Sayyoraning eng go‘zal maskanlari ro‘yxatida tabiat obyektlari, inson ijodi bilan yaratilgan go‘sha, mashhur dam olish va ekstremal xordiq chiqarish joylari mavjud. Biz sharshara, ko‘l, o‘rmon, favvora, qasr, kanon, orol va ko‘rfazlar haqida so‘z yuritamiz. Bu g‘aroyib joylarni umrimizda bir marta bo‘lsa ham ko‘rishimiz kerak.

  •  
  •  
  •  
  •  

100 ta eng go’zal maskanni hayot yakuniga qadar ko’rish kerak (1-qism)

100 ta eng go’zal maskanni hayot yakuniga qadar ko’rish kerak (3-qism)

26. Pongur sharsharasi, Vyetnam

Muxabbat Shahri sifatida mashhur bo‘lgan Vyetnamdagi Dalat o‘ta romantik go‘sha sanaladi. U yerda go‘zal sharshara, shoirona landshaft, boy tarix va madaniyat mavjud. Ular orasida Pongur sharsharasi o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Kengligi 100 metr va balandligi 40 metr bo‘lgan Pongur yetti pog‘onadan iborat bo‘lib, kichik ko‘lga oqib tushadi. Sharshara 25 gektar inson qo‘li yetmagan tropik o‘rmon bilan o‘rab olingan.

27. Mosbrey sharsharasi, AQSH

Sharsharalar to‘g‘risida gapirishda davom etamiz. Ro‘yxatdan joy olish uchun munosib, yana bir sevimli maskan – Kaliforniyadagi Mosbrey sharsharasi. Vulqonli tosh devorlarlardan oqib keladigan suv mayin tirqirab oqadi, natijada esa tosh qalin mog‘or bilan qoplangan. Yil bo‘yi oqadigan oqim sababli maskan betakror o‘simlik olamiga ega.

28. Baatara sharsharasi, Livan

Ro‘yxatimizda sharsharalar ko‘p, biroq Baatarani esga olmaslikning iloji yo‘q. U lol qoldiradigan jihat faqat 255 metrlik balandlik bilan bog‘liq emas. Baatara Yura davrida yuzaga kelgan uchta tabiiy ko‘prik orqali o‘tadi. Shuning uchun u «Uch ko‘prik g‘ori» nomi bilan ham ataladi.

29. To‘g‘ralgan olma qoyasi, Yangi Zelandiya

G‘aroyib qoyani Yangi Zelandiyadagi orolning shimoliy qirg‘og‘idagi Tasmaniya qo‘ltig‘i yaqinida ko‘rish mumkin. Granit qoya shakliga ko‘ra haqiqatan ham pichoq bilan ikkiga ajratilgan olmani esga soladi. Minglab sayyohlar bu yerga devqomatlar to‘g‘risidagi film dekoratsiyasini eslatuvchi qoyani hayratlanarli surat tushirish uchun tashrif buyuradilar.

30. Kano-Kristales, Kolumbiya

Kano-Kristalesni mahalliy aholi beshta rangli daryo deb aytaydi. Suv turli rangdagi mog‘or ustidan oqib o‘tgani sababli daryo kamalakning turli rangiga bo‘yalgan degan tasavvur paydo bo‘ladi. Bu yerga iyul oxiridan dekabrgacha, daryo yanada yorqin bo‘lgan davrda kelgan ma’qul. Bundan tashqari, maskanda qushlarning 420 ta turlari, 8 xildagi sut emizuvchilar va 10 turdagi ham suvda, ham quruqlikda yashovchi o‘ziga xos jonzotlarni uchratish mumkin. Mahalliy aholi bu yer sayyohlar uchun naqadar jozibador ekanligini tushunib, hozirda turli ekskursiyalar o‘tkazishmoqda.

31. Xorsteyl sharsharasi, AQSH

Xorsteyl AQSHning Oregon shtatida joylashgan va u ikki kichik oqim birlashib, katta yagona oqimni xosil qiladigan sharsharadir. Quyi va yuqori pog‘onalar o‘rtasida yo‘lkani topish va suvga yaqin ko‘tarilish mumkin. Unga yaqin joyda qir-adirlarni piyoda kezish uchun kemping (sayyohlar lageri) bor.

32. Vay-o-Tapu Geotermal bog‘i, Yangi Zelandiya

Vay-o-Tapu 1931 yilda ochilgan bo‘lib, o‘sha paytdan beri sayyohlarning sevimli joyi bo‘lib kelyapti. Bu yerga kelgach, salomatligingiz tiklanishini aytadilar. Turli randagi suv havzalari (masalan shampan ko‘li), loy hovuzi va tongda 20 metr balandagacha otiladigan buloqni ko‘rish mumkin.

33. Olchali tunnel, Germaniya

Yaponiya olchasi – sakurani nafaqat Yaponiyada, balki kichik nemis shaharchasi Bonda ham uchratish mumkin. Bahor faslida olcha gullagan mahal ko‘cha yangicha tusga kiradi. 1984 yilda Bonn shahrida havo tozaligi uchun kurashishni boshladilar va shaharning tarixiy markazidagi ikki ko‘chada sakuralar ekildi.

34. Uaytxeven plyaji, Avstraliya

Uaytxeven — 7 kilometr qordek oppoq qum. Dunyodagi eng toza plyaj sanaladi. Tartib ikki xil chora bilan ta’minlanadi: bu yerda chekish va itlarni olib kelish mumkin emas. Bundan tashqari, qumning o‘ziga xos jihati bor: u qizimaydi, shuning uchun eng jazirama kunda ham oyoqlarni kuydirmaydi.

35. «Oltin eshiklar», AQSH

San-Fransiskoning tashrif qog‘ozi. «Oltin eshiklar» – dunyodagi eng mashhur ko‘prik bo‘lib, uni kinoda bir necha marta ko‘rgan bo‘lishingiz kerak. Har kuni ko‘prikka 100 mingdan ortiq avtomobil keladi. Sayyohlar tuman tushgan paytda odatda tunda paydo bo‘lib, kun yarmida yo‘qoladigan «Oltin eshiklar»ni ko‘rishga intiladilar.

36. «Karijini» milliy bog‘i, Avstraliya

Bu joyga yoz faslida bog‘da g‘aroyib momaqaldiroqni kuzatgani yoki qish faslida kelgan ma’qul. Bog‘da beshta dara bor, ularning har biri o‘zining g‘aroyib qoya birikmalariga ega. Xilma-xil hayvonot olami ham e’tiborga loyiq: ko‘rshapalak, ilon, qush va qizil kengurular.

37. Etretadagi qoyalar, Fransiya

Etretadagi daryo qoyalari suratkash uchun haqiqiy topilmaning o‘zginasi. Qirg‘oqbo‘yida tabiiy arkalarni xosil qilgan xushmanzara qoyalarni uchratish mumkin. Bu maskan qadimiy Yevropa ishqibozlarida taassurot qoldirishi aniq. Etreta – sokin shaharcha bo‘lib, mahalliy aholisi mehmondo‘stligi bilan dong qozongan. Bu ajoyib peyzaj va ko‘rishga arzigulik maskanlar qurshovida shahar yugur-yuguridan dam olish uchun qulay joydir.

38. Pamukkale, Turkiya

Turkiyaning janubi-g‘arbida Pamukkale shaharchasi bor, turk tilidan tarjima qilinganida «Paxtali qal’a» ma’nosini anglatadi. Bu yerda travertindan tashkil topgan 17 ta geotermal manba va sun’iy ko‘llar joylashgan. Dam olish maskanining mashhur oppoq kaskadlari mashhur go‘shagina emas, Pamukkaladagi suv yana davolash hususiyatiga ham ega.

39. Uindermir ko‘li, Angliya

Uindermirga kuz faslida kelgan ma’qul. Bu maskan go‘zal tabiat ishtiyoqmandlari va eshkak eshish ishqibozlariga yoqadi. Shuningdek yaqin atrofda bolalar va kattalarga birdek manzur bo‘ladigan muzeylar, masalan Kamberlend qalamlar muzeyi bor. Ko‘l bo‘yida mazali taomlar pishiriladigan a’lo darajadagi restoranlar joylashgan.

40. Angkor-Vat, Kamboja

Kambojadagi Vishnu xudosiga atalgan bosh induizm ibodatxonasi. Bu inson tomonidan barpo etilgan eng yirik diniy inshootdir. Angor ibodatxonagina emas, 200 kilometrni egallagan (arxeologlarning aytishiga qaraganda ilgari Angor 5 ming kilometrga yaqin joyni egallagan, buni hatto tasavvur etish mushkul) butun bir boshli binolar to‘plamidir. XII asr arxitekturasi, xashkaltaroshligi va barelyefi tarix bilan qiziqmaydiganlarni ham hayratga soladi. Bu yerga bir necha kunga kelgan ma’qul, chunki barini bir kun davomida ko‘rib chiqish imkonsiz.

41. Oynali plyaj, AQSH

Kaliforniyadagi «Makkericher» milliy bog‘i yaqinida joylashgan. Quyosh nurida plyaj o‘ta sirli ko‘ringani bilan uning paydo bo‘lish tarixi u qadar yoqimli emas. Qirg‘oqbo‘yiga yillar davomida axlat to‘kib kelingan. Okean to‘lqinlari bilan yuviladigan singan butilkalar turli rangdagi chiroyli toshlarga aylanguniga qadar silliqlangan. Bugun plyaj mazkur toshlar bilan qoplangan. Aytgancha, toshni o‘zingiz bilan olib ketish man etiladi, agar u yerda oyna bo‘lagini topsangiz, uni suvenirlar kolleksiyasi uchun bemalol olishingiz mumkin.

42. Bled ko‘li, Sloveniya

Bled — Sloveniyadagi mamlakatning shimoli-g‘arbida joylashgan betakror Alp shaharchasining nomi. U yerga yaqin joyda shu xuddi shu nomdagi ko‘l joylashgan bo‘lib, minglab dam oluvchilarni jalb etadi. Bu baliq ovlash, tog‘larga chiqish, tabiatda dam olish, suvda qayiqlardagi sayr va sport bilan shug‘ullanish uchun qulay joy.

43. Kliluk, Kanada

Kliluk, ili Dog‘li ko‘l — Osoyos shahri yaqinidagi Britaniya Kolmubiyasidani suv havzasidir. Suv minerallar (magniy sulfati, kalsiy, natriy, kumush va titan)ga boy. Shuning uchun yoz faslida uning yuzasi g‘aroyib dog‘lar bilan qoplanadi, ular ob-havoga qarab rangini o‘zgartiradi. Ko‘ldagi suv shifobaxsh hususiyatga egaligini aytmasa ham bo‘ladi.

44. Shimol yog‘dusi, Islandiya

Shimol yog‘dusi – g‘aroyib tabiat hodisasi. Uni siz Yerda turib kuzatishingiz uchun Quyoshda portlash yuz berishi kerak. Islandiya shimol yog‘dusini ko‘rish uchun ajoyib joy. Uni boshqa joylarda ham ko‘rish mumkin. Rossiyaning ba’zi mintaqalarida bu fenomenni ko‘rib, zavq olish imkoni mavjud.

45. Dansya rangli qoyalari, xitoy

Xitoy haqiqatan ham go‘zal. Faqat bu yerdagina qizil qumdan va Bo‘r davri konglomeratlaridan tashkil topgan chiroyli tog‘ tizmalarini ko‘rish mumkin. Chjanye shahriga yaqin bo‘lgan bu joy so‘nggi paytda mashhur bo‘lib bormoqda, shuning uchun rangli qoyalarni tadqiq qilish istagida bo‘lanlar uchun zarur infratuzilma mavjud.

46. Darvoza, Turkmaniston

Darvoza – Turkmanistondagi gaz krateri bo‘lib, qo‘rqinchli tashqi ko‘rinishi sababli mahalliy aholi va sayyohlar uni jahannam yoki do‘zaxga olib boruvchi eshik deb ataydilar. 70 yillarda geologlar Darvoza qishlog‘i yaqinida gaz yig‘ilganini sezib qolishdi, kavlash ishlarini boshlab yuborishdi, biroq kutilmaganda yer o‘pirildi hamda gaz bilan to‘lgan ulkan o‘ra vujudga keldi. Mahalliy aholi zararli bug‘ bilan zaharlanmasligi uchun gazni yoqishga qaror qilindi. Hamma yong‘in bir necha kundan so‘ng o‘chadi degan fikrda edi. Biroq 1971 yildan beri olov kunu-tun yonishda davom etmoqda.

47. Baykal ko‘li, Rossiya

Sayyoraning eng chuqur va toza ko‘li. Baykaldagi suv hajmi 23 000 km³ ga yaqin bo‘lib, dunyodagi toza suv zaxirasining 20 foizi, Rossiyadagi aynan shu ko‘rsatkichning 90 foizini tashkil qiladi. Shubhasiz, tasavvur qilish mumkin bo‘lgan eng go‘zal maskanlardan biri. Shuning uchun ham Baykal ko‘pchilik tomonidan sevimlidir. Sayyoraning eng go‘zal 100 ta maskaniga borishni aynan Baykaldan boshlash kerak.

48. Aogasima vulqoni, Yaponiya

Aynan shu nomdagi Aogasima oroli vulqon faoliyati natijasida yuzaga kelgan. Vulqon 1700 yildan beri otilmagan, biroq hali ham faol sanaladi. Ikki yuzga yaqin kishi kraterga yaqin joyda istiqomat qilishadi. Joyning bor chiroyini ko‘rish uchun daryo tubidan 430 metr balandlikda joylashan eng yuqori cho‘qqisiga chiqish kerak. Orolga faqat vertolet yoki qayiqda borish mumkin.

49. Skaftafell g‘ori, Islandiya

G‘ordagi yorqin sapfir yorug‘ligi bir necha yuz yilliklar mobaynida muz havo pufaklarini siqib, preslanishidan paydo bo‘lgan. Kislorod qolmagani uchun muz quyosh nurini yutadi va moviy rangda tovlanadi. Xavfsizlik maqsadida sayyohlar Skaftafelga havo harorati past bo‘lganidagina tashrif buyurishlari mumkin.

50. Fort Chittorgarx, Hindiston

Chittorgarx shahri Rojastxon tumanidagi Gambiri daryosi qirg‘og‘ida joylashgan sobiq Mevar qirolligining poytaxti. Fort Chittorgarx Rajput jasorat va g‘urur ramzi sanalgan shaxs nomi bo‘lib, shahar ham uning sharafiga aynan shunday nomlangan. U 22 ta suv havzalari, saroylar, minora va ibodatxonalardan tashkil topgan. Bundan tashqari, Chittorgarx 700 akr yerda joylashgan va 180 metrli baland tepalikda joylashgan. U yerda turib, go‘zal manzarani kuzatish mumkin.

Bu maqolani qiziqarli deb topgan bo’lsangiz, davomi shu erda:

100 ta eng go’zal maskanni hayot yakuniga qadar ko’rish kerak (1-qism)

100 ta eng go’zal maskanni hayot yakuniga qadar ko’rish kerak (3-qism)