguniga qadar suv bir necha kilometrdan xis qilish mumkin bo‘lgan mayda zarralarga ajraladi va tumanga aylanadi. Aytgancha, sharshara nomining farishtalarga aloqasi yo‘q, u amerikalik uchuvchi Djeymsa Eyndjelga sharafiga shunday atalgan.

9. Iakov qudug‘i, Texas

Iakov qudug‘i – yerosti g‘orlarga ega, butun dunyo drayverlarini o‘ziga jalb etadigan tabiiy quduq. Akvalangistlar bu yer sho‘ng‘ish uchun xavfli ekanidan cho‘chimaydilar. Sayyohlar esa artezian suvlari va afsonalarga mahliyo.

10. Luiz ko‘li, Kanada

Kanadaning Alberta provinsiyasidagi muz ko‘li. U qoyasi yil bo‘yi qor bilan, adirliklari yil bo‘yi yashil tusli o‘tlar bilan qoplangan tog‘lar bilan o‘rab olingan. Bu faol dam olish: piyoda yurish, otda sayr va velosipedda qilish, golf,tennis, tog‘-chang‘i sporti, alpinizm va itlar qo‘shilgan chang‘ilarda uchish uchun mo‘ljallangan maskan.

11.Olov vodiysi, AQSh

Olov vodiysi – Nevada shtatidagi eng qadimiy bog‘. 1968 yilda Vodiy o‘rnida 42 ming akrda joylashgan davlat qo‘riqxonasi tashkil etildi. Vodiy tez-tez sodir bo‘ladigan g‘aroyib manzara xosil qiladigan qum bo‘ronlari sabab shunday atala boshlangan. Bog‘dagi ba’zi tog‘ jinslari 150 million yil muqaddam yuzaga kelgan. Qoyalarda esa qadimgi odamlar suratlari – petroglif qoldiqlari saqlanib qolgan.

12 Toj-Mahal, Hindiston

Toj-Mahalni ko‘rish uchun Hindistondagi Agra shahri, Uttar-Pradesh shtatiga yo‘l oling. Toj-Mahal – «Saroylarning eng buyugi» nomining o‘zi ulkan ma’noni beryapti. Har yili bu ajoyib maskanni ko‘rishga ikki milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. Taassurot uyg‘ota oladigan raqam, shunday emasmi?

13 Maxfiy plyaj, Meksika

Islas Maryetasdagi maxfiy plyaj Puero Valyart shahridan uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan. U Meksika armiyasi o‘quv mashqlarida tushirilgan bomba portlashi natijasida yuzaga kelgan voronkadan yuzaga kelgan. Tasavvur qilib ko‘ring-a, uyga qaytib, tanishlaringizga Meksikada bomba nitjasida yuzaga kelgan voronkada vaqtingizni naqadar maroq bilan o‘tkazganigizni gapirib beryapsiz. Maxfiy plyaj – bu oq qum, shaffof suv, kam sonli odamlar va tabiatdir.

14. Yellouston milliy bog‘i, AQSH

Yellouston bog‘i bir vaqtning o‘zida uchta: katta qismi Vayoming, shuningdek Aydaxo va Mantanada shtatlar hududida joylashgan. Bog‘ xushmanzara landshaft, turli tabiat va issiq buloqlari bilan mashhur. Bu yerda sharshara, kanon, ko‘l va hatto vulqon otilishini ham ko‘rish mumkin. «Vikipediya»dan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bog‘da 1 770 kilometr yotkizilgan yo‘l mavjud. Tasavvur qilib ko‘ring-a, qancha marshurtni bosib o‘tish mumkin.

15. Marmar g‘or, Chili

G‘or ikki mamlakat – Chili va Argentina chegarasida joylashgan. Marmar tog‘ Xeneral-Karrera (bu Buenos-Ayres) tog‘ ko‘lining moviy suvlarini o‘rab turuvchi g‘orlardan iborat. Sayyohlar odatda noodatiy suratlar va baliq tutish uchun tashrif buyuradilar.

16. Katta kan’on, AQSh

Katta kanonning yoshi 5–6 million yoshga teng. Bu tog‘ yonbag‘irlarida sayyoramizning kamida to‘rtta geologik davri qoldiqlarini uchratish mumkin. Kanon havzalarida harorat o‘zgaradi, o‘z-o‘zidan flora va fauna ham turlicha bo‘ladi. Bu yerda nafaqat tabiiy go‘zallikni tomosha qilish mumkin, katta kanon turistik maskan bo‘lgani uchun sayyohlar uchun mashg‘ulotlar yetarli: eshaklarda ekskursiya qilishdan tortib, Kolorado daryosidagi qotishmalargacha.

17. Skay orolidagi ertaksimon hovuz, Shotlandiya

Kaillin tog‘idagi havzalarni boshqacha qilib Fey hovuzlari deb atashadi. Uni ko‘rishga biroz bulutli kunda, yomg‘irdan so‘ng – suv darajasi odatdagidan ko‘proq bo‘lgan va bulutlar sabab tog‘lar hamda suvning barcha ranglari yaxshi ko‘ringan paytda kelgan ma’qul.

18. Kanopi osma ko‘prigi, Borneo

Osma ko‘priklar – tabiatning bu burchagida inson qo‘li bilan yaratilgan ijod mahsuli bo‘lsa kerak. Flora va fauna o‘zining xilma-xilligi bilan lol qoldiradi: uchadigan kaltakesaklar, yirtqich gullar, orangutanlar va hatto olimlar tomonidan kashf etilmagan turlar bor. Biroq tropik daraxtlar orasida g‘ichirlaydigan va 40 metrli balandlikda u uyoqdan bu yoqqa borib keladigan ko‘prik bo‘ylab sayohat kuchli taassurot qoldirsa kerak.

19. Bahaybatlar yo‘li, Irlandiya

Bu qirg‘oqbo‘yi maskan bir-biri bilan ulangan 40 ming (!) bazalt ustunlardan iborat. Bundan tashqari, Shimoliy Irlandiyadagi eng mashhur joy va YUNЕSKO butunjahon merosining obyekti sanaladi. Bahaybatlar yo‘li vulqonning ko‘p yillik otilishi natijasidir. Lava asta-sekinlik bilan sovib, olti tomonlik ustunga aylangan, ularning eng kattasi 12 metrga yetadi.

20.Qora plyaj, Gavayi

Panaluu qora plyaji vulqon faolligi natijasida vujudga kelgan. Plyaj lava va bazaltdan tashkil topgan, shuning uchun qirg‘oq bo‘yidagi qum to‘q qora rangda. Plyajda nafaqat ko‘plab sayyohlar, balki dengiz toshbaqalari hamda yo‘qolib borayotgan bisslarni ham uchratish mumkin.

21. Vaytomo g‘ori, Yangi Zelandiya

Vaytomo g‘ori — 150 ta tarkibi ohak bo‘lgan sun’iy tog‘lardan iborat. Olimlarning fikricha, ularning yoshi ikki millionga yaqin. Sayyohlar orasida eng mashhuri yonar qo‘ng‘izlar tog‘idir. Uning galasini ko‘pincha yulduzli osmonga qiyoslashadi. Bunga Yangi Zelandiyadagina uchratish mumkin bo‘lgan «Arachnocampa Luminosa» yonar qo‘ng‘izlari sababchidir.

22. Flatxed g‘ori, AQSH

Montana shtatidagi Flatxed ko‘li Amerikadagi eng katta tabiy suv havzasi bo‘lib, 510 km² maydonni egallaydi. Bundan tashqari, bu dunyodagi eng shaffof ko‘l bo‘lib, bir qarashda sayoz ko‘rinadi, biroq uning chuqurligi 113 metrga yetishi mumkin. Bu joy baliq tutish ishqibozlari orasida mashhur, chunki shaffof suvda baliqning gulmoh va olabug‘a turlari yaqqol ko‘zga tashlanadi.

23. Algarrobo hovuzi, Chili

Insoniyatning mazkur ijod mahsuli uzunligini tasavvur qilish uchun Olimpiya o‘yinlaridagi hovuzni ko‘z oldingizga keltirib ko‘ring, keyin esa 20 ta ana shunday hovuzlarni tasavvur qiling. U Chilidagi Algarrobo shaharchasida barpo etilgan. Bu nafaqat eng uzun hovuz, balki eng chuquri hamdir.

24. Sevishganlar ko‘prigi, Fransiya

Arxiyepiskop ko‘prigi — Petit Pont de l’Archevêché butun dunyo sevishganlari o‘z muxabbatlari ramzi bo‘lmish qulflarni osish uchun ziyorat qiladigan joydir.

25. De-Glas mehmonxonasi, Kanada

Kvebekdagi mashhur muzli mehmonxona haqida eshitgandirsiz. U sayyoradagi eng romantik maskanlardan biri sanaladi, shuning uchun yuzlab (minglab bo‘lmasa agar) juftliklar har yili bu yerga turmush qurish uchun tashrif buyurishadi. U batamom 20 tonna qor va muzdan ishlangan. Yilning yanvar oyidagi ilk mehmonlarni qabul qilish uchun har yili dekabr oyida uni qayta qurishni boshlaydilar. Aytgancha, ularni joylashtirishdan avval mehmonxonada yashash davrida muzlab qolmaslik to‘g‘risidagi yo‘riqnoma bilan tanishtiriladi.

100 ta eng go’zal maskanni hayot yakuniga qadar ko’rish kerak (2-qism)

100 ta eng go’zal maskanni hayot yakuniga qadar ko’rish kerak (3-qism)