“Buyumni buyum” qiladigan narsa - qiyofa. Sofi Loren qanday sumkada tutgani kimning esida? Biroq uning dekoltesi barchaning yodida. Domeniko Dolche va Stefano Gabbana

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

1. “Birinchi qoidamiz: hech qanday qoida yo‘q”.

 “Eng avvalo erkinlikni tanlang. Har kim uni baxtli qiladigan kiyimni kiyishi lozim. Biz istagan narsa – ayol o‘zini osonlik bilan sohibjamol deb his qilishi uchun imkon yaratish”.

 

2. «Buyumni buyum” qiladigan narsa – qiyofa. Sofi Loren qanday sumka tutgani kimning esida? Biroq uning dekoltesi barchaning yodida».

“Kiyim orqali individualligingizni ko‘rsata oladigan qandadir o‘ziga xos detalni toping. Bu kichik bir narsa bo‘lishi mumkin, biroq aynan u sizni ajratib ko‘rsatishi kerak”.

 

3. “Kiyim hamma narsaga ta’sir qiladi: hazilni tushunishdan tortib, o‘z-o‘zini qabul qilishgacha”.

 “Ayollar ertakda yashash, malika bo‘lish, chiroyli kiyim va tojlar kiyib yurishni istaydilar, – deydi ishonch bilan Domeniko. – Odamlar a’lo darjada ko‘rinishini istaymiz, chunki tashqi ko‘rinishi haqida hushomad eshitganda o‘zingga bo‘lgan ishonch ortadi. Bu his doim siz bilan birga bo‘lsin”.

 

 © dolcegabbana  

4. «Chiroyli ich-kiyim – xushbichimlik garovi. Bu o‘z tanangizni hurmat qilish masalasi».

 “Modelni chiqish uchun kiyintirayotganimizda unga shoyi va jimjima matodan tikilgan ichkiyim beramiz. Siz Italiya janubidagi ayolni hech qachon ayollar ich kiyimisiz ko‘rmaysiz. Hech qachon”.

 

5.«Har bir ayolning kichik qora ko‘ylagi va hayratlanarli aksessuarlari bo‘lishi kerak. Bu oddiy ko‘rinishni o‘ziga xoslikka aylantiradi.

 “Masalan, bir juft ingichka poshnali tufli, toshlar bilan bezatilgan kecha uchun mo‘ljallangan klatch va kunduzgi obraz uchun Miss Sicily sumkasi”.

 

 © dolcegabbana

6. «Trendlarni emas – o‘zingizga yarashadigan narsani izlang».

 “Urfdagi kiyimni emas, aslida o‘zingga kerakli narsani topish ancha muhim sanaladi. Ustingdagi kiyimni yoqtirsang, kiyim hayotiylik kasb etadi. Moda – ko‘p hollarda sun’iy. Hatto baliqchi ham kuchli bo‘lib ko‘rinishi mumkin”.

 

7. «Jozibadorlik va noziklik ramzi sanalgan korsetga e’tibor qarating. Qomatingiz shaklidan foydalaning».

 “Agar korset kiysangiz, o‘lchovingiz ko‘rsatkichi bittaga kamayadi. U yuqorida bo‘lishi kerak bo‘lgan narsani ko‘tarib, tanani ideal ko‘rinishga olib keladi”, — deydi Dolche. Ingichka bel, ko‘tarilgan ko‘krak va aylana shaklidagi bo‘ksa xosil qiladigan “sitsiliyalik beva”ning qora ko‘ylagi Ushbu duetning barcha uchun mashhur buyumlari sifatida tanilgani bejiz emas.

 

8. “Hasad qilsangiz, ulg‘aymaysiz. Zavqlanish va yon berishni bilish kerak”.

 “Eski suratlaringni ko‘rib, o‘tmishdagi o‘zingni yoqtirmaydigan holatlar ham bo‘ladi. Shunday bo‘lganiga shukr! Bu rivojlanayotganimizni anglatadi”.

 

9. «Muhimi – o‘zingizni tabiiy va dadil his etish».

 “Oddiy oq ko‘ylakda ham jozibali ko‘rinish mumkin. Gap o‘zingizni tutish, ko‘z qarashlari, imo-ishorada, kiyimda emas. O‘zimizni Naomi, Jizel, Klaudiya kabi tutishni o‘rganish kerak. Aynan aql va tananing o‘zaro munaosabati asosiy hisoblanadi. Bari aqlga bog‘liq”.

 

© dolcegabbana 

10. «Chiroyli bo‘lish uchun ideal bo‘lish shart emas».

 “Ko‘rinishingizning faqat bir tomonigina haqiqatan ham jozibador bo‘lishi mumkin. Shaxsan menga ideal bo‘lmagan ayollar yoqadi. Masalan, men burni katta ayollarni yoqtiraman. Burun bu – xarakter. Ko‘pgina ayollar burunlarini to‘g‘irlashni istashadi, menga kelsak, katta burun meni maftun etadi”.