Hamma o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan ovora: kamchiliklarni berkitish uchun ozish, qorayish, ideallarga mos bo‘lish, kiyimlarni tanlash.

  •  
  •  
  •  
  •  

Hamma o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan ovora: kamchiliklarni berkitish uchun ozish, qorayish, ideallarga mos bo‘lish, kiyimlarni tanlash. Agar siz bor-yo‘g‘i estetik go‘zallik yoki o‘zini sevadigan inson bo‘lsangiz, sizga qarash atrofdagilar uchun yoqimli, aynan shu yo‘nalishda davom etavering. Biroq mazkur yo‘l bilan hamkorlarni jalb etish yoki baxtli munosabatlarni boshlash istagida bo‘lsangiz, o‘zingizni bunchalik aziyatga qo‘ymang. Kamida o‘nta sifat mavjudki, ular tashqi ko‘rinishga qaraganda o‘zgalarni ko‘proq jalb eta oladi. Yana muhim jihat shundaki, ular munosabatlarni saqlab qolish va yanada baxtliroq qilishga yordam beradi.

Tinglash qobiliyati

Barcha gapirishni biladi va yoqtiradi, tinglash esa bir necha kishilarninggina qo‘lidan keladi. Agar siz bir marta bo‘lsa-da bunday odam bilan suhbatlashgan bo‘lsangiz, nimani nazarda tutayotganimni yaxshi tushunyapsiz.

Agar odam siz so‘zlayotganingizda gapirish uchun o‘z navbatini kutayotgan bo‘lsa, mazuga mos keluvchi holatlarni miyasida tanlab o‘tirmaydi.

Suhbatni tinglamay turib ham qo‘llab-quvvatlab mumkin. Bu murakkab emas, boshingni silkit, «yo‘g‘ye» deb qo‘y va smartfoningga qarama. Tinglash esa butun bir boshli san’at bo‘lib, u doimo o‘zgalar tomonidan his etiladi va qadrlanadi. Bunday insonlar bilan haqiqatan ham suhbatlashging keladi.

Tinglash qobiliyatini qanday rivojlantirish mumkin? Suhbatdoshingiz gapriayotgan mavzuga diqqatingizni qaratishga harakat qiling va o‘z fikrlaringizga chalg‘imang. U gapirayotgan mavzuga qiziqish bildiring, agar bu qo‘lingizdan kelmasa, u holda nima uchun suhbatlashyapsiz?

 

Kutilmagan bo’lish qobiliyati

Ba’zi kishilar barcha harakatlarida kutilmagan bo‘lishni, boshqalar esa doimiylik va ishonchililikni yoqtirishadi. Har qanaqa holatda ham bir oz kutilmaganlik, xayolotsiz o‘zgarmas vaziyatlar «oqimi» zerikarli tuyuladi.

Oddiy ish kunida hech qanday sabasiz restoranga borishni taklif etish (ayniqsa bu gul-konfet davrida emas, u yoki bu darajadagi barqaror yoki deyarli oilaviy hayot davrida), kayfiyat yaxshi bo‘lganida qo‘shiq kuylash,biron-bir raqsni o‘rganishnitaklif etish yoki go‘zal manzarani topish uchun tabiat qo‘yniga sayrga chiqish.

Kutilmaganlik munosabatlarga «rangsiz» kunlarga yorqinlik va zavq beradi va turli yoqimli xotiralar bilan ta’minlaydi.

O‘zimizda kutilmaganlikni qanday rivojlantirishimiz mumkin? O‘zingizga tez-tez quloq soling. Nimani haqiqatan ham istayotganingizni anglang. Xohishlaringizni qadrlash yoki unga e’tibor qaratmasliklarining ahamiyati yo‘q. Muhimi sizla istaklar paydo bo‘ldi.  

 

Biror sohani yaxshi bilish

Qobiliyatingiz nima bilan bog‘liq bo‘lishining ahamiyati yo‘q: mashinani a’lo darajada boshqarish, gitarani mohirona chalish yoki uch tilda biyron so‘zlash. Bu nima bo‘lishidan qat’iy nazar odamlarni o‘zgalardagi qobiliyat qoyil qoldiradi.

Qanday o‘rganish mumkin? Bor-yo‘g‘i sevimli mashg‘ulotni topish va uni mukammal darajaga yetkazish kerak. Aytgancha, agar hozirda xech kim munosabatlaringiz mavjud bo‘lmasa, ular yuzaga kelishi mumkin. Sevimli ishingizga «sho‘ng‘ish» va munosabatlarga kirishishni unutishingiz bilan ular sehrli tarzda hayotingizda paydo bo‘ladi.

 

O’z-o’zidan mamnun bo’lish

O‘zida mavjud narsalardan mamnun bo‘lgan kishilar doimiy tarzda nimadir yetishmasligidan noliydiganlarga qaraganda jozibaliroq ko‘rinishadi. O‘z tashqi ko‘rinishingizdan xursand bo‘lsangiz, o‘zingizni semiz va xunuk deb hisoblagandan ko‘ra chiroyliroq ko‘rinasiz.

O‘z ishingizdan mamnun bo‘lsangiz, hech kim sizni omadsiz deb atamaydi. Aytgancha, maoshi kam bo‘lgan odam kambag‘al emas, doimiy ravishda pul yetishmaganidan noliydiganlar qashshoqdirlar.

O‘zida bori bilan qanday qoniqish mumkin? Albatta bu oson emas, ammo iloji bor. Boshlanishiga o‘zingizni o‘zgalar bilan taqqoslashni bas qiling, keyin hayotingizda yaxshi yo‘nalishda davom etayotgan holatni topib, uning uchun minnatdorchilik bildiring.

Nosog’lom talablarning mavjud emasligi

Agar qomatingizga e’tibor qaratib, sabzavotlarni ko‘proq yeyishga harakat qilayotganingiz yaxshi, ammo pissa pishirish xodimidan pissani siz uchun xamirdan tayyorlamaslikni talab qilayotgan bo‘lsangiz, bu umuman boshqa masala.

Bu sizning barcha prinsip va qiziqishlaringizga ham tegishli. Hamma narsada me’yorni bilish kerak, xulqingizdagi nimagadir qattib bog‘lanib qolish holati hech kimni xursand qilmaydi.

O‘ta qattiq tuyg‘ulardan qanday xalos bo‘lish mumkin? Dastlab ular sizda bor-yo‘qligini bilish kerak. Buning uchun eng yaxshi do‘st va qarindoshlaringizdan so‘rang. Ular avval ham bu haqida gapirgan bo‘lishlari mumkin, six esa e’tibor bermagan bo‘lsangiz kerak.

 

Haqiqiy bo’lish

Qalbaki obrazlarni cheksiz marta o‘ylab topish, ko‘nikish va ularning ortiga berkinish mumkin. Biroq odamlar qalbakilikni his etishadi va haqiqiy shaxslarni qadrlaydilar.

Bu siz ikki rubl kabi oddiy bo‘lasiz degani emas. Shaxsiy hislarni yashirmaslik va ularni «qalbakilashtirmaslik»ni anglatadi. Siz tabassum qilasiz va kulasiz. O‘z qiziqish va istaklaringizdan uyalmaysiz.

Qanday qilib haqiqiy bo‘lish mumkin? Obrazingizda nima qalbaki ekanligini tushunish (ba’zida bu oson emas) va nima uchun kiyib olganingizni anlash va o‘zingizga bo‘lgan munosabatni qaytadan ko‘rib chiqish.

JC Vogt/Flickr.com

Kelishish qobiliyati

Kelishish qobiliyati, muhimi uni izlash uzoq va baxtli munosabatlar sari intilishni anglatadi.

Agar siz kelishishni istamasangiz, hamkoringizni sizga bo‘ysunishga majbur qilsangiz, demak siz uni hurmat qilmaysiz, ertami kechmi bu uning «joniga tegadi».

Agar aksincha bo‘lsa, siz har doim bo‘ysunishingizga to‘g‘ri kelsa, uzoq muddatli sukut portlash bilan tugaydi va shaxsan o‘zingiz munosabatlarni yakunlaysiz.

Nima qilish kerak? O‘zingizni doimo o‘zga inson o‘rniga qo‘yib ko‘ring.Masalan, siz uydan turib ishlaysiz, ishdan so‘ng sayr qilish, mushaklaringizni mashq qildirish va faol sport turi bilan band bo‘lishni istaysiz. Turmush o‘rtog‘ingiz esa kuni bo‘yi oyoqda va kechki payt hech qanday faollikni istamaydi. Janjal ko‘tarish va majuburlash o‘rniga o‘zingizni sevimli insoningiz o‘rniga qo‘yib ko‘ring. Siz uning o‘rnida bo‘lganingizda kuni bo‘yi faollikdan keyin sayrga chiqishni istarmidingiz?

O‘zingizni o‘zga inson o‘rniga qo‘yib ko‘rishingiz bilan hotirjam bo‘lasiz va kelishuvga kela olasiz.

G’amxo’rlik

Deyarli hamma o‘zgalar ular haqida g‘amxo‘rlik qilishini istashadi (albatta bunga juda kirishib ketmagan holda). Bu so‘zlarsiz «men seni sevaman», «men senga befarq emasman» deyish imkoniyatidir.

Bir odam xafa bo‘lganida uni chalg‘itish, yoki nima bo‘lganini so‘rash va muammolarini tinglash. Agar biror kishi kasal bo‘lib qolgan bo‘lsa, u haqida xuddi ota-onasi kabi g‘amxo‘rlik qilish. Hatto bu haqida so‘ramasa ham biror shirinlik olib berish.

O‘zgalarga g‘amxo‘rlik qilishni qanday o‘rganish mumkin? Agar faqat o‘zingiz haqingizda o‘ylashga ko‘nikkan bo‘lsangiz, u holda o‘zgalarga g‘amxo‘rlik qilish siz uchun oson bo‘lmaydi. Agar siz atrofdagilarga muloyimlik bilan muomalada bo‘lsangiz, unga kutilmagan sovg‘a uyushtirish haqida o‘ylab ko‘rish qiyin kechmaydi.

 

Hazilni tushunish

Xazilkash insonlarni hamma yoqtiradi, ular bizga ijobiy holatlarni baxsh etadi va shunig uchun bunday kishilarning yonimda bo‘lishni istaymiz. Umuman olganda, xazilni tushunish qobiliyati barchamizda bor, biroq ular turlicha. Bu tarbiya, atrofdagilar va boshqa omillarga bog‘liq.

Har qanday holatda ham, qovog‘ini solib turgan odamga qaraganda tez-tez kuladigan kishi bilan suhbatlashishi yoqimliroq.

Xazilkashlikni qanday rivojlantirish mumkin? Hech qanday. U sizda allaqachon mavjud. Siz bor-yo‘g‘i o‘zingiz tanimagan insonlar orasida xazil qilish va g‘alati bo‘lib ko‘rinishdan uyalasiz. Bu unchalik muhim emas – agar o‘z-o‘zligingizdan uyalmasangiz, odamlar sizni qanday bo‘lsangiz, shundayligingizcha qabul qilishadi.

 

Kuchli bo’lish

Bu nafaqat erkaklar, balki ayollarda ham qadrlanadi. Hech kim o‘z muammolarini hal eta olmaydigan, yoki o‘zga kishini mushkul vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlamaydigan mijg‘ov kimsani yonida ko‘rishni istamaydi.

Atrofdagilarga «zahrini sochmay», o‘z muammolarini hal etish imkoniyati, ichki kuch, qo‘llab-quvvatlash va yordam berish yoqimli tashqi ko‘rinishga nisbatan ko‘proq qadrlanadi.

Ichki kuchni qanday rivojlantirish mumkin? Bu mukammalikning uzoq yo‘li bo‘lib, hozirdanoq muammolar ustidan shikoyat qilmasdan, ularni bajarish kerak bo‘lgan topshiriqlar sifatida qabul qilishdan iboratdir. Qo‘rquvlarimizni anglash va ular bilan kurashish, maqsadga erishish yo‘lida o‘z-o‘zini yengish va boshqa ko‘plab omillar. Har birimizda «kuchli inson» tushunchasi bo‘lsa kerak, aynan o‘sha tomonga qarab intilish kerak.

 

Siz insonlardagi qaysi xislat – tashqi ko‘rinish yoki ichki sifatlarni qadrlaysiz? Agar bu ichki xislatlar bo‘lsa, u holda aynan qaysilar siz uchun muhim?