Sayyoraning eng go‘zal maskanlari ro‘yxatida tabiat obyektlari, inson ijodi bilan yaratilgan go‘sha, mashhur dam olish va ekstremal xordiq chiqarish joylari mavjud. Biz sharshara, ko‘l, o‘rmon, favvora, qasr, kanon, orol va ko‘rfazlar haqida so‘z yuritamiz. Bu g‘aroyib joylarni umrimizda bir marta bo‘lsa ham ko‘rishimiz kerak.

  •  
  •  
  •  
  •  

100 ta eng go’zal maskanni hayot yakuniga qadar ko’rish kerak (1-qism)

100 ta eng go’zal maskanni hayot yakuniga qadar ko’rish kerak (2-qism)

100 ta eng go’zal maskanni hayot yakuniga qadar ko’rish kerak (3-qism)

76. Maya harobalari, Meksika

Meksikada mayya sivilizatsiyasi bilan bog‘liq ko‘plab arxeologik topilmalarni uchratish mumkin, biroq qadimiy ibodatxona qoldiqlarini tomosha qilish ayniqsa qiziqarlidir. To‘g‘ri ulardan xech bo‘lmasa bir nechtasini ko‘rish uchun juda ko‘p masofani bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Ularning eng mashhuri – Kampechi shtatidagi Bekan, Chyapas, shtatidagi Bonampak Kintana-Roo shtatidagi Chakchoben va ayniqsa i Yukatan yarimorolidagi Chichen-Isadir.

77. Devilz-Tauer, AQSh

Devilz-Tauer yoki Iblis Minorasi bu vayoming shtatida kelib chiqishi vulqonga borib taqaladigan monolitdir. Iblis Minorasining yoshi 195 225 million deb belgilangan. Devilz-Tauerga chiqish murakkab va qiziq bo‘lgani uchun bu yerga alpinistlar tashrif buyurishadi. To‘g‘ri, agar siz uni amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, sayohatni iyun oyiga rejalashtirmang. Mahalliy aholi tog‘ni ilohiy deb hisoblaydi va iyun oyida unga chiqishga qarshilik qiladi.

78. Lau orollari, Fidji

Bu maskan hatto real hayotda ham jannatmakon joyda dam olish to‘g‘risidagi reklama roligidagi kadrga o‘xshaydi. Sayyohlar ko‘p emas, shuning uchun odamlardan «dam olish» oppoq plyajda sayr qilish va shaffof suvda suzishdan rohat olish imkoni bor. Orollarga yetib olish oson emas, u yerga borganlar, u shunga arzirli ekanini aytishadi: bu yerdagi tabiat betakror hamda inson qo‘li yetmagan.

79. «Fyordlend» bog‘i, Yangi Zelandiya

«Fordlend» milliy bog‘ida qayiqda sayr qilish, peyntbol o‘ynash, baydarka va velosipedda uchish, turli oilaviy tadbirlarga borish va baliq ovlash mumkin. Bularning bari – Yangi Zelandiyaning yirik bog‘ida joylashgan. Bundan tashqari, ko‘plab jonivorlarni ko‘rish mumkin: delfin va tyulen, kiyik va quyon, to‘tiqush va kivilar.

80. Miduey atoli

Miduey atoli ingliz tilidan «yo‘lning yarmi» deb tarjima qilinadi va bu bejiz emas: orol Shimoliy Amerika va Osiyo o‘rtasida joylashgan. Hozirda u qo‘riqxona hisoblanib, u yerda deyarli ikki million qush: laysan va qoraoyyo albatroslar, qiziloyoq faetonlar bor.

81. Xorsshu-Bend, AQSh

Biz yana Kolorado daryosiga qaytamiz. Bu safar Glen kanoni milliy dam olish maskani hududi – Taqani tomosha qilamiz. Maskan sayyohlar orasida juda mashhur, chunki u xushmanzara joy sanaladi, darhaqiqat bu yerda esdalik uchun a’lo darajadagi suratlarni olish mumkin. Bundan tashqari, bu yerga kelish oson: Xorsshu-Bend yaqinidan 89 sonli yo‘l o‘tadi.

82.Noyshvanshtayn qasri, Germaniya

Ertakmonand maskan. Qasr haqiqatan ham ulkan va hashamatli. Nemis tilidan tarjima qilinganida «yangi oqqush qoyasi» ma’nosini anglatadi, qasrning jihozlanishida ham oqqushlar so‘nggi o‘rinda emas. Bundan tashqari, bu yerda Vagner operasi va qadimiy german afsonalari aks etgan rasmlar, Vilgelm Xaushild asarlari, venalik Deton tomonidan yaratilgan mozaykali pol, marmar va lazuritdan ishlangan ustunlarni ko‘rish mumkin. Noyshvanshtayn Parij shahridagi Disneylendda barpo etilgan Uyqudagi malika qasri qurilishida ilxom manbai bo‘lgan. Bu joy buyuklarga ham ilxom bergan. Aynan shu joyga kelgan Chaykovskiyda «Oqqush ko‘li» baleti g‘oyasi tug‘ilgan.

83. Devqomat tili, Norvegiya

Agar dunyoning qirg‘og‘ida joylashish nima ekanligini his qilmoqchi bo‘lsangiz, Norvegiyadagi Skyeggedal tog‘iga otlaning. Devqomat tili qoyadan ajralgan va gorizontal holatda qotib qolgan qoldiq. Surat muvaffaqiyatli chiqishi uchun ko‘plab sayyohlar toqqa chiqishga o‘zlarida iroda topadilar. Shuning uchun siz nafaqat suratlar, balki toqqa chiqish tajribasiga ham ega bo‘lasiz.

84. Koyota darasi, AQSh

Yuta shtatining janubiy qismida iz g‘aroyib tog‘ tuzilmalaridan biri – Koyota tog‘ darasini uchratasiz. Bu joy kanon, tabiiy ko‘prik, arka va kichik sharsharalari bilan mashhur. Bu yerga tunash uchun kelgan ma’qul: unutilmas taassurotlar kafolatlangan.

85. Fudziyama tog‘lari, Yaponiya

Fudziyama — XVIII asrdan beri otilmaydigan vulqon. Fudziyamaning qorlar bilan qoplangan qoyasi 100 kilometr uzoqlikda bo‘lganTokiodan ham ko‘rinib turadi. Iyul va avgustda, qor eriganida tog‘ tashrif uchun ochiladi va o‘nlab odamlar 3 800 metr balanlikka ko‘tarilishni amalga oshiradilar. Fudziyama – ko‘plab qadimiy va zamonaviy rassom, musiqachi, yozuvchilar uchun ilhom manbai. Fudzini yodga olganda yaponiyaliklar «san» so‘zini qo‘shib qo‘yishadi. Yaponiyadagi mana shu eng baland tog‘ sharafiga Fudzi-san deb ataladi.

86. «Eravan» bog‘i, Tailand

«Eravan» bog‘i – 550 kilometrlik go‘zallik va sokinlik degandir. Ko‘plab odamlar bu yerga mashhur yetti pog‘onali sharsharani ko‘rish uchun tashrif buyurishadi. Bu yerga kelib qolsangiz, siz hatto ikkinchi pog‘onaga ham ko‘tarila olasiz. Faqat yodda tuting, yo‘l sirpanchiq va qulay oyoq kiyim haqida o‘ylash kerak.

87. Amazoniyaning yomg‘irli o‘rmonlari

Amazoniyaning yomg‘irli o‘rmonlari – bu yalanglik bo‘ylab joylashgan changalzor.U Amazonka daryosi hovuzi bo‘ylab yoyilgan va 5,5 million kvadrat kilometrni egallagan. Amazonka qirg‘og‘idagi changalzor o‘z o‘lchamlari bilan sayyoramizning barcha tropik o‘rmonlarining yarmiga teng. Bu yerda kamida qushlarning 3 000 turi, 1 300 xildagi baliqlar, 500 turga yaqin sutemizuvchilar, 400 turdan ortiq ham yerda, ham suvda yashovchilar, deyarli 400 turdagi sudralib yuruvchilar va 100 ming turga yaqin turli umurtqasizlar yashaydi. O‘simliklar olamining xilma-xilligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi, bu yerning bir kilometr kvadrat maydoniga baland o‘suvchi o‘simliklarning 150 ming turi, jumladan 75 ming turdagi daraxtlar to‘g‘ri keladi.

88. Pompey, Italiya

Achinarli mashhurlikka ega shahar. Eramizdan avvalgi 79 yilda Vezuviy vulqoni otilishi natijasida aholisining katta qismi bilan kul ostiga ko‘milgan. Bugungi kunda esa Italiyaning eng mashhur obidalaridandir. To‘lov evaziga sahroli ko‘chalarda (uzoq yurish mumkin, o‘zingiz bilan suv oling) kezish mumkin. Bu yerda qadimiy arxitektura, freska va mozaikadan bahra olish va qo‘rqinchli narsalarni ham ko‘rish mumkin. Arxitektorlar kul qatlami bo‘shlig‘ini gips bilan to‘ldirib, odam va hayvonlar o‘layotganda bo‘lgan tana holatini aks ettirishgan.

89. Uotkins-Glen sharsharasi, AQSh

Bunday sokin joyni Ishonish mushkul, shovqin va hovliqishsiz tasavvur etib bo‘lmaydigan Nyu-Yorkdan uzoq bo‘lmagan yerda joylashganiga ishonish mushkul. Biroq u megapolisdan bir necha kilometrda mavjud. Bu yerda suv oqimi yonidagi ulkan daraxtlardagi qushlarning sayrashidan bahramand bo‘lish mumkin. Uotkins-Glen bog‘i bu – 120 metrli dara bo‘lib, uning tubida Uotkins-Krik anhori oqib o‘tadi. Dara o‘lkalarida turli pog‘onalarda jarlikning yo u tomoni yoki boshыa tomoni bilan tutashadigan so‘qmoqlar o‘tadi. Sayyohlar bu yerga masofalarni piyoda bosib o‘tish uchun tashrif buyuradilar.

90. Engadin vodiysi, Shveysariya

Alp havosidan bahra olish uchun go‘zal maskan. Engadin vodiysi ikki qismga bo‘linadi. Yuqori Engadik – faol dam olish uchun: tog‘ chang‘isi, konkilar, sho‘ng‘ish va vinsyorfing hududi. Quyi Engadin sokin va sayyohlar kam keladigan joy bo‘lib, u yerda xushmanzara landshaftdan bahra olish mumkin.

91. Rorayma tog‘i, Venesuela

Rorayma tog‘i uning cho‘qqisi 30 kilometrlik yassi tog‘ ekanligi bilan diqqatga sazovor. Rorayma tepasida doimo bulut bor, agar qoyasiga yetib borsangiz, uni tepadan pastga qarab kuzatishingiz mumkin. Tog‘ atrofining doimiy bulut bilan qoplanganligini Roraymaning quyi qismi Amazonka, Orinoko va Essekibo daryolaridan boshlanishi bilan bog‘laydilar.

92. Las-Vegas, AQSh

Vegasda bo‘lgan narsa, Vegasda qoladi! Doimiy bayram, qimor o‘yinlari, chiroqlar, hashamat va g‘ayrioddiylik shahri. Bir kvadrat metrdagi bu qadar ko‘p attraksion, do‘kon va ko‘ngilochar joylarni dunyoning hech bir yerida uchratmaysiz. Bir xillik joniga tekkanlar bu yerga kelishini tavsiya etamiz – Las-Vegas sizga bayram onlarini xadya qiladi!

93. Pxi-Pxi orollari, Tayland

Pxi-Pxi orollari ikkita mitti va ikki asosiy Pxi-Pxi-Don va Pxi-Pxi-Ley orollardir. Pxi-Pxi-Dondagina odamlar istiqomat qilishadi, orol butunlay piyoda yurish uchun mo‘ljallanganligi ajoyib. Bosh qahramon Di Kaprio tomonidan ijro etilgan mashhur «Plyaj» filmi aynan shu yerda suratga olingan. Agar sizga yoz fasli, oppoq plyaj va dangasa, biroq ekzotik dam olish yetishmayotgan bo‘lsa, Pxi-Pxi – eng yaxshi variant.

94. Iso Masih haykali, Braziliya

Dunyodagi eng mashhur inshoot. Mamlakatimiz aholisi uni mashhur Braziliya seriallarida ko‘rishgan. Haykal balandligi – 38 metr (undan sakkiz metrini supa egallagan), Iso Masih qo‘lining ochiq holdagi uzunligi – 28 metr. Og‘irligi – 1 145 tonna. Haykalning tepalikda joylashganligi uni yana taassurotga soluvchi jihati sanaladi. Yodgorlik dunyoning yetti mo‘’jizasi ro‘yxatiga kiritilgan.

95. Partnaxklamm darasi, Germaniya

Partnaxklamm — uzunligi bir kilometrga yaqin bo‘lgan Partnax daryosi oqib o‘tadigan dara. Dara devorining balandigi 68 metrga yetadi. Undan yuzlab kichik jilg‘alar oqib tushadi, aynan ular sababli ajib muz haykallari vujudga keladi. Partnaxklamda nafaqat dara tubi, balki tog‘ yonbag‘rida ham sayr qilish va balandlikning barcha chiroyini ko‘rish mumkin.

96. Trevi favvorasi, Italiya

Rimdagi eng katta sharshara arxitektor Nikoloy Salvi tomonidan barokko uslubida barpo etilgan. U Poli saroyining tashqi tomoniga tutashganligi uchun ular yagona inshootni xosil qilayotgandek tuyuladi. Bu ulkan inshootni ikkita sabab mavjudligi uchun ko‘rish kerak. Birinchidan, favvora haqiqatan ham chiroyli va barokko uslubida qurilgan dunyodagi eng katta favvora. Ikkinchidan, agar unga tanga tashlasangiz, albatta Rimga qaytib kelasiz.

97. Parij Disneylendi, Fransiya

Disneylend — bolalar uchun xursandchilik, biroq ishoning, hatto kattalar uning ham ertakmonand muhitiga maftun bo‘ladilar. Parij Disneylendi Disney studiyasi ramzi hisoblangan Uyqudagi go‘zal qasri atrofida guruhlashtirilgan bu besh xil mavzudagi bog‘lardan iborat. Sarguzashtlar mamlakatida labirintlar bo‘ylab yurish, qaroqchilar kemasida va Robinzonning daraxtdagi uyiga kirib ko‘rish mumkin. Chegara bo‘yi mamlakatida amerikacha tepaliklar va boshqa attraksionlarda uchish mumkin. AQSHning asosiy yo‘lida – o‘nlab shinam qahvaxonalardan birida tanovvul qilish va suvenirlar sotib olish, Kashfiyotlar mamlakatida Jyul Vernning o‘ylab topilgan kelajagini ko‘rish mumkin. Hayolot olami mamlakati kichik tashrifchilar uchun mo‘ljallangan, bu yerda multfilm qahramonlarini ko‘rish mumkin.

98. Bonifacho, Fransiya

Bonifacho — Korsikaning sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan shaharlaridan biridir. O‘rta yer dengizi, arxitekturada o‘z ifodasini topgan boy tarixiy o‘tmish, plyajlar va ko‘ngilochar maskanlarning ko‘pligi sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Bonifachoni qoyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi shuning uchun daryo sayohatiga borish va kema bortidan g‘orlar, hamda Aragon qirolining mashhur zinapoyasini ko‘rishni maslahat beramiz.

99. Korinf kanali, Gretsiya

Korinf kanali —dunyodagi eng tor yuk tashuvchi kemalar kanalidir. U aynan shu nomdagi ko‘rfazni Saronikos qo‘ltig‘i bilan bog‘laydi. Bu esa XIX asrda kemalarga masofani 400 kilometrga qisqartirish imkonini bergan. Bugun kanaldan torligi sabab ko‘p hollarda o‘z vazifasiga ko‘ra foydalanilmasligiga qaramay, maskan sayyohlar nazariga tushgan. May oyidan sentyabrga qadar istalgan sayyoh kanal ustidan sug‘urtalangan holda avtomobil yoki temiryo‘l ko‘prigi orqali sakrashni amalga oshirishi mumkin. Bandji-djamping – mashhur attraksion. Odatda ekstrim ishqibozlari suvga boshni tekkizgan holda amalga oshiriladigan eng uzun masofaga sakrashni tanlaydilar.

100. Machu-Pikchu, Peru

Osmondagi shahar, bulutlar orasidagi shahar, inklarning yo‘qolgan shahri – Machu-Pikchu ko‘p hollarda aynan shu nomlar bilan ataladi. Mavjudligi haqida XX asrning boshlariga qadar hech kim shubha qilmagan inklarning eng mashhur, shu bilan birga sirli yodgorligidir. Shahar tog‘ cho‘qqisida 2 450 metr balandlikda qurilgan. Mazkur maskan dunyoning yetti mo‘’jizasi ro‘yxatiga kirgan va YUNЕSKO tomonidan qo‘riqlanadigan obyekt sanaladi. Agar bu yerga tashrif buyurish baxtiga muyassar bo‘lsangiz, albatta Quyosh darvozasi, observatoriya, oy qasri, qoyada barpo etilgan saroy va ibodatxonalarni tomosha qiling.

100 ta eng go’zal maskanni hayot yakuniga qadar ko’rish kerak (1-qism)

100 ta eng go’zal maskanni hayot yakuniga qadar ko’rish kerak (2-qism)

100 ta eng go’zal maskanni hayot yakuniga qadar ko’rish kerak (3-qism)