Ushbu maqolada aynan shu savolga javobni keltiramiz va jahondagi eng yopiq mamlakatda bolalik qanday o'tishiga oid 10 ta qiziqarli haqiqatni o'rtoqlashamiz.

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Biroq, kichkintoylar haqida juda kam ma’lumotga egamiz. Ularning hayotida bizning bolalarimiz turmushidan keskin farq qiladigan holatlar bormi o’zi?

 

Ushbu maqolada aynan shu savolga javobni keltiramiz va jahondagi eng yopiq mamlakatda bolalik qanday o’tishiga oid 10 ta qiziqarli haqiqatni o’rtoqlashamiz. 

 
 

  •  Yangi tug’ilgan chaqaloqqa beriladigan birinchi narsa, — ijtimoiy maqom, yoki sonbun. 
    Shu tariqa, davlat chaqaloqni darhol aholining “sodiq”, “o’zgaruvchan” yoki “dushman” toifalariga ajratadi. Sonbun otadan o’tadi va kelajakda bolaning qayerda o’qishi, qaysi universitetga kirishi va Mehnat partiyasiga a’zo bo’la olishi imkoniyatini belgilab beradi

  • Ta’lim bolalar bog’chasidan boshlanadi. 
    Bolalar 4 yoshidan ota-onasining istagiga ko’ra, ammo 5 yoshdan majburiy ta’lim dasturiga asosan bog’chaga boradi. 1-sinfga chiqishi kerak bo’lgan har bir bola bir yil davomida bog’chaga qatnashi shart.

 

  • Yetimxonalarda ota-onasi bor bolalar yashaydi. 
    Bunga sabab – yosh juftliklar ko’pincha farzandlarini moddiy jihatdan ta’minlay olmaydilar. Ba’zida oilalarga olingan yetim bolalar huddi shu sababga ko’ra yana yetimxonaga qaytariladi.

 

  • Maktablarda mamlakat yetakchilarining hayoti va rus tili o’rgatiladi.
    Shuningdek, Kim Ir Sen, Kim Chen Ir va Kim Chen Inning inqilobiy faoliyatini madh etishga alohida darslar bag’ishlanadi. Nafaqat rus tili, balki ingliz tili ham o’qitiladi, ammo chet el darsliklaridan voz kechilgani sabab ancha past darajada. Barcha maktab o’quvchilari 10 yoshida istisnosiz Koreya bolalar ittifoqiga a’zo bo’ladi va shu ondan boshlab siyosiy-g’oyaviy majlislarda ishtirok etadi.

 

  • Darslar va sinf tadbirlaridagi g’oyaviy targ’ibot.
    Maktab yo’laklarida – targ’ibot plakatlari, darsliklarda esa – vatanparvarlik shiorlari. Bolalar tadbirlarda yaqqol siyosiy mazmunga ega sahnalarni tashkillashtiradi, katta bayramlarda o’tkaziladigan bolalar paradlarida esa harbiy forma kiygan o’quvchilar marsh qiladilar va kartondan yasalgan raketa qurilmalari o’rnatilgan kichik mashinalarni haydaydilar.

© facebook  

 

  • Bolalar ommaviy qatllarga olib boriladi
    Nima ham derdik, bizda shikast yetkazuvchi sifatida ko’rilgan bunday tajriba Shimoliy Koreyadagi hattoki eng kichik fuqarolar uchun ham oddiy holat hisoblanadi. Bundan tashqari, ba’zida bolalar ma’lumot yetkazishda ham ishtirok etishadi.
  • Og’ir bolalar mehnati odatiy hol.
    O’quvchilar hosilni teradi, daraxtlarni kesadi va hattoki qurilishlarda ham ishlaydi. Bolalarda huddi kattalarda bo’lganidek “mehnat me’yori” bo’lib, uni bajarmanganlik uchun jarima solinishi mumkin.

 

© facebook   

  • Harbiy mavzudagi o’yinchoqlar.
    Albatta, do’konlarda qo’g’irchoqlar ham, quyonchalar ham sotiladi, ammo o’yinchoq tanklar, vertolyotlar va avtomatlar ham serob. Bunday o’yinchoqlar kichik koreyaliklarda vatanparvarlik ruhini tarbiyalashda yordam berishiga ishoniladi.

 

© facebook 
 

  • Bolalar bo’sh vaqtlarini qiziqishlari bo’yicha to’garaklarda o’tkazishadi.
    Masalan, Pxenyan markazidagi O’quvchilar saroyida kompyuter savodxonligi, musiqa va rassomchilikni o’rganishlari, istalgan sport turi va boshqa ko’plab mashg’ulotlar bilan shug’ullanishlari mumkin. Aytish mumkinki, jahondagi eng dabdabali «Ariran» festivalining bo’lajak ishtirokchilari aynan shu yerni bitiradi. Kichikroq hududlarda ham bunday to’garaklar bo’lib, odatda ular maktablarga biriktirilgan bo’ladi. Bolalarning say-harakatlari natijasi sifatida rang-barang hisobot konsertlari o’tkaziladi.

 

 

  • Bolalar uchun ko’ngilochar narsalar kutilganidan ham ko’proq.
    Agar pul bo’lsa, kinoga 3D-seansga, hayvonot bog’i, okeanarium yoki attraksionlar bog’iga borish mumkin. Agar pul bo’lmasa, televizorda ham multfilmlar namoyish etiladi, ammo faqat Koreyada ishlab chiqarilganlari. Ko’pincha bolalarni yorqin ranglari, musiqa va ko’plab shirinliklar bilan hursand qiladigan festivallar o’tkaziladi. Haftaning ish kunlarida esa, albatta, eng yaxshi do’stlar kayfiyatni ko’taradi.

Xulosa qilib aytganda, bolalik hattoki Shimoliy Koreyada ham shunchaki bolalik bo’lib qolaveradi. Balki u biz ko’nikkandek tashvishsiz emasdir, ammo baribir quvnoq va hayotga boy.

Asosiy surat: childlaborinnorthkoreachildlaborinnorthkorea