E’tibor bilan qaraydigan bo‘lsak, baxtli insonlar baxtsizlar kabi bir-biriga o‘xshash bo‘ladilar.

  •  
  •  
  •  
  •  

Ruhshunoslar shaxsiyati va hayoti sizga yoqqan odamni kuzatish hamda uning xulqidagi o‘ziga xosliklarni “o‘zlashtirib olish”ni maslahat beradilar. Buning yomon tomoni yo‘q, bunday psixologik o‘yinning birovga taqlid qilish va o‘zlikni yo‘qotishga hech qanday aloqasi mavjud emas. Hammamiz bir oz “ko‘zgu”miz va yaxshi narsani aks ettirgan ma’qul, keyinchalik u shaxsiyatimizning uyg‘un tarkibiy qismiga aylanadi.

Biz insonni baxtsiz qilishga qodir bo‘lgan odatlarni o‘rganish va ularni hayotimizdan batamom chiqarib tashlash uchun to‘pladik.

  • O‘zgalarga qarab yashash. Atrofdagilar nima deb o‘ylar ekan deb yashash va barchaga yoqish istagi – nevroz kasalligiga olib boruvchi to‘g‘ri yo‘ldir. Bog‘liqlik nafaqat atrofdagi odamlar, balki qarindoshlar, do‘stlar va yaqinlarning bahosi hamda qarashlaridan kelib chiqishi ham mumkin. Bu sizning hayotingiz.

Ijtimoiy ko‘nikmalar orasidagi eng asosiylaridan biri odamlarga “yo‘q” deya olish va natijada o‘zingni ota, ona, davlat, xalq hamda butun insoniyatni sotgan odamdek his qilmaslik, deb hisoblayman.

  • Standartlarga mos kelishga harakat qilish. Siz, u, barcha noyobdir! Psixologik salomatlik va harakat uchun o‘zingizni o‘tmishdagi o‘zingiz bilangina solishtirishingiz mumkin.
  • Kelajakdan qo‘rqish.Hammasi salbiy yakun topadi qabilidagi “yoshim o‘tib qoldi”, “qayerda tug‘ilgan bo‘lsang, o‘sha yerdagina kerak bo‘lasan” va boshqa shu kabi qo‘rquvli fikrlar sabab oldinga qarab harakat qilmaslik istagi paydo bo‘ladi. Agar biror narsani amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng salbiy holatni tasavvur qiling. Bu vaziyatda qanday yo‘l tutasiz? Eng yomon ssenariy yuz berganida amalga oshiradigan qadamlaringizni hisoblab chiqsangiz, qo‘rquv hissi yo‘qoladi.
  • Atrofdagilarning tanqidi va ularni o‘zgartirish istagi. O‘zgalarni tanqid qilish va ularning hislatlarini kamaytirish istagi hasadgo‘ylikdan kelib chiqadi. Psixoterapevtlarning aytishicha, o‘ziga ishonchi kam bo‘lganlar o‘zgalarga iltifotli so‘zlar aytishi mushkul, ular bunday qilsalar o‘zlarini kamsitgandek his etadilar. Atrofdagilarni “o‘zgartirish”ga keladigan bo‘lsak, baxtli inson o‘zgalarning xulq-atvorini qabul qilish yoki ulardan uzoqlashishni o‘zi hal etadi.
  • Odamlarga ishonmaslik. “Ishonma, qo‘rqma, so‘rama!” bu va shunga o‘xshash statuslarni ko‘p hollarda kuchli va mustaqil ayollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatish mumkin. Doimiy ravishda odamlarning xiylasi kutish va shaxsiy iltimoslarni aytish uyat degan fikrda bo‘lish hali hech kimni baxtli insonga aylantirmagan.
  • Hayotning adolatsizligiga ishonish. “Mendan boshqa barcha, hatto bunga loyiq bo‘lmaganlar ham yaxshi yashashmoqda” qabilidagi fikr hayotni zaharlashga qodir. Tanishlar va omad bo‘lmagani uchun pul yo‘q, yoki bari odamning bolaligiga bog‘liq, buvisi unga qachonlardir pul yovuzlik degan fikrni uqtirgan. Bunday salbiy fikrlardan xalos bo‘lishning g‘aroyib usuli – o‘zgalar bilan o‘zimizni taqqoslashni bas qilish (hech bo‘lmasa bir oz vaqt mobaynida). Shaxsiy vazifalarimizga e’tibor qaratib, o‘zimizni “hozir va shu yerda” his etish.
© depositphotos.com
  • Shikoyat va g‘iybat qilish odati. Xitob va hayotdan nolish hayotni boshi berk ko‘chaga olib kiradi. Ruhshunoslar oddiy bir mashqni tavsiya etadilar – atrofda sodir bo‘layotgan har bir ijobiy holatni ataylab qayd etib borish. Hayotning ijobiy tomonlariga e’tibor qaratish fikrlashni umuman o‘zgartirib yuboradi. Sinab ko‘ring!
  • Barini nazorat qilish ehtiyoji. Doimiy ravishda hamma narsani nazorat qilishga intilish hayotni zaharlashga qodir. Bunday istak ko‘p hollarda o‘zga insonlar xulq-atvorini to‘g‘ri qabul olish past darajada ekanini bildiradi. Balki yalpi nazorat shinavandalari uchun bu o‘qish og‘irdir, biroq sizning ishtirokingizsiz atrofdagi hayot barbod bo‘lmasligi aniq. Tanaffus qiling va siz buni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz.
© depositphotos.com
  • Ishlarni keyinga surish. Vaqtni qadrlash – muvaffaqiyatli insonlarning “sirli” bilimlaridan biridir. Ijtimoiy tarmoqlarda soatlab qolib ketish, ishlarni ortga surish, uzoq davom etuvchi seriallar – bularning bari hozirda amalga oshirilayotgan ishlar hech qanday quvonch olib kelmayotganini anglatadi. Demak, hayotda nimanidir o‘zgartirish kerak.
  • O‘ziga nisbatan o‘ta jiddiy munosabat. “Janoblar, jiddiy yuz ifodasi bu hali aql belgisi degani emas. Yer yuzidagi barcha ahmoqliklar aynan shunday yuz ifodasi bilan amalga oshiriladi. Jilmaying, janoblar, jilmaying! Grigoriy Gorin qalamiga mansub ushbu so‘zlar baxtli insonning hayotga bo‘lgan munosabatini aks ettiradi.

Nima deysiz, bu odatlardan qay birini o‘zingizda kuzatgansiz?