Bola noma'lum doridan zaharlangan bo'lsa nima qilish kerak

  •  
  •  
  •  
  •  

Demak, bolangizning o’zini tutishi g’alatiligini sezgan bo’lsangiz, u birdan bo’shashib yoki aksincha, serg’ayrat bo’lib qolsa, ko’ngli aynisa yoki bosh og’rig’idan shikoyat qilsa, bunga qo’shimcha maishiy kimyo vositasining to’kilgan idishini yoki dori idishini topgan bo’lsangiz – darhol chora ko’rish kerak.

Bola noma’lum doridan zaharlangan bo’lsa nima qilish kerak:

1. Zaharlanishga har qanday, hattoki salgina gumon bo’lganida ham, eng muhim ish – TEZ YORDAMNI CHAQIRISHDIR!

2. Darhol bolani yotqizing. Yaxshisi uni yoniga ag’darib qo’ying, chunki qayt qilib qolsa, bo’g’ilib qolishi havfi mavjud. Agar bolakay juda serg’ayrat bo’lsa, qo’llari va oyoqlarini mahkamlab o’rab qo’yish mumkin.

Zaharlanishning dastlabki alomatlari uyquchanlik, loqaydlik va zaiflik bo’lishi mumkin.

3. Agar bolada titroq boshlangan bo’lsa, pastki dahanini ushlab uni yuqoriga ko’tarib, bir oz oldingan surishga urinib ko’ring – shu tariqa u burundan nafas oladi, til esa orqaga ketmaydi va nafasni yopib qo’ymaydi. Zaharlangani gumon qilinayotgan bolaga faqat faollarshtirilgan ko’mir berish mumkin!

4. Bolaning ko’z qorachiqlarini tekshiring – ularning qattiq kengayishi yoki torayishi yurak-tomir vositalaridan zaharlanishni bildirishi mumkin. Ushbu vositalar ortiqcha qabul qilinganida yurak ritmi buzilishi yoki umuman to’xtatb qolishi mumkin. Agar shunday gumoningiz bo’lsa – albatta, bu haqida tez yordam dispetcheriga habar qiling.

5. Agar bola hushida bo’lsa unga ko’proq suv ichiring, hattoki faollashtirilgan ko’mir ham berishingiz mumkin (2-4 tabletka).

 6. Bolani hech ham yolg’iz qoldirmang. Uning harakatlarini kuzating.

7. Agar bolangiz aynan nimadan zaharlanganini aniqlashning iloji bo’lmasa, qayt qilingan massalarni to’plang – ehtimol ular shifokorlarga yordam berishi va kerakli davolash usulini tanlashga yordam berar.

Ko’pincha bolalar tabletkalarni konfet deb o’ylaydi va mamnuniyat bilan rangli drajelarni yeb qo’yadi.

Aksariyat hollarda kichkintoylar sedativ va uyqu dorilari tufayli zaharlanadi. Bunday zaharlanishning asosiy belgilari – bo’shashish, uyquchanlik, bosh aylanishi, hushdan ketishdan avvalgi holat, yo’nalishni yo’qotish, hushdan ketish.

8. Hech qachon bolaga fikringizcha vaziyatga yordam berishi mumkin bo’lgan vositalarni ichirmang (antidotlar, agar kislotadan zaharlanishni gumon qilayotgan bo’lsangiz ishqor). Bu bilan vaziyatni yanada og’irlashtirishingiz, yanada ko’proq zaharlanishga, oshqozondan qon ketishiga sabab bo’lishingiz mumkin.

 9. Atayin qayt qildirmang. Ayniqsa, bola maishiy kimyo vositasidan zaharlanganiga shubha bo’lsa. Qayt massalari qizilg’ngachga yetganida kuydirishi mumkin, hosil bo’ladigan ko’pik esa nafas yo’llariga tushib, bo’g’ilishga olib kelishi mumkin.

 10. Maishiy kimyo vositalaridan zaharlanish gumon qilinganida bolaga klizma qilish yoki ichni bo’shatuvchi dorilar berish mumkin emas – kimyoviy vositalarning ichakdan o’tishi ham kuyishga sabab bo’ladi.

Tez yordam kelgunicha o’tgan vaqtda qanchalik aniq va to’g’ri harakat qilishingiz ko’p narsani hal qilishi, hattoki bolaning hayotini qutqarib qolishi ham mumkin. O’zingizni yo’qotmaslikka, sarosimaga tushmaslikka va shusiz ham qo’rquvdagi bolani battar qo’rqitmaslikka harakat qiling. Kelajakda esa maishiy kimyo vositalari, dorilar va boshqa havfli buyumlarni kichkintoyning qo’li yetmaydigan joyda saqlashga harakat qiling. Bu maslahatlar sizga hech qachon kerak bo’lmaydi degan umiddamiz!