Bolaligimizdan haqiqat ekanligiga hattoki shubha ham qilmaydigan ko'plab holatlarni o'qiymiz va eshitamiz. Biroq, ularning aksariyati shunchaki yaxshigina uydirma

  •  
  •  
  •  
  •  

E’tiboringizga 10 ta eng keng tarqalgan yanglish fikrni taqdim etamiz.

1. Qo’llarni sovun bilan yuvish bakteriyalarni o’ldiradi

Aslida: sovun bakteriyalarni o’ldirmay, faqat yuvib yuboradi. Qo’llarning sovun bilan yuvilishi bakteriyalar ko’payishi uchun muhit hisoblangan qo’llardagi yog’ni yo’qotadi.

2. Saqich yutib yuborilsa, u 7 yilga oshqozonda qolib ketadi

Aslida: saqichning cho’ziluvchan asosi oshqozon sharbatiga ta’sirchan bo’lmay, unda erib ketmasa-da, u oshqozonning mushak qisqarishlari tufayli organizmdan tabiiy yo’l bilan chiqib ketadi.

3. Qirilgan sochlar qalinlashadi

Aslida: sochning tashqi qismini kesganimizdan so’ng, konus shaklda bo’lmagan to’mtoq qismi qoladi va u qattiq soch effektini beradi.

4. Qurbaqaga tegilsa so’gallar paydo bo’ladi

Aslida: so’gal — bu inson eto papillomasi virusi tufayli yuzaga kelgan bezarar hosila bo’lib, uni jamoat joylarida yoki bemor bilan aloqada yuqtirib olish mumkin.

5. Sochlar va tirnoqlar o’limdan so’ng o’saveradi

Aslida: inson vafotidan so’ng uning terisi suvsizlanib torilib qoladi, natijada tirnoqlar va sochlar o’sishi tasavvuri yuzaga keladi.

6. Buyuk Xitoy devori fazodan ko’rinadi

Aslida: Buyuk Xitoy devorining uzunligi 7 000 km bo’lishiga qaramay, uni fazodan ko’rish qiyin, chunki devorlarning rangi aniq ajralib turadigan shosse yo’llaridan fraqli o’laroq, atrofdagi tabiat bilan uyg’unlashib ketadi. Devorni esa faqatgina ma’lum yoritish va ob-havo sharoitida hamda past orbitadan ko’rish mumkin.

7. Ko’rshapalaklar ko’rmaydi

Aslida: ko’rshapalaklar makonda yo’nalish olish uchun exolokatsiyadan foydalansada, ma’lum yoritish darajasida ular ko’ra oladi.

8. Suv elektr tokini o’tkazadi

Aslida: suvda eritilgan ijobiy va salbiy zarralarga ega minerallar elektr tokini o’tkazadi, suv molekulalari esa o’z holicha zaryadga ega emas. Shu bois distillangan suv aralashma bo’lmagani uchun elektr tokini o’tkazmaydi.

9. Antibiotiklar viruslarni o’ldiradi

Aslida: antibiotiklar o’ldirish yoki ko’payishini to’xtatish orqali faqat bakteriyalarga ta’sir qiladi.

10. Mantu namunasini namlash mumkin emas 

Aslida: suv Маntu namunasiga faqatgina tuberkulin yuborilgan shaklda, ya’ni teri ichiga yuborilgan taqdirda ta’sir qilishi mumkin.

* Mantu reaksiyasi – bu organizmda sil kasalligining qo‘zg‘atuvchi bormi yoki yo‘q, bor bo‘lsa, jim yotibdimi yoki tashuvchisini kemirishni boshlaganmi – shuni ko‘rsatib beruvchi test sinovi. (LifeHaq izohi).