Sayyoraning eng go‘zal maskanlari ro‘yxatida tabiat obyektlari, inson ijodi bilan yaratilgan go‘sha, mashhur dam olish va ekstremal xordiq chiqarish joylari mavjud. Biz sharshara, ko‘l, o‘rmon, favvora, qasr, kanon, orol va ko‘rfazlar haqida so‘z yuritamiz. Bu g‘aroyib joylarni umrimizda bir marta bo‘lsa ham ko‘rishimiz kerak.

  •  
  •  
  •  
  •  

100 ta eng go‘zal maskanni hayot yakuniga qadar ko‘rish kerak (1-qism)

100 ta eng go‘zal maskanni hayot yakuniga qadar ko‘rish kerak (2-qism)

100 ta eng go‘zal maskanni hayot yakuniga qadar ko‘rish kerak (4-qism)

51. Katta moviy o‘ra, Beliz

Belizdagi katta o‘ra – bu diametri 305 metr, chuqurligi 120 metr bo‘lgan karst o‘rasi. Tabiatning bu mo‘’jizasini yo vertolyotdan (chiroyli manzarani kuzatish mumkin), yoki ichidan turib (bu drayverlar orasida mashhur joy) kuzatish mumkin. Jak-Iv Kusto Katta moviy o‘rani sho‘ng‘ish uchun dunyodagi eng yaxshi joylar o‘ntaligi ro‘yxtiga kiritgan.

52. Venetsiya, Italiya

Venetsiya – katta bir yaxlit obida. Odatga ko‘ra, sayyohlarga Rialto ko‘prigi, Avliyo Mark Soboriga tashrif buyurish, tor ko‘chalar bo‘ylab sayr qilish, gondolada uchishni maslahat berishadi. Albatta, taniqli karnavalda ishtirok etish. Barchaga ma’lum fakt shuki, Venetsiya asta-sekin suvga cho‘kmoqda, balki tez orada bu go‘zallikdan faqat xotiralar qolishi mumkin. Shuning uchun daqiqalarni ham yo‘qotmaslik lozim.

53. Katta to‘siqli suv qoyasi, Avstraliya

Katta To‘siqli qoyani havodan turib kuzatish yoki dayving bilan shug‘ullanish mumkin. Dengiz shinavandalari bundan zavq oladilar. Agar sho‘ng‘ishni yoqtirmasangiz, hechqisi yo‘q, tagi shaffof qayiqda dengizga otlanish va suv ostidagi xilma-xil jonivorlar olamini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin. Katta to‘siqli qoya – dunyodagi eng katta marjon qoyadir. U marjon dengizidagi 900 ta orol va 3 mingga yaqin alohida qoyalarni o‘z ichiga oladi.

54. Kafedral ko‘rfaz, Yangi Zelandiya

Kafedral ko‘rfaz Yangi Zelandiyadagi Shimoliy oroldagi mashhur turistik Koromandel yarimorolidagi eng qiziqarli maskan sanaladi. Toza suv, oppoq qum, go‘zal qoyalar – romantik piknik uchun ideal joydir.

55. Shifen sharsharasi, Tayvan

Shifen sharsharasini mahalliy aholi pog‘onali shakli sababli kichik Niagara deb atashadi. Shifen ikki qoya o‘rtasida joylashgan, shuning uchun oqayotgan suvning shovqini uzoq kilometrdan ham eshitiladi. Barcha adirlar o‘simliklar bilan qoplangan. Go‘zal manzara, oqim ustidagi kamalak, g‘aroyib hayvonot olami bularning bari sayyohlarni o‘ziga jalb etadi.

56. Lola dalalari, Niderlandiya

Mart oyi oxiri va may oyi boshlanguniga qadar Gollandiya o‘zgacha tus oladi. Ranglarning bunday jozibasini dunyoning boshqa hech yerida uchratmaysiz. Katta maydonlarga barcha rangdagi lolalar ekilgan: pushti, ko‘k, qizil, sariq, yashil, alvon… Shamol tegirmonlari, betakror arxitekturaga ega shaharlar, kanallar va boshqa ko‘p narsalar ham ko‘rishga arzirli. Niderlandiyaliklar hech kimni befarq qoldirishmaydi.

57. Ohu Kan’oni, AQSH

Mo‘’jizaviy shakl va mayin yorug‘lik sabab Ohu kan’oni suratkashlarning sevimli joyi sanaladi. U o‘z nomiga qoyalardagi ohularni eslatadigan betakror randagi chiziqlar sababli ega bo‘lgan. Kan’onga faqat gid bilan yomg‘ir yog‘maydigan mavsumda tashrif buyurish kerak. Chunki yomg‘irlar mavsumida toshqin xavfi yuqori.

58. Eyfel’ minorasi, Fransiya

Aytganlaridek, Parijni ko‘rish va o‘lish. Agar bu shaharga kelsangiz, nafaqat Parij, balki Fransiyaning ramzi bo‘lgan Eyfel minorasi yonidan befarq o‘tib ketolmaysiz. Uni shaharning ko‘plab nuqtalaridan turib ko‘rish mumkin, chunki inshootning balandligi 325 metrga teng. Tunda Eyfel minorasi yuzlab ranglar bilan jilvalanadi. Siz unga ko‘tarilishingiz ham mumkin, to‘g‘ri, buning uchun haq to‘lash kerak. Fransiyaning eng taniqli go‘shasi yonida suratga tushishni esdan chiqarmang.

59. Plitvisk ko‘li, Xorvatiya

Xorvatiyaning markaziy qismidagi Lisko-Senskoda Sharqiy Yevropadagi eng qadimiy «Plitviskiye ozyora» milliy bog‘i joylashgan. U 16 ta karst ko‘li, 140 ta sharshara, 20 ta g‘or va g‘aroyib qora qayin o‘rmonlaridan tashkil topgan. Hudud qo‘riqhonalarida ayiq, bo‘ri, qushlarning kamyob turlari va boshqa hayvonlar yashaydi. Faol va hamma narsani bilishga qiziqadigan sayyohga bu joy ma’qul bo‘ladi.

60. Tyansz tog‘i, Xitoy

Tyansz tog‘lari Ulin’yuan qo‘riqhonasining to‘rtta eng mashhur xushmanzara xududlaridan biri hisoblanadi. Tyanszning baland cho‘qqisi 1 260 metr balandlikdagi «oltin uchburchak» o‘rtasida joylashgan. Bu go‘zal sharshara, sirli g‘or, xushmanzara o‘rmonlar va boy jonzotlar olamidir. O‘rmon orqali mustaqil ravishda masofani bosib o‘tishdan qo‘rqqanlar uchun kanatli tramvaylar bor. Ularda tog‘ cho‘qqisiga tezda ko‘tarilish mumkin.

61. Solovki, Rossiya

Solovkiga borish uchun uch-to‘rt kun yetarli emas. Bu yerda ko‘rishga arzigulik obida, qadimiy arxitektura yodgorliklari shu qadar ko‘pki. Soloves cherkoviga tashrif buyurish, Beluj burniga kelish va albinos-delfinlarga o‘xshash beluxalarni kuzatish, soloves ovloq qishloqlariga borish, Labirint burnidagi sirli labirintlarni ko‘rishni tavsiya etamiz. Solovkiga yetib olish oson emas, biroq shunga arziydi.

62. Petra shahri, Iordaniya

Eramizgacha barpo etilgan va qumlar ostida qolgan qadimiy Petra shahri hali-xanuz insonni lol qoldiradi. Uning aholisi o‘z vaqtida nafaqat sahrodan suv topish, balki tosh bilan mohirona ishlash ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishgan. Shuning uchun ko‘p asrlar o‘tgan bo‘lishiga qarmay, yiliga yarim milliondan ortiq sayyoh Petraning mashhur o‘tmishi haqida guvohlik beruvchi buyuk inshootlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish uchun Iordaniyaga tashrif buyuradilar.

63. O‘n ikki apostol, Avstraliya

Agar Avstraliyaga kelsangiz, «O‘n ikki apostol» nomi berilgan qoyalarni albatta tomosha qiling. To‘g‘ri, bugun o‘n ikkitasidan faqat sakkiz nafarini ko‘rish mumkin: 2005 yilda bir necha qoyalar qulab tushgan. Bari ular toshdan emas, yemirilish ta’siriga chidamli bo‘lmagan ohak turiga mansub ekanligi sabablidir.

64. Buyuk Xitoy devori, Xitoy

Buyuk Xitoy devori – bu arxitekturaning eng yirik va qadimiy yodgorligidir. Uning uzunligi deyarli 9 ming kilometrga teng bo‘lib, o‘lchamlar darhaqiqat kishini hayratga soladi. Bundan tashqari dunyodagi eng ko‘p sayyoh tashrif buyuradigan obida: bu yerga har yili 40 millionga yaqin sayyoh keladi.

65. Babinda xarsangi, Avstraliya

Avstraliyada Bartl Frer tog‘laridan oqib tushuvchi uch oqimdan tashkil topgan suv havzasi bor. Suv qoyalar cho‘qqisini «o‘tkirlashtirgan», ular esa hozirda dunyoning mo‘’jizalaridan biriga aylangan. Xarsanglar yuzasi yaltiragunga qadar silliqlanganki, o‘lchamidan hayratlanmaslikning iloji yo‘q. Bu joy shayton hovuzi deb ham ataladi, chunki kuchli oqim odamni oqizib ketishi mumkin. Biroq bu xavf ham sayyohlarni cho‘chitmaydi.

66. Xeops piramidasi, Misr

Xeops piramidasini Qohira yaqinidagi Giza yassi tog‘idan ham kuzatish mumkin. Aytgancha, bu yerda mashhur sfinksni ham uchratasiz. Piramidalar yonida bo‘lish – tarixni biroz his qilish demakdir. Odam ana shunday ulkan yodgorlik obidasini barpo etganiga aql bovar qilmaydi! Turli nazariyalar mavjudligiga qaramay, hech kim bu qanday amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi savolga aniq javob berolmaydi.

67. O‘lik dengiz, Isroil – Iordaniya

O‘lik dengiz – juda g‘aroyib suv havzasi. Aslida u turg‘un ko‘l bo‘lib, dunyodagi eng sho‘ri sanaladi. U yerda yelkada yotgan holda po‘kak kabi suzishingiz mumkin. O‘lik dengiz Isroil, Iordaniya va Falastin o‘rtasida joylashgan. Suvdagi tuz va mineral moddalarning ajoyib tarkibi suv havzasini tabiat tomonidan yaratilgan va yer sharining turli burchaklaridan sayyohlarni jalb etuvchi shifobahsh dam olish maskaniga aylantirgan. Ko‘lning nafaqat suvi, balki undan olinadigan loy ham shifobahsh hususiyatlarga ega.

68. Arizon krateri, AQSh

Arizon krateri katta bo‘lmagan, biroq Yerning meteorit bilan to‘qnashuvidan xosil bo‘lgan, eng yaxshi saqlangan qoldiq. Bunday o‘ra yuzaga kelishi uchun meteorit 300 tonna tosh bosishi va atmosferaga tovush tezligidan 157 marta ortiq tezlik bilan kirib kelishi kerak. To‘qnashuv vaqtida portlash quvvati shu qadar ulkan bo‘lganki, uni Xirosimaga tushirilgan bombaga o‘xshash 8 000 ta bomba bilan taqqoslash mumkin. Krater burchagida uning tarixiga bag‘ishlangan muzey joylashgan.

69. Lox-Ness ko‘li, Shotlandiya

Lox-Ness ko‘li o‘z ko‘rinishi bilangina mashhur bo‘lib qolmasdan, hali ham lox-ness mahluqi to‘g‘risidagi afsonasi bilan ko‘pchilikni hayratga solib kelmoqda. Shuning uchun ko‘l bo‘ylab har kuni xushmanzara joy haqida ko‘proq bilish bilan bir qatorda afsonafiy jonzotni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish umidida bo‘lgan sayyohlar uchun qiziqarli ekskursiyalar o‘tkaziladi.

70. Yueyasyuan ko‘li, Xitoy

Bu chiroyli ko‘l aslida Gansu provinsiyasidagi Dunxuan shahridan olti kilometr uzoqlikda joylashgan sahrodagi voha hisoblanadi. Agar kun bo‘yi jazirama oftob ostida sayr qilib, vanihoyat ushba yam-yashil masakanni ko‘rib qolsangiz, u haqiqatan ham sizni hayratga soladi, Afsuski, hukumat va masalaga befarq bo‘lmagan aholi tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, ko‘lning o‘lchamlari tobora qisqarib bormoqda.

71. Piza minorasi, Italiya

Piza shahridagi qo‘ng‘iroq minorasi dunyoda egilib borayotgani sababli tanilgan. Bu obida 2008 yilda egilishni to‘xtatgan bo‘lishiga qaramay, hozirgacha yiqilayotgan inshoot deb ataladi. Hukumat vakillari minorani mustahkamlash ustida doimiy ravishda bosh qotiradilar: ustunlar qayta tiklanadi, poydevor mustahkamlanadi. Bu yerda minorani ushlab qolayotgan ko‘rinishda (bunday rasm bu yerga kelgan deyarli har bir sayyohda bor) suratga tushibgina qolmasdan, minoraning ichiga ham kirib ko‘rish mumkin.

72. Uluru, Avstraliya

Uluru, yoki Ayers-Rok – Avstraliyaning tabiatga xos obidalarining asosiysidir.Uni ko‘rish uchun yiliga 400 mingdan ortiq kishi tashrif buyuradi. Qoya kunning soatlari va yorug‘likka qarab rangini yorqin olovrangdan to‘q siyohranggacha o‘zgartirishi mumkin. Qoyada qadimgi aborigenlarning rasmlari saqlanib qolgan. Joy qadimiy tarix va afsonalarga boy. Shuning uchun Uluriga ekskursiyani olib boruvchi mutaxassis bilan kelsangiz, ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni bilib olasiz.

73. Sikstin kapellasi, Vatikan

Sobiq cherkov, bugungi kunda esa Uyg‘onish davrining yuksak yodgorliklaridan biridir. Bu yerda katolik xorini albatta tinglash lozim: ularning ijrosi qalbga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Bu hashamdorlik va go‘zallik maskanidir. Mikelanjelo Pinturikko va Bottichelli kabi buyuk rassomlar ish olib borgan kapellani bezatilishi o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish uchun albatta tashrif buyurish kerak.

74. Yodgorliklar vodiysi, AQSh

Yodgorliklar vodiysi – hind qabilasi navaxo rezervatsiyasi hududidagi bog‘ bo‘lib, g‘aroyib geologik tuzilma. Bu yerda balanligi 300 metrga yetadigan ulkan qoyali valun va qumtepaliklar joylashgan. Hindular vodiyda shtatning obidasiga keladigan minglab sayyohlar uchun ekskursiyalar o‘tkazadilar. Vodiy tabiati ham, aholining yashash makonlari ham qiziqarli. Ular Velli yodgorligi hududida elektr, vodoprovod va sivilizatsiyaning boshqa imkoniyatlarisiz yashaydilar.

75. «Vasko da Gama» ko‘prigi, Portugaliya

Portugaliyaning poytaxti Lissabonda inson qo‘li bilan barpo etilganligiga ishonish mushkul bo‘lgan ko‘prikni ko‘rish mumkin. Teju daryosi orqali o‘tgan qalin arqonli ko‘prik Yevropadagi eng uzun ko‘prik sanaladi. Unga nazar tashlasangiz, silkinishi va o‘lchamlaridan «o‘zingizni yo‘qotib qo‘yasiz». Biroq cho‘chimang: ko‘prik soatiga 250 kilometr shamol va eng kuchli yer silkinishlariga ham chidamli.

Bu maqolani qiziqarli deb topgan bo’lsangiz, davomi shu yerda:

100 ta eng go‘zal maskanni hayot yakuniga qadar ko‘rish kerak (1-qism)

100 ta eng go‘zal maskanni hayot yakuniga qadar ko‘rish kerak (2-qism)

100 ta eng go‘zal maskanni hayot yakuniga qadar ko‘rish kerak (4-qism)