Odam ota-ona bo‘lgach, o‘z bo‘yniga katta mas’uliyat oladi.

  •  
  •  
  •  
  •  

So‘zsiz, har kim farzandi muloyim, odamlarning og‘irini yengil qiladigan, haqiqatgo‘y va botir bo‘lib katta bo‘lishini istaydi. Biroq bu fazilatlarning hech biri osmondan tushmaydi. To‘g‘ri tarbiya va shaxsiy namuna – muvaffaqiyat garovi.

Bolaga 10 yoshgacha tanitish lozim bo‘lgan 10 narsani e’tiboringizga taqdim etamiz.

1. Qizlar va bolalar tengdirlar

Hurmat – bolaga singdirib borish kerak bo‘lgan hislat. Shuningdek, tengdoshlarni jinsidan qat’iy nazar hurmat qilish zarur.

2.Xato qilishdan qo’rqma

Birovning xatosidan xulosa chiqarish – hammaga ham berilmaydigan qobiliyatdir. Shaxsiy mag‘lubiyatlardan foyda chiqarishni bilish muhim. Bolani yutqazish va xato qilishdan qo‘rqmaslikka o‘rgating.

3.Eng muhimi bilim

Qanchadan-qancha ota-onalar farzandlari ular kutgan bahoni olmagani uchun ularni koyishadi. Biroq baho doim ham bilim ko‘rsatkichi bo‘la olmaydi. Balki farzandingiz mohirlik bilan ko‘chirayotgandir. Bolaligidanoq unga bilim kundalikdagi bahodan muhim ekani to‘g‘risidagi fikrni uqtiring.

4.Ota-ona dushman emas

O‘z farzandining do‘sti bo‘lish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi, buning ustiga uning o‘z do‘stlari bor. Talab etiladigan narsa shuki – bu hamma narsaning chegarasini biladigan yaxshi ota-ona. Bolaga u sizga ishonishi mumkinligini ko‘rsating. Ahloq bo‘yicha uzundan-uzun ma’ruza yoki baqir-chaqir buning uchun mos keladigan usul emas.

5.Hech kim seni hafa qilishiga yo‘l qo‘yma

Ko‘pincha ota-ona do‘stlar, o‘qituvchi yoki o‘zgalar obro‘ jihatidan boladan ustunligini ko‘rsatadilar. Shu sababli turli kompleks va o‘z fikrini bildira olish imkonsizligi yuzaga keladi. Hurmat muhim ekanligi haqida gapiring, biroq o‘z nuqtai-nazarini himoya qilish va ba’zi vaziyatlarda javob qaytara olish ham muhim. Muhimi, buni to‘g‘ri amalga oshirish zarur.

6.Boshqalar ma’qullashi uchungina o‘zgalarga yoqqan ishni qilma

Bola mashhurlik hayotdagi muhim narsa ekanini har doim ham anglayvermaydi va unga erishish uchun bor kuchi bilan tirishadi. O‘z namunangiz bilan rostgo‘y va yaxshi xulqli bo‘lish, o‘z tamoyillaridan kechib, o‘zgalar hurmatini qozonishdan ko‘ra muhim ekanini ko‘rsating.

7. Nimanidir tushunmasang so‘rashdan cho‘chima

Savol berish – normal holat. Aqlli ko‘rinish bilan hech nimani tushunmay o‘tirgandan ko‘ra so‘rab bilish yaxshiroqdir. Farzandingiz buni bolaligidan angab yetgani ma’qul.

8.O‘zingni yomon his qilayotganingni ayt

Yomon baho, o‘qituvchining jahli bolaning o‘zini qanday his qilayotganini aytmasligiga sabab bo‘lolmaydi. Salomatlik baridan muhim. Bu fikrni bolaga iloji boricha ilgariroq yetkazish kerak.

9.Tabiatga hurmat bilan munosabatda bo’l

Iflos ko‘chalar, axlat bosgan bog‘lar, payhon qilingan ekinlar ustidan naqadar ko‘p shikoyat qilamiz? Tabiatni himoya qilish masalasida barini o‘zimizdan boshlab, keyin esa bu odatni farzandlarga singdirish kerak. Faqat shundagina natija haqiqatan ham natijali bo‘ladi.

10.“Yo’q” deyishni o’rgan

Bolaga “yo‘q” deyishni o‘rgating. Kattalar, o‘qituvchilar, do‘stlar va hatto sizga ham. Axir siz hammaning amriga bo‘ysunadigan odamni emas, shaxsni katta qilyapsiz. “Yo‘q” deyish ko‘nikmasi bolakayga katta hayotda asqotadi.